Kognitiv psixologiyada xotira tadqiqotlari. Xotiraning rivojlanishi va buzilishi. Tafakkur: umumiy tasavvurlar va nazariy



Yüklə 362,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix21.05.2022
ölçüsü362,81 Kb.
#87587
1   2   3   4   5   6   7   8
U.P. 17-seminar mavzu

vositali tarzda aks ettirish
dir. Hodisalarning qonuniyatlari, ichki 
aloqalari bizning ongimizda hodisalarning tashqi belgilarida vositali tarzda 
namoyon bo„lishi bilan inson ichki, barqaror o„zaro aloqalarning belgilarini 
aniqlab oladi. 
Tafakkurning o„ziga xos xususiyati bilish yoki amaliy faoliyat jarayonida 
yuzaga keladigan u yoki bu vazifani bajarish bilan bog„liqligidan iborat. 
Tafakkur muammoli vaziyatdan, tafakkurning maqsadi bo„lgan savolga 
javobdan boshlanadi. 


 
2. Tafakkur turlari va 
shakllari.
 
Tafakkur muammosini ko„rib chiqqan A.A. Smirnov tafakkur va 
aqliy 
jarayonlarning assotsiativ tarzda kechishi
ni tafovutlash zaruriyati haqida 
ogohlantirgan edi. Gap shundaki, aqliy faoliyatda biz assotsiatsiyalardan keng 
foydalanamiz, chunki ular tafakkur masalalarini echishda ahamiyatli yordam 
ko„rsatadi. Aqliy jarayonlarning assotsiativ kechishida holat o„zgacha bo„ladi. 
Muhim tafovut shundan iboratki, bu vaziyatda o„z oldimizga hech qanday 
maqsad qo„ymaymiz, chunki hech qanday vazifani bajarmaymiz. Bunda bir 
jarayon ikkinchisi bilan almashadi, chunki ular bir-biri bilan assotsiativ tarzda 
bog„langan bo„ladi. Tafakkur jarayonlarining assotsiativ tarzda kechishi ko„p 
hollarda inson toliqqan bo„lib, hordiq olishni xohlayotganida kuzatiladi. Uyquga 
ketishdan oldin xayolingizdan ketma-ket turli xildagi o„ylar o„tishini 
kuzatgansiz. Mana shu o„ylar ma‟lum assotsiatsiyalarga kiradi. 
Tafakkurning alohida muhim o„ziga xos xususiyati – bu uning nutq bilan 
uzluksiz aloqasi. Tafakkur va nutqning bunday aloqasi, avvalambor, fikrlarning, 
hatto, nutq tovush shakliga ega bo„lmagan holat, masalan, kar-soqov odamlarda 
ham nutq shakliga mujassamlashtirilishida o„z ifodasini topadi. Biz doimo 
so„zlar orqali fikr yuritamiz. 
Qisqartirilganlik, muxtasarlik, ixchamlilik xususiyatiga ega bo„lgan 
yashirin, tovushsiz, ichki nutq insonning tafakkur mexanizmi bo„lib hisoblanadi. 
Nutq tafakkur qurolidir. Ma‟lum fikr so„zlar bilan ifoda etilganida 
tafakkur jarayoni amalga oshiriladi. Fikrni so„z bilan ifoda etish – ifodalash 
motivi (nutqiy maqsad), ichki nutq, fikrni tashqi tomondan nutqiy ifodalash kabi 
bosqichlaridan iborat bo„lgan murakkab jarayon. 
Tafakkur – bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi g„oyalar harakati. 
Uning natijasi obraz emas, balki ma‟lum bir fikrdir. Tafakkur – bu kiritilgan 
yo„nalishli-tadqiqiy, qayta o„zgarishli va bilish xususiyatiga ega bo„lgan 
harakatlar va muolajalar tizimini taxminlovchi alohida turga ega bo„lgan nazariy 
va amaliy faoliyat. 
Tafakkur moddiy olam qonuniyatlari, tabiat va ijtimoiy-tarixiy hayotdagi 
sababiy-oqibat aloqalari, insonlar psixikasi qonuniyatlarini tushunish imkonini 
beradi. Aqliy faoliyat natijalarini qo„llash sohasi bo„lgan amaliyot tafakkur 
faoliyatining manbai bo„lib xizmat qiladi. 
Tafakkur psixik faoliyat sifatida miyaning vazifasi hisoblanadi. Oddiy 
psixik jarayonlar, masalan, sezgilar uchun asos vazifasini o„taydigan yuqoriroq 
darajadagi miya jarayonlari tafakkurning fiziologik asosini tashkil etadi. Lekin 
hozirda tafakkur jarayonini ta‟minlovchi barcha fiziologik tuzilmalarning o„zaro 
ta‟sir etish tartibi va ahamiyati haqida aniq fikr mavjud emas. Tafakkur 
faoliyatida miya peshona qismlari alohida ahamiyatga ega ekanligi shubhasizdir. 
Bundan tashqari, bosh miya po„stlog„ining tafakkurni gnostik (bilish) vazifasi 
bilan ta‟minlovchi doirasi, shuningdek, tafakkur jarayonini ta‟minlovchi miya 
nutq markazlari ham katta ahamiyatga ega. 
Tafakkurning ikki darajasi mavjud:

Yüklə 362,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə