Tarix fanini o`qitishda chet el tajribalarini o`rganish va foydalanish reja



Yüklə 22,59 Kb.
səhifə1/6
tarix18.06.2023
ölçüsü22,59 Kb.
#117792
  1   2   3   4   5   6
Tarix fanini o`qitishda chet el tajribalarini o`rganish va foydalanish


Tarix fanini o`qitishda chet el tajribalarini o`rganish va foydalanish
REJA:
1.Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’im jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo`llash tajribasi.
2.Xorijiy mamlakatlar pedagogik tajribalaridan foydalanish.
3.Xorijiy mamlakatlarda o`quv topshiriqlariga beriladigan e’tibor va ularning turlari.
Vatanimiz ta’limi keng qamrovli islohotlarni amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan kechirmoqda ulardan ko`zda tutilgan maqsad maktab faoliyatini demokratlashtirish, uning insonparvarlik tamoiyillarini rivojlantirish, bu vazifalarning muvaffaqiyatli hal qilishning muhim shartlaridan biri chet el maktabi va pedagogikasi tajribalariga munosabatni tubdan o`zgartirishdan iborat ekanligini hayotning o`zi ko`rsatmoqda.
Bu tajribalarni sinchkovlik va qunt bilan o`rganish orqali ta’limda xato va yanglishishlardan, shubhali xulosalardan o`zimizni saqlashimizdan tashqari ta’lim-tarbiyada qotib qolgan, eskirgan, o`z dolzarbligini yo`qotib borayotgan ish shakllari va uslublaridan tezroq xalos bo`lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qo`shimcha boy manbalarga ham ega bo`lamiz.
Shuni e’tirof etish kerakki, rivojlangan mamlakatlarda ta’lim sohasida ulkan o`zgarishlar sodir bo`layotgan bir davrda bizda ta’lim mazmunini yangilash uni boshqarish yangi pedagogik texnologiyani maktab hayotiga tatbiq etishda hamon kamchiliklar mavjud.
Ta’lim-tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi davrda esa ilmiy-texnika taraqqiyoti yangi texnalogik rivojlanishlar sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko`rsata oladigan jamiyat a’zolarini etishtirib berish yosh avlodni kasb-hunarga yo`naltirishda davlat xizmatini hamda o`rta ta’limning ko`p variantli uchinchi bosqichini joriy etish ta’lim mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalarni qo`llash ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo`l ochish uni muqim tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o`rganish ayni muddaodir.
Rivojlanayotgan xorijiy davlatlarda ta’limning, mamlakat ichki siyosatiga faol ta’sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy taminlashga qaratilayotgan mablag` miqdori yildan yil oshib bormoqda .Yaponlarda, masalan “maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli”gina bo`lib qolmay, “u insonlarni yaxshilaydi”, degan fikr ishonch timsoliga aylangan. Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tatqiqotlarni amalga oshiradigan ko`p sonli ilmiy muassasalar faoliyat olib boradi.
Fransiya, Germanya, AQSh, Yaponiyada ta’lim-tarbiya nazariyasi muommolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tatqiqot markazlari shug`ullanmoqda. Ular faoliyatini esa xalqaro ta’lim markazlari, masalan AQShda xalqaro ta’lim instituti muvoffiqlashtirib bormoqda. Asosiy o`quv dasturlariga ma’lum cheklanishlarni kiritish, alohida predmetlarni urganishni kuchaytirib, ularni chuqur o`zlashtiradi va o`quvchilarni ortiqcha yuk dan halos qiladi. Bu masalani ijobiy hal etishda o`quv kurslari integrasiyasini amalga oshirishga yordam beradi. Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar o`quv dasturiga integrasiyalashtirilgan kurslarni kiritish to`la amalga oshirildi. Fransiya maktablarida ularga 6-10 foiz, Buyuk Britaniya maktablarida 15 foiz o`quv soatlari ajratildi. Chet el tajribalari shuni ko`rsatdiki, ta’lim mazmunini qayta qurish ishida shoshma-shosharlikka yo`l qo`yib bo`lmaydi. Fikrimizcha, bu sohada samaraliroq yo`l integrasiya va ixtisoslashtirishga asoslangan o`quv dasturini yaratishdir.
Rivojlangan davlatlarda iqtidorli bolalarga e’tibor tobora ortib bormoqda. Qobiliyatli bolalar bilan ishlash dasturlari AQShda keng ko`lamga ega keyingi davrlarda o`z tengdoshlariga nisbatan qobiliyati bir necha barobar ilgarilab ketgan bolalar bugun ko`pchilikni tashkil etmoqda. Bunday iqtidorli talabalar maktabi g`arbda 60-yillardayoq paydo bo`lgan edi. Qobiliyatli bolalar bilan ishlash dasturi AQShda keng rivojlangan. 70-yillarda AQShda kelajak maktabi umummilliy loyihasini amalga oshirishga kirishildi. Bu ekspriment mazmunini o`qituvchilarga mustaqil ishlash imkoniyatini berishdan iborat.



Yüklə 22,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə