Kirish i-bob “Kommunal infratuzilma obyektlari menejmentining” vazifalari


Kommunal infratuzilma obyektlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati



Yüklə 138,73 Kb.
səhifə4/9
tarix22.03.2024
ölçüsü138,73 Kb.
#180874
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Uy-joy kommunal xo’jaligida zamonaviy menejment

1.3. Kommunal infratuzilma obyektlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
Kundalik hayotimizni elektr energiyasi va tabiiy gazsiz tasavvur etish qiyin. Qishning sovuq kunlarida uyni isitish, ovqat tayyorlash, choy qaynatish va boshqa yumushlarni o’z vaqtida bajarishda tabiiy gazning ahamiyati beqiyos. Uyimizda bir kun gaz yoki elektr energiyasi bo’lmasa, qanchalik noqulayliklarga sabab bo’lishi hammaga ayon. Bugungi kunda butun dunyoda yoqilg’i-energetika muammolari ko’zga tashlanmoqda. Qazilma yoqilg’i zahiralarining kamayib borayotgani yuzaga kelgan taqchillik va narxlar sakrashining asosiy sababidir. Negaki, ular qayta tiklanmaydigan energiya resurslari hisoblanadi. Qayta tiklanmaydigan energiya manbai esa garchi zahirasi har qancha ko’p bo’lmasin, ishlatilavergach, bir kun kelib tugashi ayon. Shu boisdan ham mazkur muammo yonilg’i-energetika sohasida faoliyat ko’rsatayotgan juda ko’plab olimlar va mutasaddilarni bosh qotirishga majbur qilmoqda.
Oxirgi yillarda kommunal xizmat ko’rsatish sohasi jiddiy islohotlarga muhtoj bo’lib qolgan edi. Maqsad-vazifasi bir bo’lgan kommunal xizmat ko’rsatish korxonalari faoliyatida hamkorlik, birdamlik yo’q edi. Natijada ta`minotda ko’plab muammolar yuzaga kelib, iste`molchi va ta`minotchi munosabatlarida bir-birini tushunmaslik, huquq va majburiyatlarni bajarmaslik holatlari ko’paygan edi. Prezidentimiz SH.Mirziyoyev ta`kidlaganlaridek, “Bugungi kunda mamlakatimizning urbanizatsiya darajasi 35,5 foizni tashkil etadi va hozirdan boshlab zarur choralar ko’rilmasa, ushbu ko’rsatkich yaqin kelajakda pasayishi mumkin” 5 . Urbanizatsiya (lotincha urbanus — shaharlik) jamiyat rivojida shaharlar, shahar madaniyati va shaharlarga xos boshqa munosabtlarning rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Urbanizatsiya qishloq aholi punktlarining shaharlarga aylanishi, shahar atrofi zonalarining kengayishi va qishloq aholisining shaharlarga ko’chib borishi hisobiga yuz beradi. Agar urbanizatsiya jarayonlari Yetarlicha tartibga solinmasa shaharlar aholisining soni va u Yerda mavjud infratuzilma, uy-joy, ish o’rinlari soni o’rtasida katta tafovut paydo bo’ladi. Bu esa, shaharning umumiy qiyofasini ayanchli ahvolga olib kelishi bilan bir qatorda juda ko’plab ijtimoiy va iqtisodiy muammolar, masalan, ishsizlik, narx-navoning ortishi, uy-joy tanqisligi, ta`lim va sog’liqni saqlash muassasalarining Yetishmasligi kabilarni keltirib chiqaradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi «Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-5623-son farmoni aynan ana shu muammolarning paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, urbanizatsiya darajasini har tomonlama puxta o’ylab, aql bilan tartibga solish uchun qabul qilindi. Mazkur farmonga asosan yangi tashkil etilgan Urbanizatsiya agentligining asosiy vazifasi ham aynan shu jarayonlarni tartibga solishdan shundan iborat bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 sentyabr kuni aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash bo’yicha ustuvor vazifalarga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazdi. Prezident matbuot xizmati xabariga ko’ra6 , yig’ilishda tariflarni erkin bozor talablari asosida belgilash va sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish kerakligi ta`kidlangan. Qolaversa, toza ichimlik suvi ishlab chiqarish va tarqatish inshootlari hamda iste`molchilarni 2022 yil oxiriga qadar 100 foiz hisoblagichlar bilan ta`minlash lozimligi qayd etildi. Hozirda respublika bo’yicha 27 ming kilometr yoki 38 foiz suv tarmoqlari avariya holatida bo’lsa, 2 mingta yoki 20 foiz suv nasoslari ishdan chiqqan. Shaharlarning faqat 79 tasida (57 foiz) kanalizatsiya tizimi mavjud, uning ham 23 foizi ta`mirga muhtoj.

Yüklə 138,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə