Kirish i-bob “Kommunal infratuzilma obyektlari menejmentining” vazifalari


-BOB. KOMMUNAL INFRATUZILMA OBYEKTLARI MENEJMENTI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 138,73 Kb.
səhifə2/9
tarix22.03.2024
ölçüsü138,73 Kb.
#180874
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Uy-joy kommunal xo’jaligida zamonaviy menejment

1-BOB. KOMMUNAL INFRATUZILMA OBYEKTLARI MENEJMENTI, MAQSADI VA VAZIFALARI
1.1. Infratuzilma, kommunal infratuzilma tushunchalari. “Kommunal infratuzilma obyektlari menejmenti” obyekti
Infratuzilma (lotincha infra - ostida) — ishlab chiqarish va tovar muomalasi, shuningdek, inson hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan me`yoriy sharoitni ta`minlashga xizmat qiluvchi turli-tuman yordamchi xizmat ko’rsatuvchi sohalar (tashkilot, korxona va muassasa) majmui; nomoddiy ishlab chiqarish sektori. Infratuzilma xizmatlari moddiy shaklga ega bo’lmagan tovarlar bo’lib, ular hayotiy ehtiyojlarni qondiradi. Infratuzilma zaruriy shart bo’lganidan uning ishlab turishini ta`minlashga iqtisodiy resurslarning bir qismi jalb etiladi3 . Infratuzilma xizmat ko’rsatish sohasiga ko’ra ishlab chiqarish infratuzilmasi (ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatuvchi sohalar - yuk tashish transporti, elektr va issiqlik ta`minoti, yo’l xo’jaligi, suv xo’jaligi, ombor xo’jaligi, ilmiy konstruktorlik xizmati, axborot xizmati va b.) va ijtimoiy-maishiy infratuzilma (aholiga xizmat ko’rsatib, uning ehtiyojini qondiruvchi sohalar - maorif, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, maishiy xizmat va b.)ga ajraladi. Infratuzilma xizmati tovar bo’lganidan oldi-sotdi etiladi. Uning asosiy vazifasi insonga xizmat ko’rsatish, ammo bu ish pulli, bepul va imtiyozli tarzda bajarilishi mumkin. Infratuzilma xizmatlarini xarakteriga ko’ra guruhlaganda bozor infratuzilmasi ajralib turadi. Chunki unda bozor munosabatlarini amalga oshiruvchi xizmatlar ko’rsatiladi. Qaysi darajada xizmat ko’rsatilishiga ko’ra, korxona, tarmoq ishlab chiqarish majmualari va hududiy infratuzilma ham mavjud. Infratuzilma sohasida yaratilgan xizmatlar ishlab chiqarish va inson uchun naf keltiradi. Infratuzilma xizmat ko’rsatishini tashkil etish uchun mablag’lar sarflanadi. Shuning uchun ularni hisoblash mumkin va ular yalpi milliy mahsulot tarkibiga kiritiladi. Infratuzilmani yaratuvchi mehnat ham unumli hisoblanadi. Infratuzilmaning samaradorligi ko’rsatilgan xizmatlarning sarf-xarajatlarga nisbati orqali aniqlanadi. Kommunal infratuzilma – bu munitsipal (o’zini o’zi boshqarish) hududlar iste`molchilarining ehtiyojlari uchun mo’ljallangan hamda munitsipal hududlar chegaralarida joylashgan (to’liq yoki qisman), elektr, issiqlik, suv bilan ta`minlash, oqova suvlarni chiqarib tashlash va tozalash sohalarida foydalaniladigan ishlab chiqarish va mulk obyektlari, shu jumladan quvuro’tkazgichlar, elektr uzatish liniyalari va boshqa obyektlar majmuidir . “Kommunal infratuzilma obyektlari menejmenti” fanining predmeti – kommunal infratuzilma obyektlarini rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish bilan bog’liq tashkiliy-iqtisodiy munosabatlardan iborat. “Kommunal infratuzilma obyektlari menejmenti” fanining o’rganish obyektlari kommunal infratuzilmani tashkil etuvchi tarmoqdagi barcha obyektlar, korxona va tashkilotlardir.



Yüklə 138,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə