Kirish i-bob “Kommunal infratuzilma obyektlari menejmentining” vazifalari


O’zbekiston respublikasida kommunal infratuzilma obyektlarini boshqarishning isloh qilinishi



Yüklə 138,73 Kb.
səhifə5/9
tarix22.03.2024
ölçüsü138,73 Kb.
#180874
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Uy-joy kommunal xo’jaligida zamonaviy menejment

O’zbekiston respublikasida kommunal infratuzilma obyektlarini boshqarishning isloh qilinishi
Sobiq ittifoq parchalanishi natijasida barcha respublikalar kabi mamlakatimizga ham ma`muriy buyruqbozlik asosida boshqarishga asoslangan, asosiy xarajatlari byudjet mablag’lari hisobidan qoplanib kelgan, markazlashgan ta`minot tashkilotlari tomonidan xomashyo resurslari bilan ta`minlanib kelgan kommunal xo’jaligi sohasi meros bo’lib qoldi. O’zbekiston Respublikasida kommunal infratuzilmani jadal rivojlantirish, sohani tubdan isloh qilish maqsadida mustaqillik yillarida ko’plab normativ hujjatlar qabul qilindi. Uy-joy xo’jaligini isloh qilishning dastlabki bosqichida islohotlarning qonunchilik asosini quyidagilar tashkil etdi: - 1993 yil 7 maydagi "O’zbekiston Respublikasi davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to’g’risida"gi qonun; - O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrdagi "Davlat uy-joy siyosatining asoslari to’g’risida"gi qonun; - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 25 apreldagi “Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida aholiga kommunal xizmat ko’rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 211-sonli Qarori;
- O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 iyuldagi “Uy-joy-kommunal xizmatlarning o’z xarajatlarini o’zi qoplashiga bosqichma-bosqich o’tish munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 271-sonli Qarori; - O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 1 martda qabul qilingan Fuqarolik kodeksi; - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 3 noyabrda 461-sonli “Aholiga kommunal xizmat ko’rsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Kontseptsiya to’rg’isida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Aholiga kommunal xizmat ko’rsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Kontseptsiyasi”; - O’zbekiston Respublikasining 1999 yil 1 apreldan qabul qilingan “Uy-joy kodeksi”; - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 19 dekabrdagi “Kommunal xizmatni boshqarish tizimini yanada isloh qilish to’g’risida”gi Farmoni; - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 18 yanvardagi “Ko’p kvartirali uylarni kapital ta`mirlash uchun mablag’lar to’plash (yig’ish) va ulardan foydalanish to’g’risidagi Vaqtinchalik Nizomni tasdiqlash haqida”gi 16- son Qarori; - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 11 fevraldagi "Uy-joy-kommunal xizmatlarning o’z xarajatlarini o’zi qoplashiga bosqichmabosqich o’tish munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida" 1996 yil 30 iyuldagi 271-son qaroriga qo’shimchalar kiritish haqida”gi 65-sonli Qarori va boshqalar. Bu davrda kommunal xo’jaligi tizimida islohotlarning asosiy mohiyati quyidagilarga qaratildi: - fuqarolarda mulkka egalik hissini uyg’otish - davlat mulki bo’lgan uy-joy fondini xususiylashtirish, mulkka egalik huquqini beruvchi qonuniy me`yoriy hujjatlar paketini shakllantirish;
- kommunal xizmatlar ko’rsatuvchi korxona va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish, kommunal xo’jaligi sohasida tabiiy monopoliyani tartibga solish, xizmat ko’rsatuvchilar o’rtasida sof raqobatni rivojlantirish, kommunal xo’jalik sohasini davlat byudjeti mablag’lari hisobidan faoliyat ko’rsatishini tugatish, sohaga ajratilayotgan dotatsiya miqdorini bosqichma bosqich kamaytirib borish; - uy-joy xo’jaligini boshqarishni takomillashtirish, turarjoy binolarini saqlash va ta`mirlashda uy-joy mulkdorlar faolligini oshirish, mulkdorlarning o’zo’zini boshqarish tamoyiliga asoslangan birlashma va shirkatlarini tashkil etish. 2000 yillar arafasida bozor iqtisodiyoti munosabatlarining yangi bosqichga ko’tarilishi natijasida, iqtisodiyotning barcha sohalari kabi, aholiga kommunal xizmat ko’rsatish tizimida ham sohasi isloh qilish jarayonlari va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo’yicha keskin o’zgarishlarni amalga oshirishni, iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichini boshlash zaruratini keltirib chiqardi. Bunda quyidagi kamchiliklar yaqqol ko’zga tashlanib qoldi: - sohada xizmat ko’rsatishni bozor tamoyillari asosida tashkil etish, erkin bahoni shakllantirish muammolarini hal etish borasidagi ishlar sust olib borildi. Sarf-xarajatlarni kamaytirish bo’yicha amalda hech qanday ishlar amalga oshirilmadi. Kommunal xizmatlarga tariflarning oshirilishi ko’rsatilayotgan xizmatlar turini tegishli ravishda kengaytirish va eng muhimi, ularning sifatini oshirish bilan birga qo’shib olib borilmayotganligi ko’zga tashlanib qoldi; - mehnat munosabatlarini takomillashtirish, kommunal xizmat ko’rsatish sohasida band bo’lgan xodimlarning mehnatini rag’batlantirish mexanizmlari ishlab chiqilmadi. Soha xodimlarining mehnat unumdorligini oshirish uchun stimul yaratilmadi. Odamlarning ehtiyojlariga to’ralarcha qo’pol munosabatda bo’lish hollariga barham berilmadi; - Iste`molchilarga etkazib berilgan tovar va xizmatlar uchun to’lov intizomi pastligicha qoldi, resurslar sarfining hisobga olinishi zarur darajada ta`minlanmadi, tarmoqdagi bir qator korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy ahvoli murakkabligicha qoldi, bu esa ta`mirlash-tiklash ishlarini o’z vaqtida o’tkazish, yangi texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini cheklab qo’ydi. Joylarda kommunal xizmat ko’rsatishni o’zini o’zi qoplashga o’tkazish va byudjetdan dotatsiyalarni qisqartirish bo’yicha belgilangan topshiriqlar bajarilmadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 17 apreldagi “Kommunal xizmat ko’rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi to’g’risida”gi PF-2832-sonli Farmoni uy-joy kommunal xo’jaligi sohasidagi islohotlarni amalga oshirishning yangi bosqichini boshlab berdi. Farmonga muvofiq sohada sifat o’zgarishlarini amalga oshirish, kommunal xizmatlar sohasida bahoni shakllantirish, uy-joy fondidan foydalanishni tashkil etishda uy-joy mulkdorlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish tashkilotlari faoliyatini faollashtirish choralarini ko’rish vazifalari qo’yildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 17 apreldagi PF-2832-sonli Farmonida quyidagi kamchiliklar ko’rsatib o’tilgan7 : “Shu bilan birga aholiga kommunal xizmat ko’rsatish sohasini isloh qilish jarayonlari va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati hamon pastligicha qolmoqda. Odamlarning ehtiyojlariga to’ralarcha qo’pol munosabatda bo’lish hollariga barham berilmayapti. Xizmat ko’rsatishning bozor me`yorlariga o’tish borasidagi ishlar sust olib borilmoqda. Sarf-xarajatlarni kamaytirish bo’yicha amalda hech narsa qilinayotgani yo’q. Kommunal xizmatlarga tariflarning oshirilishi ko’rsatilayotgan xizmatlar turini tegishli ravishda kengaytirish va eng muhimi, ularning sifatini oshirish bilan birga qo’shib olib borilmayotganligini qoniqarli deb hisoblab bo’lmaydi. Kommunal xizmat ko’rsatish sohasida band bo’lgan xodimlarning mehnatini rag’batlantirish uchun deyarli hech narsa qilinayotgani yo’q. Kommunal xizmatlar haqi o’z vaqtida to’lanishi uchun kollektiv javobgarlik tizimini tatbiq etish bo’yicha to’plangan tajriba sust ommalashtirilmoqda. Uy-joy mulkdorlari shirkatlari Uy-joy egalari kengashlarini tashkil etish jarayoni ko’pincha yuzaki amalga oshirilmoqda. Yangidan tuzilgan shirkatlar aylanma
mablag’lar bilan ta`minlanmayapti, ularga qayta qurish va ta`minlash ishlarini o’tkazish uchun zarur kreditlar ajratib berilmayapti. Ularning faoliyati aniq belgilab qo’yilmagan. Joylarda kommunal xizmat ko’rsatishni o’zini o’zi qoplashga o’tkazish va byudjetdan dotatsiyalarni qisqartirish bo’yicha belgilangan topshiriqlar bajarilmayapti. Iste`molchilarning to’lov intizomi pastligicha qolmoqda, resurslar sarfining hisobga olinishi zarur darajada ta`minlanmayapti, tarmoqdagi bir qator korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy ahvoli murakkabligicha qolmoqda, bu esa ta`mirlashtiklash ishlarini o’z vaqtida o’tkazish, yangi texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini cheklab qo’ymoqda”. Kommunal xo’jaligini isloh qilishning yangi bosqichida islohotlarni amalga oshirishning qonunchilik asoslarini asosan quyidagilar tashkil etdi: - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kommunal xizmat ko’rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi to’g’risida"gi 2001 yil 17 apreldagi PF-2832-son Farmoni; - O’zbekiston Respublikasining “Aholiga kommunal xizmat ko’rsatishni takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2001 yil 18 apreldagi 178-son Qarori; - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 10 fevraldagi “Uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish borasidagi qo’shimcha choratadbirlari to’g’risida”gi PQ-3-sonli Qarori; - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 fevraldagi “Kommunal xizmatlar tariflarining asossiz ravishda o’sib ketishiga yo’l qo’ymaslik hamda ular uchun o’z vaqtida va to’liq hisob-kitob qilinishi uchun iste`molchilarning mas`uliyatini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5-sonli Qarori; - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 26 fevraldagi PF-3038- sonli “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini rivojlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni;
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi «Kommunal xizmat ko’rsatish sohasiga zamonaviy hisobga olish jihozlarini va resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish dasturi to’g’risida”gi 61-sonli Qarori; - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 5 noyabrdagi “Kommunal xo’jaligida energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 241-sonli Qarori; - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 23 sentyabrdagi “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish va kommunal xizmat ko’rsatish korxonalarini qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-3662-sonli Farmoni; - O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 22 fevraldagi "Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati to’g’risida"gi Qonuni; - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 17 yanvardagi “Respublika byudjetidan va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan korxonalar va tashkilotlarning ma`naviy eskirgan va tejamsiz bug’ qozoni agregatlarini 2007-2008 yillarda respublika mintaqalari bo’yicha almashtirish dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi 7-sonli Qarori; - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 avgustdagi “O’zbekiston "O’zkommunxizmat" agentligi faoliyatini takomillashtirish va kommunal xo’jalik korxonalarini moliyaviy sog’lomlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-445 sonli Qarori; - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’ztransgaz" aktsionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida" 2006 yil 8 avgustdagi PQ-438-sonli Qarori; - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 3 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi uy-joy fondini sovuq va issiq suv hisoblagich asbobuskunalari bilan jihozlash" investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-553-sonli Qarori va boshqalar;
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 18 apreldagi “Aholiga kommunal xizmat ko’rsatishni takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 178-sonli Qaroriga muvofiq: uy-joy mulkdorlari shirkatlari tashkil etilishiga ko’ra uy-joylardan foydalanish boshqarmalari va tashkilotlari tugatildi yoki ularni uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan shartnomalar bo’yicha uy-joylarga xizmat ko’rsatuvchi xususiy va boshqa nodavlat Pudrat tashkilotlariga aylantirildi; - uy-joy mulkdorlari shirkatlari tashkil etilishini ta`minlash uchun 1991 yilgacha qurilgan ko’p kvartirali uy-joylarni dastavval mukammal ta`mirlash chora-tadbirlarini ko’rish, ta`mirlashni mahalliy byudjet va byudjetdan tashqari man`balar hisobiga mablag’ bilan ta`minlash belgilandi; - uy-joy mulkdorlari shirkatlarini omborxonalar va xo’jalik ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan turar joyga mo’ljallanmagan binolar, shuningdek moddiy-texnika resurslari va jihozlar bilan ta`minlash choralari ko’rildi; - uy-joy mulkdorlari shirkatlarnining Yer uchastkasi chegaralari belgilab berildi va ularga belgilangan tartibda uchastkadan foydalanish huquqi yuzasidan davlat dalolatnomasi berildi. Yangi tashkil etilgan uy-joy mulkdorlari shirkatlariga Yer uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzasidan davlat dalolatnomasi ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyin ikki oy mobaynida berilishi belgilab qo’yildi; - joylardagi “Kommunal-foydalanish boshqarmalari” tugatildi va ular negizida uy-joy mulkdorlari shirkatlariga, korxonalar va tashkilotlarga shartnoma asosida xizmat ko’rsatuvchi xo’jalik hisobidagi avariya-tiklash xizmatlari tashkil etildi; - yangidan tashkil etilayotgan uy-joy mulkdorlari shirkatlari ro’yxatdan o’tkazilayotganda va hisobga qo’yilayotganda belgilangan yig’imlar va to’lovlardan ozod etildi; Uy-joy mulkdorlari shirkatlari balansida bo’lgan turar joyga mo’ljallanmagan binolarni va boshqa mol-mulkni ijaraga berishdan, shuningdek uy-joy mulkdorlari shirkatlariga tegishli bo’lgan hududdagi yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar egalaridan foydalanish xarajatlari uchun tushadigan
mablag’lar, ulardan keyinchalik aylanma mablag’larni to’ldirishda, uy-joyni mukammal tuzatish uchun moddiy-texnika resurslari zahirasini yaratishda foydalanish uchun shirkatlarning depozit hisob raqamlariga o’tkazishga ruxsat etildi. Tijorat banklariga uy-joy mulkdorlari shirkatlariga joriy va mukammal ta`mirlashni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moddiy-texnika resurslari, asbobanjomlar va jihozlar sotib olish uchun mahalliy hokimliklari kafilligi ostida imtiyozli kreditlar berish tavsiya etildi. Mamlakatning barcha hududi uchun kommunal xizmatlar tarifi siyosatining yagona printsiplarini joriy etish maqsadida "O’zkommunxizmat" agentligi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash metodikasini qayta ishlab chiqish vazifasi qo’yildi. Shuningdek, gaz, suv, issiqlik ta`minoti, markaziy isitish va kanalizatsiya xizmatlari ko’rsatishda texnologik nobudgarchiliklarning cheklangan normativlarini ishlab chiqish belgilandi. Islohotlar davomida aholiga ko’rsatilayotgan markaziy isitish va issiq suv ta`minoti xizmatlarini moliyaviy o’zini o’zi qoplashga bosqichma-bosqich o’tkazish choralari ko’rildi. Joylarda kommunal xizmat ko’rsatishni o’zini o’zi qoplashga o’tkazish hisobiga byudjetdan dotatsiyalarni qisqartirib borish va 2006 yilga kelib 100 % o’zini o’zi moliyaviy ta`minlashga o’tkazilishi belgilandi. Kommunal xizmatlar haqini aholi tomonidan o’z vaqtida va to’la hajmda to’lanishini ta`minlash uchun fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarini (mahalla qo’mitalarini) rag’batlantirish imkoniyati yaratildi, kommunal xizmatlar uchun joriy to’lovlar bo’yicha tushumlar rejasi 100 foiz bajarilgan taqdirda xizmat ko’rsatuvchi korxonalar tomonidan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga (mahalla qo’mitalariga) tushgan to’lovlar summasining 10 foizi miqdorida ajratmalar berilishi belgilandi. Uy-joy xo’jaligi va kommunal xizmatlarga sarf-xarajatlarni kamaytirish maqsadida kommunal (gaz ta`minoti, issiq suv ta`minoti, markaziy isitish, suv ta`minoti, kanalizatsiya, sanitariyaviy tozalash kabi) xizmatlarni ko’rsatuvchi hamda foydalanish xizmatini amalga oshiruvchi korxonalar uchun rentabellikning cheklangan darajasi 10 foiz miqdorida belgilab qo’yildi. Uy-joylardan foydalanish hamda kommunal xizmatlarning narxlari va tariflarini tasdiqlash yoki keyinchalik qayta ko’rib chiqish vaqtida oshirilgan narxlar va tariflarning 10 foizi kommunal xizmat ko’rsatuvchi va uy-joylardan foydalanish xizmatini amalga oshiruvchi korxonalarning o’z daromadlari hisobidan qoplanishi belgilab qo’yildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi “Kommunal xizmat ko’rsatish sohasiga zamonaviy hisobga olish priborlarini va resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish dasturi to’g’risida»gi 61-sonli Qaroriga asosan aholiga ko’rsatiladigan kommunal xizmatlarni hisobga olishning zamonaviy tizimini joriy etish dasturi tasdiqlandi va aholi turar joylarida gaz, sovuq suv, issiq suv va issiqlik energiyalarini hisobga olish priborlari o’rnatishni to’liq tugallash belgilandi. 2018 yil 29 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining, «Obod qishloq» dasturi to’g’risida”gi PF-5386-sonli farmoni qabul qilindi. Farmonga asosan 2018 yilning 1 aprelidan boshlab respublikaning har bir tumani va shahrida, avvalambor olis va tabiiy-iqlim sharoiti og’ir hududlarda 2018 yilda 2 tadan va kelgusi yillarda 3 tadan qishloq (mahalla)da aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy o’zgarishlarni ta`minlashga, mazkur qishloq (mahalla)larning qiyofasini zamonaviylashtirishga va unda istiqomat qiluvchilar uchun ish o’rinlarini yaratishga qaratilgan «Obod qishloq» dasturi amalga oshirilishi yo’lga qo’yildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 yil 15 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasida Kommunal xizmat ko’rsatishni boshqarishni takomillashtirish 34 to’g’risida”gi PF-617-son Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 22 iyuldagi 371-son qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi tashkil qilingan bo’lib, bu davrgacha O’zbekiston SSR Uy-joy-kommunal xo’jaligi ministrligi faoliyat yuritgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 19 dekabrdagi «Kommunal xizmatni boshqarish tizimini yanada isloh qilish to’g’risida»gi PF2791-sonli Farmoniga muvofiq "O’zkommunxizmat" agentligi tashkil etildi. Hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari bevosita Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtiyoriga berildi. Respublika aholisining sifatli uy-joy kommunal xizmatlari bilan qamrab olinishini tubdan yaxshilash, uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasida barcha tashkilotlarning o’zaro hamkorligi uyg’unlashgan texnologik zanjirini shakllantirish asosida uy-joy fondidan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, ko’p xonadonli uylarning saqlanishi talablariga rioya etilishi ustidan texnik nazoratning samarali tizimini yaratish, shuningdek, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining ish sifatini oshirish va moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta`minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi «Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-5017-son Farmoni hamda 2017 yil 18 apreldagi “O’zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-2900-son qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasi «O’zkommunxizmat» agentligi tugatilib, O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi tashkil etildi. O’z navbatida O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi O’zbekiston Respublikasi «O’zkommunxizmat» agentligining huquqiy vorisi hisoblanadi. Ya`ni, O’zbekiston Respublikasining “Normativ- huquqiy hujjatlar to’g’risida”gi Qonunining 13-moddasiga asosan8 “Vazirlik, davlat qo’mitasi yoki normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi berilgan idora qayta tashkil etilgan taqdirda, huquqiy vorisga o’z vakolati doirasida normativhuquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi bilan birga ilgari qabul qilingan normativhuquqiy hujjatlarga o’zgartirish, qo’shimchalar kiritish, ularning amal qilishini to’xtatib turish va tugatish vakolatlari ham o’tadi”. O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan9 : - uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish; - Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizlik va sifatini ta`minlash, shuningdek, yagona suv balansini shakllantirishni muvofiqlashtirish; - ko’p xonadonli arzon uylar qurilishi bo’yicha davlat dasturlari amalga oshirilishini ta`minlash, ko’p xonadonli arzon uylar, suv ta`minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta`minoti obyektlari qurilishi bo’yicha buyurtmachi funktsiyalarini amalga oshirish, eski va avariya holatidagi uy-joylar buzilishini tashkillashtirish; - ko’p xonadonli uylarning texnik holatini monitoring qilish, shu jumladan, ko’p xonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy ta`mirlash ishlarini tashkil qilish; - xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ko’p xonadonli uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish va ekspluatatsiya xarajatlarini aniqlash bo’yicha talablarga, ko’p xonadonli uylarni texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va normalariga, ko’p xonadonli uylarga tutash hududlarning sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda saqlanishiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; - hududlarni obodonlashtirish sohasi muammolarini o’rganish va metodologik ta`minlash;
- suv ta`minoti va kanalizatsiya obyektlarini, issiqlik ta`minoti tizimlarini aholi punktlarini rivojlantirish sxemalari va bosh rejalari bilan bog’lagan holda rivojlantirish, modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning sifatli bajarilishini tashkillashtirish, mazkur soha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqaruvini ta`minlash; - uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish tizimiga resurs va energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni tatbiq etish, jumladan, uy-joy kommunal xo’jaligi obyektlarini zamonaviy hisoblash o’lchov asboblari bilan jihozlash, qurilish-montaj ishlari tannarxining pasayishini ta`minlaydigan mahalliy zamonaviy va sifatli qurilish materiallari hamda buyumlarini keng qo’llash; - uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlash, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribasini inobatga olgan holda uy-joy kommunal xizmat ko’rsatishning zamonaviy shakl va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish; - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda suv ta`minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta`minoti bo’yicha ko’rsatiladigan xizmatlarga tarif siyosatini shakllantirish, uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; - uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo’yicha takliflar kiritish, o’quv stajirovkalarini chet ellarda o’tkazishni nazarda tutgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar, idoraviy axborot tizimlari va ma`lumotlar bazasi joriy etilishini nazarda tutish. O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari kompleksi tarkibiga kiradi10 . O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi uyjoy kommunal xizmat ko’rsatish sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va o’z faoliyati yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasiga oid qarorlar chiqarish va ularning ijrosini nazorat qilish orqali soha boshqaruvida ishtirok etadi. O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi tarkibiga: - Qoraqalpog’iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish boshqarmalari, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish bosh boshqarmasi hamda ularning tumanlar (shaharlar)dagi bo’limlari; - O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi huzurida Ko’p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi («Uyjoyfondinspektsiyasi») hamda uning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy inspektsiyalari; - «Ko’p xonadonli uylar, issiqlik ta`minoti obyektlari qurilishi bo’yicha injiniring kompaniyasi» davlat unitar korxonasi (DUK) va uning hududiy filiallari; - «Ta`mirlash-tiklash xizmati» davlat unitar korxonalari va boshqalar. O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasida vakolatli davlat organi bo’lib, o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, xo’jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.



Yüklə 138,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə