Jismoniy tarbiya va sport umumiy xalq madaniyatining ajralmas bir qismi, mamlakatning har bir fuqarosi jismoniy hamda ma’naviy takomillashuvini ta’minlovchi zamin hisoblanadi



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə1/142
tarix29.11.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#141101
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Salomov 1-jild. lotin


2015. SALOMOV.
SO‘Z BOSHI
Jismoniy tarbiya va sport – umumiy xalq madaniyatining ajralmas bir qismi, mamlakatning har bir fuqarosi jismoniy hamda ma’naviy takomillashuvini ta’minlovchi zamin hisoblanadi.
Yosh avlodni milliy g‘oya asosida ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash, shubhasiz, jismoniy va ruhiy salomatlikni saqlash hamda mustahkamlashni, sog‘lom turmush tarsi poydevorini sakllantirishni ham nazarda tutadi. Yoshlarni faol hayotiy nuqtai nazarni, yuksak ma’naviyat, ezgulik va insoniylik hislarini tarbiyalash jarayonida jismoniy hamda sportning vosita va usullari, shakllaridan foydalanish ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanishi zarur.
Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish istiqbollari O‘zbekiston Respublikasini ilg‘or mamlakatlar darajasiga ko‘tarish, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o‘tish konsepsiyasi bilan bevosita bog‘liq. Jismoniy tarbiya oliy o‘quv yurtlari faoliyatida bu- soha uchun mutahassislar tayyorlash sifatini oshirish, yuqori toifali sportchilarni tarbiyalashning yangi samarali usullaridan foydalanish, jismoniy tarbiya va sport jabhasidagi ilmiy tadqiqotlar nufuzini yanada oshirish, aholining keng qatlamlarini sog‘lomlashtirish usuliyatlarini ishlab chiqish, bolalar sportini rivojlantirish demakdir.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda sport bilan ommaviy ravishda shug‘ullanishni ta’minlovchi amaliy chora-tadbirlar, aholining, ayniqsa, bolalar va o‘quychi-yoshlarning bo‘sh vaqtini tashkil etishning faol shakllari bosqichma-bosqish amalga oshirildi. O‘zbekiston davlat siyosatida jismoniy tarbiya va sportni yanada o‘stirish, sog‘lom ablodni tarbiyalash ustuvor yo‘nalishga aylangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning rahbarligi ostida sportni rivojlantirish bo‘yicha juda katta ishlar amalga oshirildi. Zamonaviy sport inshootlari qurildi, yangi sport turlari rivojlantirilyapti, har xil darajadagi musobaqa va turnirlar aholining turli qatlamlarini qamrab olmoqda, sportchilarimiz halqaro arenalarda yuksak natijalarga erishmoqdalar. Sohani taraqqiy ettirishning huquqiy asosi yuzaga keltirildi, u «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi» Qonunni, futbol, tennis, boks, badiiy gimnastika, kurash va boshqa sport turlarini rivojlantirish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Hukumat Qarorlarini o‘z ichiga oladi. SHuni ta’kidlash joizki, soha taraqqiyotining o‘ziga xos jihati jismoniy tarbiya va sport muammolarini hal etishga dasturiy yondashilayotgani hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktyabrdagi «O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil qilish to‘g‘risida»gi Farmoni- rahbariyatimizning o‘sib kelayotgan avlod, uning jismoniy kamoloti to‘g‘risidagi g‘amxo‘rligiga yana bir dalildir. Bizning fikrimizcha, Farmon eng ommaviy, bolalar sevgan sport turlarini rivojlantirish uchun keng ivkoniyatlar yaratadi, shuningdek, barcha yoshdagi o‘quvchilar orasida sportni hayotiy ehtiyojga aylantirish, halq hamda sport ta’limi tizimiga dastlabki mashg‘ulotlardanoq eng iste’dodli yoshlarni saralab olish uchun sharoit yaratuvchi mezonlarni joriy qilishga yordam berdi.
Bolalar-o‘smirlar sporttini rivojlantirishning mazmuniy asosi majburiy jismoniy tarbiya tizimida salomatlik darajasi va bazaviy jismoniy tayyorgarligining yuqori ko‘rsatkichlarga erishilgani, maktab o‘quvchilari jismoniy imkoniyatlarining yoshga qarab rivojlanishi xususiyatlariga muvofiq ravishda sport tayyorgarligi texnologiyasidan foydalanish, sport qobiliyatini aniqlash hamda rivojlantirishning yana ham mukammalroq usullarini qo‘llash, sport turini individual tanlashda ilmiy asoslangan yo‘llarga tayanish hisoblanadi.
Prezident I.A.Karimov shunday ta’kidlagan edi: «O‘z salomatligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish madaniyatini juda erta yoshdan, oila, mahalla, sog‘liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sportning bor kuchini ishga solib joriy etishga ko‘maklashish lozim. SHunisi muhimki, kishilar so‘zda emas, amalda o‘z salomatliklarini asrashga o‘rgansinlar va uni milliy qadriyat deb bilsinlar».
Bugungi kunda jahonda aholining yirik miqyosli sport-sog‘lomlashtirish harakatini yuzaga keltirish ehtiyoji shakllanishiga aslo shubha yo‘q. O‘zbekistonda mazkur vazifani amalga oshirish bo‘yicha maqsadli ishlar ro‘yobga chiqarilmoqda, «Ta’lim to‘g‘risida”gi» Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro jamg‘armasining ta’sis etilishi, shuningdek, Respublika Prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish dasturi- jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb qilishga yo‘naltirilgan bolalar va o‘quvchi yoshlarning uch bosqichli «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» ommaviy musobaqalarininig o‘tkazilishi shundan dalolat beradi.
I.A.Karimovning fikricha; «… bizning istiqbolimiz, rivojlanishimiz ko‘p jihatdan olimlarimizning bugun o‘tkazayotgan tadqiqotlariga, ularning zahmatkashligi va fidoyiligi, yuksak ijodiy qobiliyatlari, oqilona tavsiyalariga bog‘liq».
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati bo‘yicha taniqli mutaxassis professor R.S.Salomov rahbarligida bir guruh professor-o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilayotgan ushbu darslikda «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati» fani bo‘yicha namunaviy dasturga kiritilgan asosiy masalalar ko‘rib chiqilgan.
Mazkur ish asosini mualliflarning ko‘p yillik tadqiqotlari natijalari tashkil qiladi. Ko‘plab ilmiy tavsiyalar alohida va jamoaviy sport turlari bilan shug‘ullanuvchilarga o‘z natijalarini yaxshilash imkonini beradi.
Darslikning yana bir qimmatli jihati shundaki, undagi materiallar juda soda til bilan, ixcham tarzda bayon etilgan, bu ularning o‘zlashtirilishini, olingan bilimlarning amaliyotda qo‘llanilishini osonlashtiradi.
Kitob talabalar, magistrlar, murabbiylar, sportchilar, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislarida qiziqish uyg‘otishi shubhasizdir.

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə