Kognitiv psixologiyada xotira tadqiqotlari. Xotiraning rivojlanishi va buzilishi. Tafakkur: umumiy tasavvurlar va nazariy



Yüklə 362,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix21.05.2022
ölçüsü362,81 Kb.
#87587
  1   2   3   4   5   6   7   8
U.P. 17-seminar mavzu



17-MAVZU: 
KOGNITIV PSIXOLOGIYADA XOTIRA 
TADQIQOTLARI. XOTIRANING RIVOJLANISHI VA BUZILISHI. 
TAFAKKUR: UMUMIY TASAVVURLAR VA NAZARIY 
YONDASHUVLAR.
 
 
REJA: 
1.Tafakkur haqida tushuncha.
2.Tafakkurni o„rganishning umumfalsafiy asoslari.
 
Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va o„zini turli xil 
faoliyatlarni bajarish va bu ob‟ektlarga ta‟sir ko„rsatgan holda ma‟lum bir 
ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun o„rganadi. 
Sezgi, idrok va tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va ko„rgazma-obrazli xotira bilan 
hamkorlikda insonga aniq bir ob‟ektlar va ularning bevosita o„rganiladigan 
xossalari haqida ma‟lumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari inson 
tomonidan ob‟ektiv reallikni bilishning hissiyotli asoslaridir. Lekin alohida 
jismlar va real olam hodisalarini bilish istalgan amaliy vazifani hal etishda 
yuzaga keladigan uch ahamiyatga ega bo„lgan savolga javob topish uchun etarli 
emas. Bu savollar: «Yuzaga kelgan vaziyatda nimani, qay tarzda bajarish 
mumkin, va bu harakat natijasida nima hosil bo„ladi?»dan iborat. 
Shunday qilib, 
tafakkur
ni voqelikni umumlashtirilgan va vositalangan aks 
ettirish sifatida ta‟riflash mumkin. Bundan tafakkurning muhim belgilaridan biri 
umumlashtirish
dan iboratligi kelib chiqadi. Voqelikni umumlashtirgan holda 
aks ettirish birgina odam va zamondoshlarining emas, balki, o„tmish 
avlodlarining ham tajribasini qayta ishlab chiqish natijasidir. Bu tajriba til 
yordamida og„zaki va yozma nutqda (o„qituvchilar ma‟ruzalarida, kitob, 
darsliklarda va h.k.) ifodalangan. Shuning uchun tafakkur ko„plab odamlar 
bilimlarini umumlashtiradi. 
Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat, obrazlar va tasavvurlar
modellar, chizmalar, belgilar, til kabi jismli va ijtimoiy olamning ahamiyatli 
aloqa va munosabatlariga kirib borish maqsadida, insoniyat tomonidan ishlab 
chiqilgan turli xildagi vositalardan foydalanadi. 
Tafakkurning ikkinchi muhim belgisi voqelikni analizatorga bevosita 
ta‟sir ko„rsatmay, ko„pchilik hollarda asboblar ko„magida olingan qo„shimcha
belgilar yordamida anglanadiganlarni tushunish va namoyon qilish imkonini 
yaratuvchi 

Yüklə 362,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə