Kirish i-bob “Kommunal infratuzilma obyektlari menejmentining” vazifalari


Kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarish usullari



Yüklə 138,73 Kb.
səhifə8/9
tarix22.03.2024
ölçüsü138,73 Kb.
#180874
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Uy-joy kommunal xo’jaligida zamonaviy menejment

2.3. Kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarish usullari
Boshqaruv usullari bu boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga maqsadli yo’naltirilgan ta`sir o’tkazishning usullari, ya`ni boshqaruvchining u boshqarayotgan ishlab chiqarish kollektiviga qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida uning faoliyati koordinatsiyasini ta`minlashdir. Boshqaruv usullari vositasida kommunal infratuzilma obyektlaridagi iqtisodiy jarayonlarga va ishlab chiqarish qatnashchilariga moddiy, moliyaviy, energiya, mehnat resurslarini imkoni boricha kam sarf qilib yuqori natijalarga erishish maqsadida ta`sir etiladi. Ishlab chiqarish samaradorligi ko’p jihatdan boshqaruv usullari mukammalligi va to’g’ri shakllantirilganligi bilan uzviy bog’liqdir. Boshqaruv usullaridan o’rinli foydalanish kommunal infratuzilma obyektlari va korxonalarini boshqarishda muhim o’rinni egallaydi. Mehnat jamoasiga ta`sir etish usullari orasida boshqaruv mexanizmi uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv obyektiv qonunlari talablariga muvofiq keluvchilarigina eng maqbul va maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, boshqaruv usullari bozor iqtisodiyotiga mansub qonunlar tizimi bilan uzviy bog’liqdir. Boshqaruv usullari tashqi va ichki omillar ta`sirida o’zgaradi. Tashqi omillarga: tashqi va ichki sharoit o’zgarishi, iqtisodiyotni boshqarishda tub islohatlarni amalga oshirish, xalq xo’jaligi tarmoqlarining texnikaviy qurollanganlik darajasini boshqarish tizimida o’zgarishlar (iqtisodiy islohatlar, iqtisodiyotni boshqarishning tarmoq tizimidan hududiy tizimiga o’tish va x.k.) kiradi. Ichki omillarga: jumlasiga yirik ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil etish asosida ishlab chiqarish kontsentratsiyasini amalga oshirish; korxona kattaligi o’zgarishi natijasida uning bir guruhdan ikkinchisiga o’tkazilishi; ishlab chiqarish ixtisoslashish darajasi o’zgarishi; mehnatning texnika bilan ta`minlanish darajasi yaxshilanishi; ishlab chiqarishni rejalashtirish va jadal tartibga solishning mavjud usullarini takomillashtirish va yangilarini joriy qilish (tarmoqli rejalashtirish va boshqarish; ishlab chiqarishni uzluksiz tezkor rejalashtirish, ishlab chiqarishni boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimini qo’llash va h.k.) kiritish mumkin. Boshqaruv usullari bevosita ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga ta`sir etuvchi ishlab chiqarish usuli rivojlanishi va jamiyat ishlab chiqarish kuchlari o’sishi bilan o’zgarib boradi. Kommunal infratuzilma obyektlari va korxonalari muvaffaqiyatli rivojlanishida boshqaruv usullarini to’g’ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Boshqaruv usullarini iqtisodiyotning ma`lum aniq sohalarida amal qilishning turli yo’llari orasidagi umumiy hodisa sifatida ajratish mumkin. Masalan, boshqaruv darajalari bo’yicha boshqaruv usullari (davlat sektorini boshqarish usullari, sex, korxona, birlashma, mintaqani boshqarish usullari), yoki tarmoqlarni boshqarish usullari (sanoat, transport, qishloq xo’jaligini boshqarish usullari) haqida so’z yuritish mumkin. Shuningdek, turli subyektlar tomonidan qo’llaniladigan boshqaruv usullarini ajratib ko’rsatish mumkin. Davlat boshqaruvi usullari jamoat tashkilotlarini boshqarish usullari. Yoki iqtisodiyotning ayrim sohalarida qo’llaniladigan boshqaruv usullarini (ishlab chiqarishni, moliyaviy sohani, fan va maorifni boshqarish usullari) ni ham ko’zda tutish lozim. Boshqaruv tashkilotlari tizimi turli-tumanligi bu tashkilotlar faoliyati usullarini ajratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bu Yerda so’z vazirliklar, assosatsiyalar, aktsionerlar jamiyati, davlat qo’mitalarini boshqarish usullari haqida so’z boradi. Va nihoyat, turli turkumga kiruvchi ishlovchilar boshqaruv faoliyatida menejerlar, direktorlar, bo’limlar boshliqlari tomonidan qo’llaniladigan boshqaruv usullarini ajratib ko’rsatish mumkin. Demak, boshqaruv nazariya va amaliyotida turli boshqaruv usullari mavjuddir. Ular boshqaruv usullarining har bir guruhi o’z xususiyatlariga ega bo’lgan tizimni tashkil etgan. Iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlarni boshqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi: iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, psixologik va huquqiy. Boshqaruvning bu usullari o’zaro uzviy bog’liqdir, shu sababli ularning birortasiga ortiqcha ahamiyat berish butun ishlab chiqarishning normal borishi buzilishiga olib keladi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotini boshqarishning iqtisodiy usullari muhim ahamiyat kasb etmoqda.


XULOSA
Uy-kommunal xo'jaligi, yani suv, elektr, gaz va issiqlik ko'rsatkichlari jumlasini birlashtirgan kommunal xizmatlar, insonlar uchun muhimdir. Zamonaviy menejment usullari, uy-kommunal xo'jaligi sohasida foydalanishga qulaydir. Bu usullar quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1. Monitoring va ma'lumotlar analizi: Bu usul orqali, uy-kommunal xo'jaligi sohasidagi muammolarni aniqlash va hal qilish uchun ma'lumotlar to'planadi. Misol uchun, suv sarfiyati, isitish va elektrik miqdorlari, tuzatish va tozalash xizmatlarining natijalari haqida ma'lumotlar to'planadi. Bu ma'lumotlar tahlil qilinishi va o'zgarishlarni kuzatish uchun foydalaniladi.
2. Qo'llab-quvvatlash: Zamonaviy menejment usullari, uy-kommunal xo'jaligi sohasidagi xizmatlar bilan birgalikda ishlashni ta'minlaydi. Misol uchun, suv tuzatish va tozalash xizmatlari, suv ta'minoti va to'liq ishlaydigan kanalizatsiya tizimlari bilan birgalikda ishlash uchun kuzatish va monitoring qilish mumkin.
3. Mijozlarga qulaylik: Zamonaviy menejment usullari, mijozlarga qulaylik ta'minlash uchun xizmatlarni yaxshilashni ta'minlaydi. Misol uchun, mijozlar uchun onlayn to'lov tizimi, xizmatlarni boshqarish uchun mobil ilovalar va mijozlar bilan aloqani ta'minlash uchun boshqa tadbirlar olib boriladi.
4. Energiya samaradorligi: Zamonaviy menejment usullari, uy-kommunal xo'jaligi sohasidagi energiya sarfiyatini kamaytirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan. Misol uchun, energiya sarfiyati monitoringi, yaxshi isitish va sovutish tizimlari, energiya saqlash usullari va boshqa tadbirlar olib boriladi.
5. Xaridorlarga xizmatni sifatini ta'minlash: Zamonaviy menejment usullari, xaridorlarga yaxshi xizmat ko'rsatishni ta'minlash uchun xizmat sifatini nazorat qilish va uni yaxshilashga qaratilgan. Misol uchun, suv ta'minoti va tozalash xizmatlarining sifatini nazorat qilish, xizmatlarni ta'minlash uchun yaxshi tizimlarni o'rnatish va xizmat sifatini oshirish uchun boshqa tadbirlar olib boriladi.
Shunday qilib, zamonaviy menejment usullari, uy-kommunal xo'jaligi sohasidagi xizmatlar sifatini yaxshilash, mijozlarga qulaylik ta'minlash va energiya samaradorligini oshirish uchun yaxshi vositalardir.

Yüklə 138,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə