Kirish i-bob “Kommunal infratuzilma obyektlari menejmentining” vazifalari


-BOB. KOMMUNAL INFRATUZILMA MAJMUASI TAVSIFI VA UNI BOSHQARISH FUNKSIYALARI



Yüklə 138,73 Kb.
səhifə6/9
tarix22.03.2024
ölçüsü138,73 Kb.
#180874
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Uy-joy kommunal xo’jaligida zamonaviy menejment

2-BOB. KOMMUNAL INFRATUZILMA MAJMUASI TAVSIFI VA UNI BOSHQARISH FUNKSIYALARI
2.1. Kommunal infratuzilma majmuasining asosiy tushunchalari
Amaldagi qonunchilikka muvofiq kommunal xo’jalik sohasida qo’llaniluvchi quyidagi asosiy ta`rif (tushuncha, kategoriya)larni ajratib ko’rsatish mumkin: 1) Kommunal kompleks tashkiloti – bu tashkiliy-huquqiy shaklidan qat`i nazar, elektr, issiqlik, suv bilan ta`minlash, oqova suvlarni chiqarib tashlash va tozalashni ta`minlash maqsadida tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko’rsatish) uchun kommunal infratuzilma tizimi (tizimlari)dan va (yoki) qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish (ko’mish) uchun obyektlardan foydalanuvchi yuridik shaxsdir; 2) Kommunal infratuzilma tizimlari – bu munitsipal (o’zini o’zi boshqarish) hududlar iste`molchilarining ehtiyojlari uchun mo’ljallangan hamda munitsipal hududlar chegaralarida joylashgan (to’liq yoki qisman), elektr, issiqlik, suv bilan ta`minlash, oqova suvlarni chiqarib tashlash va tozalash sohalarida foydalaniladigan ishlab chiqarish va mulk obyektlari, shu jumladan quvuro’tkazgichlar, elektr uzatish liniyalari va boshqa obyektlar majmuidir; 3) Qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish(ko’mish)da foydalaniladigan obyektlar – bu qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish (ko’mish)da bevosita foydalaniladigan obyektlardir; 4) Kommunal majmua tashkilotining ishlab chiqarish dasturi – bu elektr, issiqlik, suv bilan ta`minlash, oqova suvlarni chiqarib tashlash va tozalash qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish (ko’mish) sohalarida tovarlar ishlab chiqarish(xizmatlar ko’rsatish)ni ta`minlash bo’yicha tashkilotning faoliyat dasturi bo’lib, u tashkilot tomonidan foydalaniladigan kommunal infratuzilma tizimini va (yoki) qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish (ko’mish) obyektlarini rekonstruktsiya qilish tadbirlarini (bundan keyingi o’rinlarda – ishlab chiqarish dasturi) o’z ichiga oladi; 5) Hududlarning kommunal infratuzilma tizimlarini kompleks rivojlantirish dasturi – bu kommunal infratuzilma tizimlarini hamda qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish(ko’mish)da foydalaniladigan obyektlarni qurish va (yoki) modernizatsiya qilish dasturidir (bundan keyingi o’rinlarda – kommunal infratuzilma tizimlarini kompleks rivojlantirish dasturi). Ushbu dastur uy-joy va sanoat qurilishi ehtiyojlariga muvofiq ushbu tizim va obyektlar rivojlanishini, iste`molchilar uchun ishlab chiqarilayotgan tovarlar (ko’rsatilayotgan xizmatlar) sifati oshishini, munitsipal hududlarda ekologik holat yaxshilanishini ta`minlaydi; 6) Kommunal infratuzilma tizimini rivojlantirish bo’yicha kommunal kompleksni tashkil etishning investitsiya dasturi – bu kommunal infratuzilma tizimlarini kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish maqsadida, kommunal infratuzilma tizimlarini hamda maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish(ko’mish)da foydalaniladigan obyektlarni qurish va (yoki) modernizatsiya qilishning kommunal kompleksini (moliyalash dasturini) tashkil etish uchun mahalliy o’zini o’zi boshqarish idoralari tomonidan belgilanadigan dasturdir (bundan keyingi o’rinlarda – investitsiya dasturi). 7) Kommunal kompleks tashkilotlari tovar va xizmatlarining tariflari – bu kommunal kompleks tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar (ko’rsatilayotgan xizmatlar) uchun to’lovlar amalga oshiriladigan va iste`molchilar uchun narx (tarif) tarkibiga kiradigan narx stavkalari bo’lib, bunda kommunal kompleks tashkilotlari tovar va xizmatlarining tariflariga ustamalar hisoblanmaydi; 8) Iste`molchilar uchun narxlar (tariflar) – bu suv bilan ta`minlash, oqova suvlarni chiqarib tashlash va tozalash, qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish (ko’mish) sohalarida tovarlar ishlab chiqarish(xizmatlar ko’rsatish)ni ta`minlovchi kommunal kompleks tashkilotlarining tovar va xizmatlari tariflarini o’z ichiga oluvchi narx stavkalari bo’lib, bunda iste`molchilar uchun narxlar(tariflar)ga ustamalar hisoblanmaydi; 9) Yangi tashkil etilgan (rekonstruktsiya qilingan) ko’chmas mulk obyektlarining (binolar, inshootlar va boshqa obyektlar) kommunal infratuzilma tizimiga ulanish tarifi – bu ushbu ko’chmas mulk obyektlarini muhandislik-texnik ta`minot tarmoqlariga ulanish uchun to’lovni tashkil etuvchi narx stavkasidir (bundan keyingi o’rinlarda – kommunal infratuzilma tizimiga ulanish tarifi); 10) Kommunal kompleks tashkilotining kommunal infratuzilma tizimiga ulanish tarifi – bu kommunal kompleks tashkiloti uchun belgilanuvchi va ushbu tashkilotining investitsiya dasturini moliyalashtirish uchun qo’llanuvchi narx stavkasidir (bundan keyingi o’rinlarda – kommunal kompleks tashkilotining ulanish tarifi); 11) Muhandislik-texnik ta`minot tarmoqlariga ulanish uchun to’lov – bu bino, inshoot va boshqa obyektlarni quruvchi shaxslar tomonidan, shuningdek bino, inshoot va boshqa obyektlarni rekonstruktsiya qilishda ularning iste`mol yuklamasi ortganda to’lanadigan haqdir (bundan keyingi o’rinlarda – ulanish uchun to’lov); 12) Iste`molchilar uchun narx(tarif)ga ustama – bu kommunal kompleks tashkilotlari bilan iste`molchilarning hisob-kitoblarida hisobga olinadigan narx stavkasi bo’lib, u kommunal kompleks tashkilotlarining investitsiya dasturlarini moliyalashtirish uchun belgilanadi hamda uning umumiy miqdori kommunal infratuzilma tizimini rivojlantirish dasturlarini amalga oshiruvchi kommunal kompleks tashkilotlarining tovar va xizmatlari tarifiga ustama summasiga muvofiq bo’ladi (bundan keyingi o’rinlarda – iste`molchilar uchun ustama); 13) Kommunal kompleks tashkilotlarining tovar va xizmatlari tarifiga ustama – bu iste`molchilar uchun narx(tarif)ga ustamaga asosan kommunal kompleks tashkilotlari uchun belgilanuvchi, ushbu tashkilotining investitsiya dasturini moliyalashtirish uchun qo’llanuvchi va tashkilot tovar(xizmat)lari uchun bo’ladigan hisob-kitoblarda hisobga olinuvchi narx stavkasidir; 14) Tariflar va ustamalar – bu kommunal kompleks tashkilotlarining tovar va xizmatlari tariflari, kommunal infratuzilma tizimiga ulanish tariflari, kommunal kompleks tashkilotining ulanish tariflari, shuningdek amaldagi qonunchilikka muvofiq tartibga solinuvchi kommunal kompleks tashkilotlarining tovar va xizmatlari tarifiga ustamalar va iste`molchilar uchun narx(tarif)ga ustamalardir; Tartibga solinadigan faoliyat olib boruvchi tashkilotlar quyidagi faoliyat turlari bo’yicha alohida hisob-kitob yuritishi lozim: 1) elektr energiyasini ishlab chiqarish; 2) issiqlik energiyasini ishlab chiqarish; 3) yagona milliy elektr tarmog’i orqali elektr energiyasini uzatish; 4) taqsimlovchi tarmoqlar orqali elektr energiyasini uzatish; 5) issiqlik energiyasini uzatish; 6) yagona energetika tizimi ishini tashkil etish va rivojlantirish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish; 7) elektr energiyasi(quvvati)ning ulgurji bozor savdo tizimi ishini tashkil etish; 8) tizim ishonchliligini ta`minlash; 9) elektr tarmoqlariga texnologik ulanish; 10) elektr energetikasida operativ-dispetcherlik boshqaruvi; 11) elektr energetikasini sotish; 12) issiqlik energiyasini sotish. Tariflarni belgilashda tartibga soluvchi organlar hisob-kitoblardan tartibga solinadigan faoliyat bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar iqtisodiy asossiz xarajatlarga yo’l qo’ymasligiga qaratilgan choralarni ko’radilar. Agar tartibga solishning hisob-kitob davri natijalariga ko’ra, statistik va buxgalteriya hisobotlarining ma`lumotlari va boshqa materiallar asosida tartibga solinadigan faoliyat bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarning tartibga solinadigan faoliyatdan olinadigan daromadlar hisobidan asossiz xarajatlarga yo’l qo’yilganligi
aniqlansa, u holda tartibga soluvchi organlar tartibga solishning keyingi hisobkitob davri uchun tariflarni belgilashda hisobga olinadigan xarajatlar summasidan ushbu xarajatlarni chiqarib tashlash to’g’risida qaror qabul qilishi lozim. Kommunal xizmatlar uchun tariflar (sohaga oid amaldagi qonunchilik bilan tartibga solinmaydigan tariflar) quyidagilarni o’z ichiga oladi: - suv ta`minoti xizmatlari uchun tariflar; - suvni chiqarib tashlash xizmatlari uchun tariflar; - markazlashgan isitish xizmatlari uchun tariflar; - issiq suv ta`minoti xizmatlari uchun tariflar; - qattiq yoqilg’ini Yetkazib berish xizmatlari uchun tariflar; - tarmoq va suyultirilgan gaz ta`minoti, ballonlarda gaz Yetkazib berish xizmatlari uchun tariflar; - elektr ta`minoti xizmatlari uchun tariflar. 15) Kommunal kompleks tashkilotining ishlab chiqarish dasturi va investitsiya dasturi bajarilishini monitoring qilish – bu kommunal kompleks tashkilotining ishlab chiqarish dasturi va investitsiya dasturi bajarilishiga oid ma`lumotlarni, shuningdek kommunal infratuzilma tizimlari va qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish(ko’mish)da foydalaniladigan obyektlarning holati va rivojlanishiga oid ma`lumotlarni davriy to’plash va tahlil qilishdir; 16) Kommunal kompleks tashkilotlarining tovar va xizmatlaridan iste`molchilar uchun foydalanish imkonining mavjudligi – bu iste`molchilar uchun narxlar (tariflar) va iste`molchilar uchun narxlar(tariflar)ga ustamalarni hisobga olgan holda kommunal kompleks tashkilotlarining tovar va xizmatlarini iste`molchilar uchun xarid qilish imkonining mavjudligidir; 17) Elektr, issiqlik, suv bilan ta`minlash, oqova suvlarni chiqarib tashlash va qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish(ko’mish) sohalarida kommunal kompleks tashkilotlarining tovar va xizmatlari iste`molchilari – bu shaxsiy xo’jalik-maishiy va (yoki) ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun shartnoma asosida elektr va issiqlik energiyasini, suvni, oqova suvlarni chiqarib tashlash va qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish(ko’mish) xizmatlarini xarid qiluvchi shaxslardir. Uy-joy sektorida elektr, issiqlik, suv bilan ta`minlash, oqova suvlarni chiqarib tashlash va qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish(ko’mish) sohalarida kommunal kompleks tashkilotlarining tovar va xizmatlari iste`molchilari quyidagilardir: a) ko’p xonadonli uylarda – ko’p xonadonli uy xonalaridan foydalanuvchi shaxslarga kommunal xizmatlarni ko’rsatish uchun tovar va xizmatlarni xarid qiluvchi uy-joy mulkdorlari shirkatlari, uy-joy kooperativlari, uy-joy qurilish kooperativlari, boshqa ixtisoslashgan iste`mol kooperativlari, boshqaruv tashkilotlari yoki ko’p xonadonli uy bevosita mulkdor tomonidan boshqarilganda mulkdorning o’zi; b) turar joy binosida – ushbu bino egasi yoki u tomonidan vakil qilingan va kommunal xizmatlar ko’rsatuvchi shaxs. 18) Kommunal kompleks tashkilotining moliyaviy ehtiyojlari – bu kommunal infratuzilma tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan ishlab chiqarish dasturi va (yoki) investitsiya dasturi bajarilishi uchun talab etiladigan tovar va xizmatlar sotuvidan kelib tushadigan pul vositalarining hisoblab aniqlanadigan hajmidir. 19) Kommunal kompleks tashkilotining tovar va xizmatlari narxiga ta`sir qiluvchi ish sharoitidagi obyektiv o’zgarishlar – bu amaldagi qonunchilikdagi o’zgarishlar, real inflyatsiya darajasi tariflarni tasdiqlashda hisobkitoblarda hisoblangan inflyatsiya darajasidan yuqoriligi, yoqilg’i-energetika resurslari tariflaridagi o’zgarishlarning me`yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan miqdorlardan yuqoriligi hamda belgilangan tartibda hukumat tomonidan aniqlanadigan shart-sharoitlardagi boshqa o’zgarishlardir.



Yüklə 138,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə