Toshkent kimyo texnologiya instituti organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish fanidan



Yüklə 36,07 Kb.
tarix11.04.2022
ölçüsü36,07 Kb.
#85300
Raximova metrologiya


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI

ORGANIK BIRIKMALAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI FAKULTETI

METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SIFATNI BOSHQARISH FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Rivojlangan davlatlarda mahsulot

va xizmatlar sifati

Topshirdi: S6-19 guruh talabasi Raximova G.



Qabul qildi: Ismoilov B.

Toshkent - 2022



Rivojlangan davlatlarda mahsulot

va xizmatlar sifati
Rеja:


  1. Kirish

  2. Ishlab chiqarish korxonalarida sifat tizimini tashkil etish.

  3. Mahsulot sifatini boshqarish jarayonlari va ularni tuzilish xususiyatlari

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.




  1. Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tishi jahon iqtisodiy jarayonlarida qo’llaniladigan ishlab chiqarish, xo’jalik va tijorat usullariga kata qiziqish uyg’otdi. Ular orasida marketing tamoyillari va usullari alohida o’rinni egallaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat muhitini mavjudligi sifat va uni boshqarish muammollariga katta ahamiyat berishga majbur qiladi. Rivojlangan davlatlarda raqobat, kurash sifatini oshirish dasturlarini ishlab chiqarishga sabab bo’ladi. Mahsulot va xizmatlar sifatini baholash uchunn ob’ektiv ko’rsatkichlarni ishlab chiqish zaruriyati tug’iladi. Sifat va ishlab chiqarish smaradorligi o’rtasida to’g’ri bog’lanish mavjud. Sifatni oshirish harajatlarni kamaytirib, bozor ulushi hamda ishlab chiqarish samaradorligiga erishishga ko’maklashadi. Yuqoridagilar bo’lajak menejerlardan sifatni boshqarish sohasiga oid chuqur ilmiy va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishni talab qiladi. Dunyoni rivojlangan davlatlarida sifat bilan ta’minlash iste’molchini talabini sifatli mahsulotlar va xizmatlar bilan qoniqtirish, ishlab chiqarishni zamonaviy usullar bilan boshqarish masalalariga chuqur e’tibor bermoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tish jahon iqtisodiy jarayonlarida qo’llaniladigan ishlab chiqarish, xo’jalik va tijorat usullariga katta qiziqish uyg’otdi. Tadbirkorlik jamiyat rivoji va iqtisodiyot uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz I.A.Karimov ’’Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo’llari va choralari’’1 deb oldini olish deb ta’kidlagan edilar. Shuning uchun ham iqtisodiyotimizni rivojlanishi va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish davlat tomonidan qo’llab- quvvatlanmoqda. Ayniqsa tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishida alohida ahamiyatga ega bo’lgan, shuningdek davlat qo’llabquvvatlanmoqda va himoyasiga muhtoj bo’lgan tadbirkorlik-kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hisoblanadi. Kichikbiznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hozirgi paytda eng muhim masalalardan biriga aylangan.Kichik tadbirkorlik hozirgi bozor munosabatlari jarayonini tobora chuqurlashib borayotgan bir davrda respublikamizning iqtisodiy taraqqiyotiga sezilarli darajada xissa qo’shmoqda. Shu tufayli, kichik va o’rta tadbirkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish shu kunning davlat vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda, chunki kichik tadbirkorlik qanchalik rivojlansa ularning soni ko’payib, ishlab chiqarish va sifat oshib borsa mamlakatimizning iqtisodiy qudrati tobora oshadi, xalq faravonligi oshadi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimovning 2001-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ’’O’zbekiston jadal o’sishga erishdi va global moliyaviy-inqirozga qarshi samarali choralar ko’rdi. Keyingi besh yilda O’zbekistonda o’sish sur’atlari o’rtacha 8,5%ni tashkil etdi. Bu Markaziy Osiyodagi ko’rsatkichdan yuqoridir. O’tgan yili mamlakatimizda yalpi ichki maxsulotning o’sish sur’ati, kutilganidek amalda 8,3%ni tashkil etdi. 2000-2011-yillarda mobaynida YaIM hajmi 2,1 barobar oshdi. Mazkur ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatlar qatoridan joy oldi. O’tgan yili sanoat ishlab chiqarish 6,3% qishloq xo’jaligi mahsulot yetishtirish 6,6% chakana savdo aylanmasi 16,4% va aholiga pullik xizmat ko’rsatish 16,1% ga barqaror yuqori su’ratlar bilan o’sdi. 2012-yilning 1-yanvar holatiga ko’ra mamlakatimizning tashqi qarzi YaIMning 17,5% eksport hajmiga nisbatan esa 53,7%dan oshmaydi. Bu xalqaro mezonlar bo’yicha “har jihatda maqbul holat” deb hisoblanadi. Mamlakatimizda o’tgan yili 6 mln. 800 ming tonna g’alla, 3 mln. 500 ming tonnaga yaqin paxta, 8 mln. 200 ming tonnadan ortiq sabzavot va poliz qariyb 3 mln. Tonna bog’dorchilik mahsulotlari yetishtirildi. Shu bilan birga 6 mln. 600 mingtonna sut 1 mln. 500 ming tonnadan ortiq go’sht, 3 mlrd. 500 mln. Donadan ziyod tuxum yetishtirildi. Ishlab chiqarish hajmi kengaytirish va raqobatdosh mahsulotlarni yangi turlarini o’zlashtirish bo’yicha qabul qilingan birinchi navbatdagi chora tadbirlar dasturiga muofiq 2012-2016-yillarda hisob-kitoblar bo’yicha qiymati 6 mln. 200 mln. $ bo’lgan 270dan ziyod investitsiya loyihasida shuningdek, ishlab chiqarish modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha tarmoq dasturlarini amalga oshirish ko’zda tutilmoqda. O’tgan yili 3800 dan ortiq fermer xo’jaligi paxta yetishtirish bo’yicha shartnoma majburiyatini bajara olmadi. Natijada 120 mlrd.dan ortiq yoki 160 ming tonnadan ziyod paxta homashyosi kam yetishtirildi. Agar bu ko’rsatkichni eksport qilish mumkin bo’lganda paxta tolasi aylantirilgan bo’lsak, bu foyda hajmi boy berilgan paxtani qayta ishlashdan olinadigan moy, shirot, kunjara boshqa mahsulotlarni hisobga olmaganda ham, yo’qotish qariyb 100 mln.$ni tashkil etadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, maxsulotlarning xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash masalasi barcha korxonalarda ham hal etilgan deb bo’lmaydi. Bu kamchilik, ayniqsa, biz uchun o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan yengil sanoat, farmasevtika va qurilish materiallari, sanoat tovarlari ishlasb chiqariladigan tarmoqlarga tegishlidir. 2012-yilning 26-yanvar kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiya kengashining 4-majlisi bo’lib o’tdi, majlis kun tartibi O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining 2011-yildagi faoliyati yakunlari va 2012-yilda mo’ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar belgilab olish masalalariga bag’ishlanadi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifatini oshirish masalasi ham federatsiya kengashining doimiy diqqat markazida bo’ldi. Shu maqsadda korxona, tashkilot va muassasalarda “Ma’naviyat soatlari” o’tkazilishi joriy qilib, ularda respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov rahbarligida mamlakatimizda istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar erishilayotgan yutuqlar, davlatimiz insonparvar siyosatining mazmun-mohiyati va ahamiyati mehnatkashlar ayniqsa, yoshlar ongiga yetkazib kelinmoqda.2 Bitiruv malakaviy ishi dolzarbligi mamlakat iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tishi jahon iqtisodiy jarayonlarida qo’llaniladigan ishlab chiqarish, xo’jalik va tijorat usullariga katta qiziqish uyg’otdi. Ular orasida marketing tamoyillari va usullari alohida o’rin egallaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat muhitini mavjudligi sifat va uni boshqarish muammolariga kata ahamiyat berishga majbur qiladi. Rivojlangan davlatlarda raqobat kurash sifatini oshirish dasturlarini ishlab chiqarishga sabab bo’ladi. Mahsulot va xizmatlar sifatini baholash uchun obyektiv ko’rsatkichlarni ishlab chiqish zarurdir. Ishlab chiqarish korxonalarida sifatni boshqarish tizimini takomillashtirish va ishlab chiqarish samaradorligi o’rtasida to’g’ri bog’lanish mavjud. Sifatni oshirish xarajatlarni kamaytirib, bozor ulushi ishlab chiqarish samaradorligiga erishishga ko’maklashadi.

Mahsulot sifatini yaxshilashda zarur va muhim omillardan biri sifat tо‘garaklari (guruhlarining) faoliyatidir.

Sifat tо‘garaklari ishchilar, muxandislar va xizmatchilardan tashkil topgan ixtiyoriy jamoa yig‘ilmalaridir. Ularning soni va tarkibi ishlab chiqarishning ehtiyojidan va aniq ish sharoitlaridan kelib chiqadi.

Sifat tо‘garaklarining asosiy maqsadi sifatni yaxshilashning tub mohiyatini anglash, texnologik jarayonlarni takomillashtirish, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan bog‘liq bо‘lgan takliflarni joriy qilishdan iborat. Buning uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ishonchliligini, chidamliligini oshirish, yuqori navli buyumlarni ishlab chiqarishni kо‘paytirish, yaroqsiz (brak) likni va reklamatsiyalarni kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish sur’atini yaxshilash, resurslarni tejamkorlik va iqtisod qilib sarflash lozim. Kо‘pgina mamlakatlar о‘z mahsulotlarining sifatini oshirish uchun ma’lum tadbirlar, tajribalarga suyanib ozmi kо‘pmi yutuqlarga erishgan. Quyida biz dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning bu sohadagi tajribalaridan misol keltiramiz.

Yaponiya davlati dunyodagi rivojlangan mamlakatlar ichida ajralib turadi. Bu yerda sifat tо‘garagiga alohida e’tibor bilan qaraydi. 60-yillar boshida Yaponiyada birinchi marta sifat tо‘garagi vujudga keldi. Buning sababi bor, albatta. Yaponiya joylashishiga qarab aholisi zich yashaydigan geografik obyekt bо‘lib, о‘zining yer osti boyliklariga deyarli ega emas. Territoriyasining taxminan 70 foizi tog‘liklarni tashkil etgan bо‘lib, sanoatning rivojlanishida о‘zining hom ashyosiga umid bog‘lashi о‘rinsiz bо‘lar edi. Bu holda Yaponiya о‘z xalqini oziq-ovqat bilan ta’minlay olmas, sanoatni esa yetarli darajada rivojlantira olmasdi. Sanoat va energetika uchun tashqaridan keltiriladigan hom ashyo tilla, qimmatbaho toshlar va eksport mahsulotlari bilan tо‘lanishi mumkin edi.

Yaponiya uchun tanlov yо‘q edi: na tilla,na qimmatbaho tosh uning yer osti boyliklarida mavjud edi. Demak, eksport. Bundan boshqa yо‘li yо‘q. Xullas, Yaponiya og‘ir sharoitlarga bardosh bera oladigan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga butun bilim va zakovatini sarflashiga tо‘g‘ri keldi. Shuning uchun hozirgi vaqtda Yaponiya dunyo eksportidagi mahsulotlarning aksariyat qismida asosiy xiliga yetakchilik qilmoqda. Bularga dastgohlar, optika asboblari, radiopriyomniklar, fotoapparatlar, kemalar, yengil va yuk tashuvchi avtomobillar, televizorlar, videomagnitofonlar, orgtexnika mahsulotlari, soatlar, g‘ildiraklar, sun’iy toladan bо‘lgan matolar, pо‘lat tahtalar va boshqalar kiradi.

1962 yildan boshlab Yaponiyada “Ustalar va brigadalar uchun cifatni boshqarish” jurnali chiqa boshladi. Bundan maqsad jurnal sahifalarida bosilib chiqadigan materiallar va maqolalar orqali

- 4 sifatni boshqarish tizimidagi yangiliklarni kо‘pchilikka, ayniqsa ishchilarga о‘z vaqtida yetkazish, ba’zi kо‘rsatmalarni tushunarli bо‘lishini ta’minlash. Bundan tashqari quyidagi muhim masalalarga jiddiy e’tibor berila borildi:

- sifat nazorati sohasida ishlaydigan xodimlarning malakasi va layoqatliligini oshirish;

- sifat nazorati usullarini targ‘ibot qilish;

- tinglovchilar uchun har bir sex miqyosida, sifat tо‘garagi deb ataluvchi, sexlarda sifat nazoratini takomillashtirishiga asos bо‘luvchi tо‘garaklar tashkil qilish.

Natijada Yaponiyadagi voqealar quyidagicha rivojlandi: 1967 yil, iyun oyida 10 mingga yaqin shunday tо‘garaklar qayd qilingan bо‘lsa, 1969 yilda bu raqam 15 mingni, 1979 yilning iyun oyida 100 mingni tashkil qildi. 1987 yil mart oyida Yaponiyada sifat tо‘garagi о‘zining5 yilligini nishonladi. Bu davrga kelib sifat tо‘garaklarining soni 50 mingni tashkil qilib, bu kо‘rsatkich har yili 10 mingga oshib bormoqda. Uning qatnashchilarining soni esa milliondan oshib ketdi. Shuni alohida aytish lozimki, Yaponiyadagi tо‘garaklar о‘z oldiga ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish hisobiga mahsulot sifatini tubdan oshirishni maqsad qilib qо‘yishgan.

Yaponiya usulining yana bir xarakterli tomoni tо‘garaklarning ishlarini muntazam ravishda olimlar va muhandislar ittifoqi tomonidan kuzatiladi, о‘rganiladi va tahlil qilinib boriladi. Sо‘nggi ma’lumotlarga qaraganda sifat tо‘garaklarining 50 foizdan ortig‘i yuqori rahbarlarning tashabbusi orqali tashkil qilinadi. Tо‘garak tashkilotchilarining maqsadiga kо‘ra quyidagi umumlashgan tо‘garaklar tashkil qilingan: ishlab chiqarish samaradorligini oshirish (31,6 foiz), mahsulot sifatini yaxshilash (16,4 foiz), sifatga bо‘lgan xarajatlarni kamaytirish (13,8 foiz). Taxminan 38 foiz tо‘garaklar bir yilda ikkita temani, 16,5 foizi uchta temani va taxminan 3 foizi 1 temani ishlab chiqadi.

Hozirga vaqtda sifat tо‘garaklari Amerika Qо‘shma Shtatlarida, Yevropa mamlakatlarida hamda Xitoy Xalq respublikasida ham faol ishlab turibdi.

AQSH firmalarining xarakterli tomoni shuki, ular ishlab chiqarishning ayrim uchastkalarida tajribaviy tо‘garaklar tashkil qilishadi va ijobiy natijadan sо‘nggina uni keng kо‘lamda joriy qila boshlaydilar.

AQShda tо‘garak a’zolari ish vaqtida xaftasiga bir marta 1 soat ichida yig‘ilishadi, tо‘garakning ishlari esa ishdan tashqari paytda о‘tkazilib, ularga oshirilgan stavkalarda haq tо‘lanadi.

Aksariyat hollarda AQSH firmalaridagi sifat tо‘garaklari 1,5-2 yil mobaynida faoliyat yuritadilar, halos. Bunga asosiy sabab firma rahbarlari tomonidan ularni butkul qо‘llashning yо‘qligi, tо‘garak a’zolarining qо‘shimcha harajatlar bilan bog‘liq takliflarining qondiraverilmasligi va о‘qitish tizimining yetarli darajada mukammal emasligidadir. Shuning uchun hozirga kelib, ularga ma’lum talablar qо‘yilishi kerakligini hayotning о‘zi talab qilmoqda.

AQShda sifat tо‘garaklaridagi tashkiliy guruhlarga qо‘yiladigan talablar:

1. Tо‘garakda qatnashish ihtiyoriy bо‘lishi lozim. Tо‘garak a’zolari va ularning rahbarlari hal qilinuvchi muammolarni о‘zlari tanlaydilar. Tо‘garakda faqat ma’muriyatga tegishli muammolar kо‘rilmaydi. Tо‘garakni tuzilishida muammolarni hal qilish prinsiplarini о‘rganadilar, bu о‘z navbatida tо‘garakning kelgusidagi ishlarini muvaffaqiyatli bо‘lishiga asos bо‘ladi.

2. Tо‘garak qatnashchilari ish vaqtida yig‘ilishadi (haftasiga 1 soat). Yig‘ilishning umumlashgan tartibi:

- ochish, yangi a’zolarni qabul qilish, umumiy tavsifga ega bо‘lgan yangiliklar va tashkiliy masalalar - 5 minut,

- tо‘garak ishining xaftalik yakuni - 5 minut

- mahorat oshirishda yangiliklar va yangi materiallarni о‘rganish haqida -5 minut,

- amaliy masalalarga qо‘llanuvchi yangi о‘zlashtirilgan bilimlar 40 minut,

- yakun yasash, natijalarni baholash - 5 minut.

Tо‘garak rahbarlari yetarli malakaga ega bо‘lmog‘i, ishonch qozonmoqligi va tо‘garakni boshqarishga ihtiyoriy roziliklarini bermog‘i lozim. Ular firma boshliqlari va kasaba uyushmalari bilan aloqada bо‘lishlari shart.

3. Hamma darajadagi mutaxassislar texnikaviy maslahatchilar sifat tо‘garagi ishiga yordam berishga majburdirlar, ularning iltimosiga binoan majlislarga qatnashishi ham mumkin.

4. Kichik va о‘rta holdagi firmalar о‘zlarining sifat tо‘garagi ishlarini muvofiqlashtiruvchi xodimiga ega bо‘ladi, katta firmalarda esa bunday shaxslar bir va undan ortiqni tashkil etishi mumkin. Muvofiqlashtiruvchi xodim sifat tо‘garagi va tо‘garaklar orasida hamda rahbariyat о‘rtasidagi aloqa о‘rnatuvchi shaxsdir.

5. Firma tarkibidagi о‘rta rahbarlar ustalar, texnologlar tomonidan doimiy himoya qilinadi.

6. Firmaning eng yuqori rahbariyati tomonidan sifat tо‘garaklarining rejalarini himoya qilish kafolatlanadi.

AQShda о‘z rejalariga ega bо‘lgan 300 ta sifat tо‘garaklarida о‘tkazilgan sо‘roqlash natijalari quyidagilarni kо‘rsatadi. Sifat tо‘garagining imkoniyatlari qanaqa degan savolga firmalar quyidagicha javob berishdi (foiz hisobida):

"chegarasiz" -0,

"favqulotda samarador" - 37,

"yaxshi, hamma vaqt emas" - 32,

"yaxshi, lekin yutuq bundan ortiq bо‘lishi mumkin edi" - 8,

"juda chegarali, yutug‘i esa kafolatsiz" –

Sifat tо‘garaklarining samaradorligi haqidagi fikr juda e’tiborga sazovordir, sо‘ralganlardan 30 foizi har bir sarflangan dollar evaziga 1 dan 3 dollargacha oylik tariqasida, 20 foizi esa 4 dan 12 dollargacha olganliklarini aytdilar. 48 foizi esa о‘zlarining bu masalada aniq ma’lumotlari yо‘qligini kо‘rsatdi, faqatgina 2 foizi esa bu harakatlar о‘zini о‘zi oqlay olmaydi deb javob berdi.

Sо‘rov natijalaridan kо‘rinib turibdiki, hamma tekshirilgan tо‘garaklar-ning faqatgina 37 foizi samarali ishlagan. Buning natijasida xulosalar qilinib, tо‘garakning tayyorlov ishlariga yanada e’tibor berildi. Maxsus rejalar tuzildi, rejalarni bajarish uchun maxsus muvofiqlashtiruvchi xodim tayinlandi. Tо‘garak rahbarlariga bо‘lgan talablar qayta ishlab chiqildi. О‘qish dasturlari kuchaytirildi, birinchi navbatda tо‘garak rahbarlarining malakasiga e’tibor oshirildi. Ular statistik nazorat usullarining asoslarini о‘rgandi, mavjud muammolarni hal qilish usullari va boshqa о‘quv uslubiy taraflariga e’tibor berildi. Bundan tashqari baxs о‘tkazish qoidalari, tortishuv va janjallarni hal qilish usullari, eshitishga о‘rgatish, janjalli sharoitlarni keltirmaslik kabilar tо‘garak rahbarlariga maxsus kurs tariqasida о‘rgatildi. Natijada tо‘garak rahbarlari tо‘garak a’zolarini о‘qitishni boshladi, hamda tо‘garaklar faoliyatini tashkil qilishda katta e’tiborni uslubiy ta’minlashga qaratdilar. Bu maqsadlarda kо‘pgina kompaniyalar, universitetlardagi mutaxassislar yoki maslahatchi firmalar yordamiga murojaat qiladi.

Sifat tо‘garaklaridan foydalanishda, amerikalik korxona egalari ularning ishlarini mahalliy sharoitlarga moslashgan holda olib boradilar va shuning uchun aksariyat hollarda Amerikadagi tо‘garaklarning faoliyati Yaponiyadagidan farqlanadi. Xususan, agar Yaponiyada faqat 50-60 tо‘garaklar о‘zlarining darslarini ish soatlarida bajarsa, Amerikadagi tо‘garaklar esa о‘z rejalariga kо‘ra, deyarli ishchi soatlarda о‘tkaziladi. Amerikadagi korxona egalari sifat nazorati tо‘garaklarini joriy qilishda ishchilarni tо‘garaklarda qatnashishini har taraflama rag‘batlantiradi. Bundan kо‘rinib turibdiki, tо‘garaklarning "insonga" bо‘lgan yо‘nalishi, alohida о‘rin egallaydi. Masalan, "Ford" kompaniyasi о‘zining tо‘garaklarini yaratilishining asosiy maqsadini "insonning fikr almashuvini yaxshilash, uning ishdagi sifatini, ijodiy potensialini oshirish" deb e’lon qilgan.

Ayrim G‘arbiy Yevropa kompaniyalari boshqarishning Yaponiya usuli deb ataluvchi usulini о‘rganishda ishlarining oqilona elementlarni joriy qilish bilan boshladilar. Eng kо‘p tarqalgani Sifat tо‘garaklari bо‘ldi. Birinchilardan bо‘lib, bu usulni qо‘llagan davlat Buyuk Britaniyadir. Biroz keyinroq Fransiyada, Germaniyada, Italiyada, Ispaniyada, Niderlandiyada shunga о‘xshash tо‘garaklar tarqala boshladi. Hozirgi vaqtda shunday tо‘garaklar deyarli hamma mamlakatlarda mavjuddir.

G‘arbiy Yevropa korxonalarida tо‘garaklarning natijalarini joriy qilish deyarli yuqori samaradorlik bilan amalga oshirilmoqda.

Sifat tо‘garaklarining faoliyati faqatgina korxona ishlarini yaxshilash bilan bir qatorda boshqarish apparatining ishlarini yaxshilash, ish yuritishni osonlashtirish, hujjatlar sonini kamaytirish, kelishib olish va qarorlar qabul qilishni takomillashtirish masalalari bilan ham shug‘ullanadi.

Mutaxassislarning fikricha G‘arbiy Yevropa firmalarida tо‘garaklarning joriy bо‘lishi Yaponiyanikidan jadalliroq ekan.

Belgiyada shunday tо‘garaklar tashabbuskorlari sifat tо‘garagining amaliy assotsiatsiyasiga birlashgan. Mamlakat bо‘ylab sifat tо‘garaklari faoliyat kо‘rsatayotganliklari qayd qilingan. Mamlakatdagi kо‘pgina firmalar sifat nazoratini yalpisiga joriy qilish yо‘lini tutdi. Bu esa о‘z navbatida sifat tо‘garagining mavqeini birmuncha oshirdi.

1986 yili Italiya milliy assotsiatsiyasi sifat tо‘garaklarini tashkil qildi va hozirga kelib bu mamlakatda 400 dan ortiq korxonalarda sifat tо‘garaklari mavjud bо‘lib, ularning soni 4 mingdan ortib ketdi.

Mutaxassislarning fikrlariga qaraganda korxonalarda tuzilgan sifat tо‘garaklari 96 foiz yutuqlarga ega bо‘lmoqda.

Sifat tо‘garagining Shved assotsiatsiyasi 110 korxonani birlashti­rgan, hammasi bо‘lib mamlakatda 500 shirkatlar о‘z rejalariga ega. Bu­lar­dagi eng faol sifat tо‘garaklarining soni 30 dan ortiqni tashkil qiladi.

Xitoy Xalq Respublikasida sifat tо‘garaklari ham asta-sekin kо‘paya bordi. 1980 yilda mamlakat bо‘yicha 400 mingdan ortiq "Sifat tо‘garaklari" bor deb hisoblanar edi. 1985 yilga kelib, ularning soni 500 mingdan oshdi. Xitoy tо‘garaklari muxandis-texnik xodimlarni, ishchilarni va boshqaruv bо‘g‘inidagi xizmatchilarni birlashtiradigan tо‘garaklarni о‘z ichiga oladi.

Bu tadbirlarning hammasi nimalarga olib keladi, sanoatga nima beradi? Dastavval, korxona xodimlari tomonidan о‘zlarining maqsadlari va vazifalarini aniq bilish va kо‘rishdan iborat. Sifat tо‘garaklari kol­lek­tivga ta’sir kо‘rsatib, ularni mahsulotning sifatini yuqori darajada ta’­minlashga xodimlarni safarbar qiladi. Shuning uchun kо‘pgina mam­la­katlarda bu masalaga birinchi navbatdagi masala deb qaralmoqda. Bu muam­moni yechishda korxona rahbari va kollektiv tadbirlarga ishonch hosil qi­lib, qо‘lni qо‘lga berib bir tanu, bir jon bо‘lib harakat qilishlarini ha­yotning о‘zi taqozo qilmoqda. Ana shundagina sifat tо‘garaklari о‘z sama­ra­larini bera boshlaydi. Buni har bir ishbilarmon, korxona rahbari chu­qur tushunishi va vijdonan bajarishi lozim. Mahsulot sifatining yaxshi­lanishi sanoatni har taraflama rivojlanishiga, mustahkamlanishiga olib kelib, davlatning iqtisodiy qudratini oshirishga munosib hissa bо‘lib qо‘shiladi.



  1. Sifatni boshqarish o’zida boshqaruvning me’yoriy usullarini aks ettiruvchi standartlarga asoslanadi. Xalqaro standartida ISO 9001 berib o’tilgan ta’rifga ko’ra sifat tizimi- bu sifatning umumiy boshqaruvini ta’minlovchi tashkiliy tarkib, javobgarlik, jarayonlar, protsedura va resurslar taqsimotining majumuidir. Mahsulotlar yetkazib berish bo’yicha kontrakt tuzish uchun xorijlik xaridor ishlab chiqaruvchida sifat tizimining mavjudligini va bu sifat tizimiga taulluqli sertifikatlash organi tomonidan berilgan sertifikatni ko’rsatishni talab qiladi. Sifat tizimi korxona oldiga qo’ygan maqsad va belgilangan siyosatni olib borishni ta’minlovchi omil sifatida tashkil qilinadi va amalga joriy etiladi. Korxona sifat bo’yicha siyosati korxonaning yuqori rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi. Sifat tizimining asosiy vazifalari bo’lib: sifatni ta’minlash, sifatni boshqarish, sifatni yaxshilash hisoblanadi. U korxona rahbariyati tomonidan sifatni ta’minlash bo’yicha siyosatini amalga oshirishning vositasi siaftida tashkil qilinadi. Sifat tizimida buyurtmachi(xaridor) mol yetkazib beruvchi (tayyorlovchi) faoliyat olib boradi. Sifat tizimida korxona siyosati va maqsadini ta’minlash uchun sifat tizimida: 1. Marketing, bozorni o’rganish; 2. Texnika talablarini loyihalashtirish va ishlab chiqarish; 3. Material-texnik ta’minot; 4. Texnik jarayonlarni tayyorlash va ishlab chiqish; 5. Ishlab chiqarish; 6. Nazorat, sinov va tadqiqotlar o’tkazish; 7. O’rash va saqlash 8. Sotish va taqsimot; 9. Montaj va ishga tushurish; 10. Xizmat ko’rsatishga texnik yordam; 11. Foydalanib bo’linganidan keyin utilizatsiya qilish. Korxonada mahsulot sifatini nazorat qiluvchi sifat xizmati bo’limini tashkil qilish korxonada olib borilayotgan sifat bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtirishga imkon beradi. Sifat xizmati sifat bo’yicha uslubiy takliflarni ishlab chiqadi. Bu xizmat turi faqatgina bosh direktorga bo’ysunadi. Sifat xizmati funksional tizimining namunaviy ko’rinishi bo’ladi. Korxona rahabariyati bu xizmat orqali nafaqat mahsulot sifatining xalqaro standartlariga javob berishini nazorat qilib boradi. Balki mahsulot sifatini doimiy ravishda takomillashtirib imkoniyatiga ham ega bo’ladi. Maxsus xizmat turi orqali iste’molchilar ehtiyojini va ularning mahsulot sifatiga qo’yadigan talabini o’rganadi.  Mahsulot sifatining aniq standartlariga javob bermasligi bevosita ishlab chiqarishning o’zidayoq aniqlanishi maqsadga muvifiq bo’ladi. Buning uchun sifatni nazorat qilish quyidagi barcha texnologik zanjir bo’yicha amalga oshirilishi kerak:  Material va butlovchi qismlarning kirish nazorati laboratoriyalar orqali amalga oshirilishi; Korxona ishlab chiqarish jarayonining texnologik jihozlarini faol nazorat qilish uslublarini ishlab chiqish, shuningdek operatsiyalar bo’yicha tanlama yoki to’liq nazorat olib borilishi va tyyor mahsulotning yakuniy nazorat;  Korxona laboratoriyalari mahsulotning davriy sinovlariga oid maxsus ko’rgazmalari bilan ta’minlanishi kerak. Sifat funksiyalarini tizimlash har bir mahsulot sifati funksional va rag’batlantiruvchi funksiyalarni o’zida aks ettirishi kerak. Bu holatda gap iste’molchi belgilaydigan sifat haqida ketmoqda. Bunda iste’molchi bildirgan sifatning ko’plab ko’rib chqishi talab etiladi. Bu esa mahsulot sifati bo’yicha shug’ullanuvchial oldida ko’plab muommolarni yuzga keltiradi. Bu muommolarni hal etish uchun sifat funksiyasini tizimlash (SFT) uslubi qo’llaniladi. Ishlab chaiqishni ta’minlash kerak. Korxona rahbarlari mahsulot sifatining standartdan chetga chiqishini emas balki uni oldindan belgilash va bartaraf etishga alohida e’tibor qaratishi kerak. Standart- mahsulot sifatiga qo’yiladigan asosiy talablarni o’zida aks ettiruvchi texnik-me’yoriy hujjatdir. Sifatnni boshqarishda texnik shartlar qisman rol o’ynaydi. Texnik shartlar bu davlat standartlariga qo’shimcha tarzda belgilanadigan agar ular mavjud bo’lmagan taqdirda mahsulot sifati ko’rsatkichlariga mustaqil talab qo’yoladigan texnik-me’yoriy hujjatdir. Standartlar mahsulotlarning barcha hayotiylik bosqichlarida uning sifatini oshirishni rejalashtirish tartibi va uslublarini belgilaydi, sifati nazorat qilish va baholash uslublari va vositalariga talabni belgilaydi. Mahsulot sifatini boshqarish davlat, xalqaro, tarmoq va korxona standartlari asosida amalga oshiriladi. Mahsulot sifati va standartlash bo’yicha xalqaro standartlar Xalqaro standart tashkilorti (XST) yoki ISO (ingliz tilida international standart organization) XST tashkiloti tashkiloti 1946-yilda BMT qoshidagi standartlarni muvofiqlashtirish bo’yicha qo’mita yig’ilishida dunyo miqyosida standartlarni muvofiqlashtirish bo’yicha qo’mita xalqaro tovarlar almashinish va o’zaro yordamini yengillashtirsh; intellectual, ilmiy, texnik, iqtisodiy faoliyat muhitida hamkorlik qilishni kengaytirish maqsadida tashkil qilindi. ISO ning faoliyat turi xalqaro standartlarni ishlabchiqish chiqsh hisoblanadi. ISO standartlari ishlab chiqish qo’llash uchu juda qulay hisoblanadi. Milliy standartlashtirishda ulardan foydalanish sotish bozorini, eksportni kengaytirish, ishlabchiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishni qo’llab quvvatlsh imkonini beradi. Xalqaro elektrotexnik komissiya (XEK) 1906-yili Londonda tashkil topgan. 1946- yilda ISO tashkil topganidan keyin XEK o’zining molyaviy va tashkiliy masalalari bo’yicha mustaqilligini saqlab qolganni holda bu tashkilotga birlashtiriladi. XEK elektrotexnika, elektronika, radioaloqa va priborsozlik yo’nalishida standartlashtirish bilan shug’ullanadi. Xalqaro standart tashkilotining maqsadi elektrotexnika, radioelektronika igan talablarni sohalarida standartlashtirish masalalarini hal qilishda xalqaro hamkorlik qilishdan iboratdir. Uning asosiy vazifasi ushbu soha bo’yicha xalqaro standartlarni ishlab chiqish hisoblanadi. Standartlash bo’yicha xalqaro tashkilot bo’yicha mahsulotlariga qo’yiladigan talablarni belgilaydi va ISO standartlarida 9000 seriyasini vujudga keltirdi. Sifat tizimini sertifikatlashga tayyorlash4 : 1. Aniq belgilangan protseduraning mavjudligi; 2. Voz kechish va qaytish sonining kamligi; 3. Tekshiruv laboratoriyasining mavjudligi; 4. Yuqori darajadagi unumdorlik; 5. Korxonada sifat bo’yicha menejerlarning mavjudligi; 6. Jarayonlarni nazorat qilishning statistic uslublarini qo’llash; 7. Hujjat bilan rasmiylashtirilgan protseduralarning mavjud bo’lishi; 8. Korxonada tashkiliy jihatdan shakllantirilgan sifat tizimining mavjud bo’lishi; 9. Korxonada sifat bo’yicha bo’limning mavjud bo’lishi; 10. Mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish; 11. Nuqsonlarni aniqlash bo’yicha ishlarni olib borilishi. Iste’molchilar uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatining yuqori darajadagi barqarorligi va muqarrarligining kafolati bo’lib, sertifikatga ega bo’lgan sifat tizimi hisoblanadi. Sifat tizimida sertifikatning mavjud bo’lishi bozorda raqobatni saqlashning zaruriy sharti bo’lib hisoblanadi. U o’zida: 1. Ishlab chiqarish boshqarish bilan bog’liq muammolarning mavjud emasligi; 2. Korxona ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga buyurtmachilar tomonidan bildirilayotgan shikoyatlar sonining ko’p emasligi; 3. Xaridorlar mol yetkazib beruvchining mavjud sifatni boshqarish tizimidan qoniqish hosil qilishi; 4. Xaridorlar mavjud sifatni boshqarish tizimi to’g’risidagi hujjatlarni talab qilish; 5. Xaridor mol yetkazib beruvchida sifatni boshqarish tizimining mavjudligini shaxsan o’zi tekshirishi va baholay olishi.

  2. Mahsulot sifatini boshqarish jarayonlari va ularni tuzilish xususiyatlari. Avvalo mahsulot sifatini boshqarish jarayonlarini va ularni tuzulish xususiyatlarini o’ragishdan oldin sifat tushunchasiga to’xtalamiz. Sifat tushunchasi ko’p qirrali ko’p ma’noli falsafiy tushunchadir. Ameriakning ko’pchilik kompaniyalari ’’Go’zallik kuzatib turuvchining ko’z oldida namoyon bo’ladi’’, ya’ni har bir inson sifatga o’z nuqtai nazaridan qaraydi degan xulosaga kelishgan. Demak, ’’ sifatni boshqarish mukammallikka erishilidi degani emasi, u bozor talabiga javob beruvchi sifatga ega bo’lgan mahsulotni samarali ishlab chiqishdir’’. DJuran sifatni ’’foydalanishga yaraydi deb belgilaydi’’. Flipp Trospi sifatni ’’sifatni talablarga to’g’ti kelishi deb ta’kidlagan’’. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-iyunda qabul qilingan ’’Respublika korxonlarida xalqaro standartlarga muvofiq bo’lgan sifatni boshqarish tizimini joriy etishni kengaytirishga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risidagi’’ qarori ijrosi ta’minlash hisobidan erishildi. Iqtisodiyotni ko’lamida esa bu tushunchaga ’’noziklarning nozigi’’ deb ataladi. Bu fikr va mulohazalar umumishlab jamlanganda ’’Sifat – bu qo’shilgan va kutilgan talablarni mahsulotning yig’ilgan tavsiflari orqali qoniqtirish’’ degan xulosa kelib chiqadi. Iste’molchining kutilayotgan talablarini qoniqtish, bozorda o’z mavqeiga ega bo’lish uchun ishlab chiqaruvchidan quyidagilarni talab qiladi: 1. Yangi mahsulotlarni; 2. Yangi texnologiyalarni; 3. Yangi boshqaruv usullarini; 4. Yangi unsurlarni tadbiq etilishi; Bu narsalarni tadbiq etish esa ishlab chiqaruvchi kompaniya va firmalar orasida raqobatni yuzaga keltiradi, bu esa o’z navbatida taraqqiyotning asosiy omili hisoblanadi. Sifat tushunchasini anglab yetish va uni ishlab chiqarishda ta’minlab berish har bir tashabbuskor uchun dolzarb vazifadir. Bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan davlatlarda ko’rinib turibdiki, asosiy vosita sifat orqali:  Hamma ko’rinishdagi resurslar harajatini muvofiqlashtirish;  Ishlab chiqarishdagi sarf-harajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarishni oshirish;  Mahsulotga qo’yilgan barcha talablarni bajarish;  Iste’molchining kutayotgan talabini ro’yobga chiqarish;  Iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchining orasidagi aloqa va munosabatlarini ta’minlash;  Ishlab chiqarish boshqaruvini va xizmat ko’rsatish jarayonlarini doimo murakkablashtirish;  Nafaqat ishlab chiqaruvchini, iste’molchining kam talabini to’liq qondirish imkoniyatini beradi. Mahsulot sifati quyidagilar bilan ta’riflanadi:  Xizmatga yaroqliligi;  Ishonchliligi (xavsizligi, uzoq muddatga foydalanishliligi, saqlashligi, ta’mirlashga yaroqliligi);  Foydalanish tavsifi;  Tashqi estetik ko’rinishi;  Ishlatishdagi qulayligi;  Sotuv oldi va keyingi xizmat ko’rsatish va boshqalar. Mahsulot sifati ko’p sonli va har xil texnik iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik xususiyatlar omiliga bog’liq. Shartli ravishda bu omillar 3 guruhga bo’linadi. 1. Material-texnik (ishlab chiqarish asbob uskunlari, dastgohlar ishlab chiqarishni texnik va metrolog taminoti, sinov va nazoratning uslub va vozitalari, ishlatiladigan materiallar, bin ova qurilmalar); 2. Inson omili (malakasi professional bilimi, o’z ishiga bo’lgan qiziqishi); 3. Ma’muriy (tashkilotning umumiy ishlab chiqarish faoliyatini va qismi sifat boshqaruvini tashkil etish). Umuman olganda, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yuqori darajada ushlab turish ta’minlash kompleks muammodir. Faqat ilmiy asoslangan holda tizim va kompleksli bir vaqtda va o’zaro bog’liq bo’lgan texnik , tashkiliy, iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy tadbirlar yordamida tez va aniq holatda mahsulot sifatini mukammallashtirish mumkin. Sifatni boshqarish nazariyasini ishlab chiqishga atoqli olimlar P.L.Chebliyev , M.Lyapunov, I.T.Venskiy, A.M.Dlin, U.A.Shukart, E.Demin, A.Feygenbuanlar katta xissa qo’shganlar. Sifatni boshqarish zamonaviy nazariyasi shundan kelib chiqadiki, sifatni boshqarish bo’yicha faoliyat mahsulot ishlab chiqarilgandan keyin samarali bo’lishi mumkin emas. Bu faoliyat mahsulot ishlab chiqarish jarayonida amalga oshirilishi lozim. Mahsulot sifatini boshqarish jarayoni quyidagilardan iborat:  Sifatni boshqarish dasturini ishlab chiqarish va uni amalga oshirishni rejalashtirish;  Mahsulot sifatiga ta’sir qiluvchi har qanday boshqarilayotgan jarayon holati haqida axborot olish va uni tahlil qilish;  Sifatni boshqarishga oid qarorlar qabul qilish ob’ektga qilinadigan boshqaruvchi ta’sirlarni tayyorlash;  Boshqaruvchi ta’sirlarni chiqarish;  Boshqaruvchi ta’sirlar yuzaga keltirgan mahsulot sifati ko’rsatkichlarining o’zgarishlari haqida informatsiya olish va uni tahlil qilish; Mahsulotning haqiqiy sifati to’g’risidagi ma’lumot rejalashtirilgan sifat ko’rsatkichlari bilan solishtiriladi. Qiyoslash natijalari bo’yicha sifatni saqlab turish yoki ko’tarish bo’yicha chora-tadbirlar bo’yicha ishlab chiqariladi va amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan chora-tadbirlar mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi turli omillar o’zgartirilishini nazarda tutadi. Bu omillarni texnikaviy, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiylarga ajratish mumkin. Texnikaviy omillar texnologik jihozlar, uskunalar, asbob va nazorat vositalar holati, dastlabki materiallar, xom-ashyo va jamlovchi buyumlar sifati, texnikaviy hujjatlar va boshqalar holati va sifatidan iborat.

Sifatni boshqarishning majmuaviy tizimlari va mahsulot sifatining aniqlash usullari. Hozirgi davrda chop etilgan ilmiy adabiyotlarda mahsulot sifatini ko’rsatkichlariga yetarli darajada keng e’tibor berilib kelingan. Shuning asosida ularning umumlashgan holda 10ta guruhga bo’lgan. U quyidagi rasmda berilgan: 1) Ahamiyati bo’yicha – bu ko’zlangan maqsadda foydalanish evaziga olingan samara hisoblanadi va mahsulot foydalasnish doirasida kelib chiqadi. a) Ishlab chiqarish – texnik maqsadlarga mahsulotlarning ko’rsatkichlari bu ularning unumdorligi hisoblanadi. Ma’lum bir davrda bu mahsulot yordamida qancha hajmda mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish mumkin. 2) ishonchlilik ko’rsatkichi – mahsulotni bir tartibda ishlay olishi, ta’mir bobligi va uzoq davr xizmat qila olishi. Boshlanayotgan mahsulot xususiyatlaridan kelib chiqib chidamliligini xarakterlovchi ko’rsatkichlar 4ta guruhga bo’lishimiz mumkin: a) ayrim mahsulotlar bo’yicha odamlarga xavf tug’dirmasligi doimiy bir tartibda ishlay olishidir yoki ishonchlilikning yagona ko’rsatkichi hamdir. Bu eng zarur joylar elektr asboslar, avtomobillar tarmoq tizimi, boshqaruv tizimidir. Ayniqsa havo kemalarida bu ko’rsatkich asosiy ham yagona hisoblanadi; b) o’z holatini saqlab turish – bu mahsulotlarning saqlash va tashish davrida o’z xususiyatini ushlab turishdir. Bu ko’rsatkich ko’proq oziq – ovqat mahsulotlariga xosdir va shu tarmoqda alohida ahamiyatga ega; c) Ta’mirbopligi – bu kelgusi davrda ta’mirlash vazifasini bajarishi, o’rtacha ta’mir sarfi qiymati va boshqa ko’rsatkichlari bilan aniqlanadi; d) Uzoq muddatli xizmat qilishi – bu mahsulotni qurilmani ish holatida ushlab turishga qilingan harajat miqdori bilan xarakterlanadi. 3) Texnologik ko’rsatkichi – mahsulotning yuqori mehnat unumdorligini ta’minlash, tayyorlash va ta’mirlash jarayonidagi qabul qilingan konstruktiv texnologik qarorlar samarasi, asosan texnologik yordamida mahsulot ishlab chiqarishni yalpilik xususiyati materiallarni oqilona ta’mirlash, mehnat material va vaqtdan foydalanish ta’minlanadi; 4) Standartni va unifikatsiya ko’rsatkichlar – bu mahsulot standartlar bilan ta’minlanganligi, asosiy qismlarni unifikatsiyalashuvi original mahsulotlar qancha kam bo’lsa, shuncha yaxshi bu mahsulot ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar uchun ham zarur; 5) Ergonomik ko’rsatkichlari - insonlarni mahsulotlar bilan ham harakatlanish hamda bog’liqlik bo’lib, ulardan foydalasnihdagi ruhiy, fiziologik va gigienik xususiyatlarida ko’rinadi. Bular trakterni boshqarishdagi qulayliklar, qutqaruv krani kabinasida konnditsioner, yorug’lik, temperatura, namlik, chang hamda shovqin havo bug’lari va hakozo; 6) Estetik ko’rsatkichlari – bu ma’lumotlarni ifodalanishi va tuzilishining qulayligi, mavzuning to’laligi, bajarishning takomillashganligi va nahsulot tovar ko’rinishining qa’tiiyligi; 7) Tashishga qulaylik ko’rsatkichlari – bu mahsulotni tashishga moslashtirilganligi; 8) Egalik – huquqiy ko’rsatkichlarga patent sofligi. Patent himoyalanganligiga kirib raqobatbardoshlikni aniqlashning asosiy omili hisoblanadi. Egalik – huquqiy ko’rsatkichlarni aniqlash va mahsulot va yangi texnik qarorlarni mavjudligi va mamlakat tomonidan patent himoyalanganligi, saoat ishlanmasi ro’yhatidan o’tganligi va tovar belgisi ishlab chiqarayotgan mamlakat yoki chetga chiqargan mamlakatlarga; 9) Ekologik ko’rsatkichlar – bu atrof-muhitni zararli moddalar bilan ifloslangan mahsulotni ishlab chiqarish va foydalanish jarayonidir. Misol korxonada mahsulot ishlab chiqarsih natijasida u tomonidan atrof-muhitga chiqariladigan gazlar, zararli chiqindilar, ularni tashish jarayonida ifloslantirilishi va hkz.; 10) Xavfsizlik ko’rsatkichlari – iste’molchi yoki mahsulotdan foydalanuvchiga xavfsizlikni ta’minlash xususiyatlari. U o’rnatish jarayonida, tashish jarayonida va foydalanish jarayonida yuzaga keladigan xususiyatlar. Yuqoridagi barcha sanab o’tkazilgan ko’rsatkichlar yig’indisi mahsulot sifatini shakllantiradi. Mahsulot sifatini estetik jihatdan insonni quvontiradigan o’z vazifasini yaxshi bajaradigan odamlar ehtiyojlarini to’la qondiradigan bo’lishadi. Bu ko’rsatkichlardan tashqari asosiylari ularning bahosihamdir. Shuning uchun baho mahsulot sifati bilan uzviy bog’langan yoki baho yordamida mahsulot sifati ortishi uchun qilingan qo’shimcha sarflar qoplanadi. Har qanday xaridor mahsulotni sotib olish jarayonida uning uchun to’langan haq, foydalanish oqibatida qoplanadimi, taqqoslab ko’radi. Baho bilan bir qatorda mahsulotni foydalanish xususiyatlariga tavsifnoma berish ham zarur, chunki foydalanish davrida ta’mirga muhtoj bo’ladi u ortiqcha harajat hamdir. Agar uzoq muddat xizmat qilsa bu sarflar o’z-o’zidan qisqaradi. Ayrim hollarda ta’mir sarflari bahodan ortib ketadi. Bu samarasiz hisoblanadi.

Xulosa.

Mamlakat iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tishi jahon iqtisodiy jarayonlarida qo’llanadigan ishlab chiqarish xo’jalik va tijorat usullari alohida o’rin egallaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat muhitini mavjudligi sifat va uni boshqarish muammolariga katta ahamiyat berishga majbur qiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ‘Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish – barcha demokratik yangilanish va iqtisodiy islohotlarimizning pirovard maqsadidir ’ nomli asarlarida 2007-yilda amalga oshirilgan eng ustuvor yo’nalishlar haqida to’xtalib o’tar ekanlar ‘Birinchi navbatda ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarimiz negizida yalpi ichki mahsulotning yuqori sur’atlar bilan o’sishi an’anaviy xom-ashyo tarmoqlarni hisobidan emas, jahon bozoridagi qulay konyenktura va ayrim xom-ashyo turlari hamda materiallar narxining yuqoriligi hisobidan emas, balki birinchi navbatda raqobatga bardoshligi sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hamda zamonaviy xizmat ko’rsatish sohalarini jadal rivojlantirishni belgilab beradigan jiddiy tarkibiy o’zgarishlar va ishlab chiqarish samaradorligini belgilab oshirish evaziga ta’minlanmoqda’ - ,degan edilar. Menejerlar borgan sari sifatning ahamiyatini tan olmoqdalar. Lekin ularning kuchliligi uni kompaniya nuqtai nazaridan o’lchaydi va aniqlaydi. Ob’ektiv va qabul qilinayotgan sifatlar o’rtasidagi bo’linishning kamayishi kompaniya sifatga iste’mol nazari bilan qarashini talab qiladi. Shuningdek kompaniyalar uchun turli tovar kategoriyalariga tegishli tovarlar xaridorlarini ko’proq qiziqtiruvchi sifatning abstrakt o’lchamlarini aniqlovchi tadqiqotlar o’tkazish foydalidir.


ADABIYOTLAR:
1. Muxamedov B.E. Metrologiya, texnologik parametrlami oTchash usullari va asboblari. Darslik. Toshkent. « 0 ‘qituvchi», 1991. -250 b.

2.1smatullayev P.R.va boshqalar. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. Darslik. -T.: « 0 ‘zbekiston», 2001. -360 b.

3. Abduvaliyev A.A. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. Darslik. Toshkent. Sharq., 2018.

4. Ismatullayev P.R. va boshqalar. “Metrologiya asoslari”. 0 ‘quv qoTlanma. Toshkent, «Fan va texnologiya», 2012. -250 b.



5. R.O. Mahmudov Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini nazorat qilish va standartlashtish Toshkent “Ilmziyo” -2006y.
Yüklə 36,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə