Juft korrelyatsion tahlil



Yüklə 53,1 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü53,1 Kb.
#180862
  1   2   3
4 mavzu


JUFT KORRELYATSION TAHLIL.


Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarda bog‘liqliklar turlarini o‘rganish

Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganish ekonometrika fanining muhim vazifalaridan biridir.Bu jarayonda ikki xil belgilar yoki ko‘rsatkichlar ishtirok etadi, biri bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilar, ikkinchisi bog‘liq o‘zgaruvchilar hisoblanadi.Birinchi turdagi belgilar boshqalariga taʼsir etadi, ularning o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi. shuning uchun ular omil belgilar deb yuritiladi, ikkinchi toifadagilar esa natijaviy belgilar deyiladi.


Masalan, isteʼmolchining daromadi ortib borishi natijasida uning tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabi oshadi. Bu bog‘lanishda talabning ortishi natijaviy belgi, unga taʼsir etuvchi omil, yaʼni daromad esa omil belgidir.
Omillarning har bir qiymatiga turli sharoitlarida natijaviy belgining har xil qiymatlari mos keladigan bog‘lanish korrelyatsion bog‘lanish yoki munosabat deyiladi.Korrelyatsion bog‘lanishning xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda omillarning to‘liq soni nomaʼlumdir. Shuning uchun bunday bog‘lanishlar to‘liqsiz hisoblanadi va ularni formulalar orqali taqriban ifodalash mumkin, xolos.
Iqtisodiy hodisalar, g‘oyat xilma-xil bo‘lgani holda, ular o‘zining u yoki bu xususiyatlarini aks ettiruvchi ko‘plab belgilar bilan tavsiflanadi.
Ushbu belgilar vaqtga ko‘ra va makonda o‘zgarib turadi. Ko‘pincha belgi (omil)larning o‘zgarishi o‘zaro bog‘langan va o‘zaro shartlangan. Bir sharoitda omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik uzviy (masalan, soatbay ishlab chiqarish va ish haqi), boshqa holatlarda esa omillar o‘rtasidagi bog‘likdik umuman ko‘zga tashlanmaydi yoki juda ifodalanadi (masalan, talabalarning jinsi va ularning o‘zlashtirishi). Belgy (omil)lar o‘rtasidagi bog‘liqlik qanchalik uzviy bo‘lsa, qabul qilinayotgan qarorlar shunchalik aniq va tizimlarni boshqarish shunchalik oson.
Hodisalar bog‘likdigining ko‘plab shakllari ichida barcha boshqa shakllarni belgilab beruvchi sababli bog‘lanish muhim rol o‘ynaydi. Sabablilikning mohiyati bir hodisaning boshqa hodisaga sabab bo‘lishidan (uni keltirib chiqarishidan) iborat. Har qanday muayyan bog‘lanishda bir belgilar boshqalariga ta’sir etuvchi va ularning o‘zgarishini belgilab beruvchi omillar sifatida, boshqa belgilar esa ushbu omillar ta’sirining natijasi sifatida ishtirok etadi. Boshqacha aytganda, bir belgilar sababni, boshqalari esa oqibatni o‘zida namoyon etadi. Oqibatni tavsiflovchi belgilar, natijali (erksiz) belgilar (u izohlanuvchi o‘zgaruvchilar) deb, sababni tavsiflovchi belgilar esa omilli (mustaqil) belgilar (x izohlovchi o‘zgaruvchilar) deb nomlanadi.
Hodisalar va ularning belgilari o‘rtasidagi bog‘liqlikning ikkita turi mavjud: funksional, yoki qat’iy determinatsiyalangan bog‘liqlik (masalam, bir ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish hajmining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmig‘a va ishchilar soniga bog‘liqligi) va statistik, yoxud stoxastik determinatsiyalangan bog‘liqli (masalan, mehnat unumdorligi bilan mahsulot birligining tannarxi o‘rtasidagi bog‘liqlik).
Funksional bogliklik — bu unda x mustaqil o‘zgaruvchining har bir qiymatiga u erksiz o‘zgaruvchining aniq belgilangan qiymati mos keladigan bog‘lanish.
Funksional bog‘liqlik ko‘pincha tabiiy fanlarda uchraydi. Bunday boglanishlar ijtimoiy turmushda, xususan iqtisodiy jarayonlarda kamroq kuzatiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar shu bilan tavsiflanadiki, ularga muhim omillar bilan bir qatorda ko‘plab boshka omillar, shu jumladan tasodifiy omillar ta’sir ko‘rsatadi. SHu munosabat bilan mavjud bog‘liqlik bu erda funksional bog‘lanishlardagi kabi har bir alohida holatda, balki faqat ko‘p sonli kuzatishlarda «umuman olganda va o‘rtacha darajada» namoyon bo‘ladi. Mazkur holatda statistik bogliklik haqida so‘z boradi.
Statistik bog’liqlik — bu unda x mustaqil o‘zgaruvchining har bir kiymatigau erksiz o‘zgaruvchining ko‘plab qiymatlari mos keladigan bog‘lanish, bunda u aynan qanaqa qiymatni qabul qilishi oldindan ma’lum emas.
Statistik bog‘liqlikning alohida holati sifatida korrelyasion bog‘liqlik ishtirok etadi.
Korrelyasion bog’liqlik - bu unda x mustaqil o‘zgaruvchining har bir qiymatiga u erksiz o‘zgaruvchining muayyan matematik kutigii (o‘rtacha qiymati) mos keladigan bog‘lanish. Korrelyasion bog‘lanish «to‘liqsiz» bog‘liqlik bo‘lib, u har bir alohida holatda emas, balki ancha ko‘p holatlarda faqat o‘rtacha kattaliklarda namoyon bo‘ladi.
Ma’lumki, masalan, xodim malakasining oshishi mexnat unumdorligining oshishiga olib keladi. Bu hol ko‘p holatlarda o‘z tasdig‘ini topadi va aynan bir xil jarayon bilan band bo‘lgan bir toifadagi ikki yoki undan ko‘p ishchida bir xil mehnat unumdorligi bo‘lishini anglatmaydi. Mexnat unumdorligi darajalari va ish maxsullari, kam bo‘lsada, farq kiladi, chunki bunday ishchilarda ish staji, dastgohning texnik holati, salomatligining‘ holati va hokazolar turlicha bo‘lishi mumkin.
Bundan kelib chiqadiki, statistik bog‘liqlik bu alohida bitta yig‘indining emas, balki u butun yig‘indining xossasi hisoblanadi.
Funksional bog‘liqlik - hamma vaqt formulalar bilan ifodalanadi, bu ko‘proq aniq fanlar (matematika, fizika)ga xos. Yig‘indining barcha birliklarida bir xil kuch bilan namoyon bo‘ladi. To‘liq va aniq hisoblanadi, chunki odatda barcha omillar ro‘yxati va ularning tenglama ko‘rinishidagi o‘zgaruvchiga ta’sir etish mexanizmi ma’lum.
Korrelyatsion bog‘liqlik - omillarning xilma-xilligi, ularning o‘zaro bog‘liqligi va qarama-qarshi harakatlar u o‘zgaruvchining keng variantlarda o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Alohida holatlarda emas, balki ko‘p holatlarda namoyon bo‘ladi va uni o‘rganish uchun ommaviy kuzatuvlar talab qilinadi. x va u o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘liksiz bo‘lib, faqat o‘rtacha kattaliklarda namoyon bo‘ladi.
Harakat yo‘nalishiga qarab funksional va korrelyasion bog‘liqlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri va teskari turlarga bo‘linadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri funksional va korrelyasion bog‘liqlik, bu omilli belgi qiymatlarining ortishi (kamayishi) bilan natijali belgining ortishi (kamayishi) yuz beradi.
Teskari bog‘liqlik funksional va korrelyatsion omilli belgi kiymatlarining ortishi (kamayishi) bilan natijali omilning kamayishi (ortishi) yuz beradi. Taxliliy ifodaga ko‘ra bog‘liqlik to‘g‘ri chiziqli (chiziqli) va eg‘ri chiziqli (nochiziq) bo‘lishi mumkin.
To‘g‘ri chiziqli funksional va korrelyasion bog‘liqlik – omil mikdorining ortishi bilan natijaviy omil mikdorining bir me’yorda ortishi (yoki kamayishi) yuz beradi (to‘g‘ri chiziq tenglamasi bilan ifodalanadi). Egri chiziqli funksional va korrelyasion bog‘liqlik-omil mikdorining ortishi bilan natijaviy omil mikdorining ortishi (yoki kamayishi) bir me’yorda yuz bermaydi (egri chiziqlar tenglamalari bilan ifodalanadi). Modelga kiritilgan omillarning soniga qarab korrelyasion bog‘liqliklar bir omilli va ko‘p omyLli bog‘liqliklarga bo‘linadi.
Korrelyatsiya so‘zi lotincha correlation so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zaro munosabat, muvofiqlik, bog‘liqlik degan maʼnoga ega.
Ikki hodisa yoki omil va natijaviy belgilar orasidagi bog‘lanish juft korrelyatsiya deb ataladi.
Korrelyatsion bog‘lanishlarni o‘rganishda ikki toifadagi masalalar ko‘ndalang bo‘ladi. Ulardan biri o‘rganilayotgan hodisalar (belgilar) orasida qanchalik zich (yaʼni kuchli yoki kuchsiz) bog‘lanish mavjudligini baholashdan iborat. Bu korrelyatsion tahlil deb ataluvchi usulning vazifasi hisoblanadi.
Korrrelyatsion tahlil deb hodisalar orasidagi bog‘lanish zichlik darajasini baholashga aytiladi.
Omillarning o‘zaro bog‘lanishi 2 turga bo‘linadi: funksional bog‘lanish va korrelyatsion bog‘lanish.

Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar orasida o’zaro bog’lanishlar harakteriga qarab ikki turga bo’linadi:





Korrelyatsion bog’lanishlar

Funksional bog’lanishlar



Yüklə 53,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə