Kirish i-bob “Kommunal infratuzilma obyektlari menejmentining” vazifalari


“Kommunal infratuzilma obyektlari menejmenti” ning maqsadi vazifalari



Yüklə 138,73 Kb.
səhifə3/9
tarix22.03.2024
ölçüsü138,73 Kb.
#180874
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Uy-joy kommunal xo’jaligida zamonaviy menejment

1.2. “Kommunal infratuzilma obyektlari menejmenti” ning maqsadi vazifalari

  1. “Kommunal infratuzilma obyektlari menejmenti” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, kommunal infratuzilma obyektlari va korxonalarini boshqarish to’g’risidagi ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. “Kommunal infratuzilma obyektlari menejmenti” fani mutaxassislik fanlari blokiga kiritilgan fan hisoblanib, 5A3413001–“Kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish” magistratura mutaxassisligining 1-kursida o’qitilishi maqsadga muvofiq. “Kommunal infratuzilma obyektlari menejmenti” fani ijtimoiy-iqtisodiy fanlar turkumiga kiradi hamda mazkur fan arxitektura va qurilish ta`lim sohasining ba`zi mutaxassisliklarida ham o’qitilishi mumkin. Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga kommunal infratuzilma obyektlarini o’rganish va ularni boshqarishning mohiyati, kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarishda axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarish usullaridan foydalanish, kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarishda qaror qabul qilish, kommunal infratuzilma korxonalarining tashkiliy tuzilmalarini tahlil qilish, kommunal infratuzilma korxonalari boshqaruv faoliyatini tashkil etish, kommunal infratuzilma korxonalari ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida sifatni boshqarish, kommunal infratuzilma korxonalarida iste`molchilar bilan munosabatlarni boshqarish, kommunal infratuzilma korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarini boshqarish, kommunal infratuzilma obyektlarini boshqarishning xorijiy tajribalardan foydalanish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma, shuningdek iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuvini hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiladi. Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba: - kommunal infratuzilma obyektlarini boshqarishning mohiyati, kommunal infratuzilma obyektlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, kommunal infratuzilma obyektlarini boshqarishning samaradorligi to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi; - kommunal infratuzilma obyektlarini boshqarishning ilmiy-uslubiy asoslarini, kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarish usullarini, kommunal infratuzilma korxonalari boshqaruv faoliyatini, kommunal infratuzilma korxonalarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni, kommunal infratuzilma korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarini, kommunal infratuzilma obyektlarini boshqarishning xorijiy tajribalarini, kommunal infratuzilma obyektlarini boshqarish samaradorligini oshirish yo’llarini bilishi va ulardan foydalana olishi; - kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarishda axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarish usullaridan foydalanish, kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarishda qaror qabul qilish, kommunal infratuzilma korxonalarining tashkiliy tuzilmalarini tahlil qilish, kommunal infratuzilma korxonalari boshqaruv faoliyatini tashkil etish, kommunal infratuzilma korxonalari ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida sifatni boshqarish, kommunal infratuzilma korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarini boshqarish, kommunal infratuzilma obyektlarini boshqarishda innovatsion usullar va xorijiy tajribalardan foydalanishning uslubiy asoslari bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.


Yüklə 138,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə