Kognitiv psixologiyada xotira tadqiqotlari. Xotiraning rivojlanishi va buzilishi. Tafakkur: umumiy tasavvurlar va nazariy



Yüklə 362,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix21.05.2022
ölçüsü362,81 Kb.
#87587
1   2   3   4   5   6   7   8
U.P. 17-seminar mavzu

8.2 Rasm. Tafakkur turlari. 
Tafakkur, odatda, nazariy va amaliy tafakkurlarga bo„linadi. Nazariy 
tafakkurda tushunchali va obrazli tafakkur, amaliy tafakkurda esa –ko„rgazmali-
obrazli va ko„rgazmali-harakatli tafakkur ajratiladi. 
Tushunchali tafakkur
– bu ma‟lum tushunchalar qo„llaniladigan 
tafakkur. U yoki bu aqliy masalalarni echishda boshqa odamlar tomonidan 
aniqlangan va tushunchalar, mulohazalar, xulosalar shaklida ifodalangan tayyor 
bilimlardan foydalanamiz.
Obrazli tafakkur
– bu obrazlar yordamida mulohaza yuritish jarayonining 
bir turi. Ular xotiradan olinadi yoki tasavvurda hosil qilinadi. Ko„pincha 
tafakkurning bu turi badiiy ijodkorlik faoliyati bilan shug„ullanuvchi odamlarda 
ustun bo„ladi. 
Tushunchali tafakkur voqelikni aniq va umumlashtirgan holda aks ettiradi, 
lekin bunday aks ettirish mavhumdir. O„z navbatida, obrazli tafakkur 
atrofimizdagi olamni aniq va sub‟ektiv aks ettirish imkonini beradi. Shunday 
qilib, tushunchali va obrazli tafakkurlar bir-birini to„ldiradi. 
Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur
obrazlarni qo„llash bilan bog„liq. Bu 
tafakkur odam biror masalani echishda turli obrazlarni, hodisalar va jismlar 
haqidagi tasavvurlarni tahlil qilishida, qiyoslashtirishida, umumlashtirishida 
namoyon bo„ladi. 
Ko‘rgazmali-harakatli tafakkur
– mohiyati real jismlar bilan amalga 
oshiriladigan amaliy o„zgartiruvchi faoliyatdan iborat bo„lgan tafakkurning 
alohida turi. Tafakkurning bu turi biror-bir moddiy mahsulot ishlab chiqarish 
maqsadidagi mehnat bilan mashg„ul bo„lgan odamlarda kengroq ifodalanadi. 
Yana til vositalari asosida vazifa bajaruvchi 
so‘z-mantiqiy tafakkur
mavjud bo„lib, u tafakkur tarixiy rivojlanishining so„nggi bosqichidir. Unga 
tushunchalar va mantiqiy hosilalarni qo„llash xosdir. 

Yüklə 362,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə