Jismoniy tarbiya va sport umumiy xalq madaniyatining ajralmas bir qismi, mamlakatning har bir fuqarosi jismoniy hamda ma’naviy takomillashuvini ta’minlovchi zamin hisoblanadi


Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining asosiy tushunchalari



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə4/142
tarix29.11.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#141101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Salomov 1-jild. lotin

1.2.1. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining asosiy tushunchalari

U yoki bu sohada ishlovchi odamlar o‘rtasida bir-birini tushunish va aloqa qilish uchun muvofiq tushunarli apparat zarur.


Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati ham muayyan tushunarli apparatdan foydalanadi, uni tushunish va o‘zlashtirish shu soha mutaxassislarining barchasi uchun majburiydir.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatida atama va tushunchalardan keng ravishda foydalaniladi. Biz faqat eng muhim atamalarni ko‘rib chiqamiz, ularni tushunmasdan turib jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanini o‘rganish mumkin emas. Jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiya tamoyillari to‘g‘risidagi tushunchalar muvofiq boblarda ko‘rib chiqiladi.


1.2.2. Jismoniy rivojlanish
Jismoniy rivojlanish- inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy sharoitda shakillanishi- tashqi ko‘rinishi va harakat faoliyatining o‘zgarishi jarayonidir.
Rivojlanishning o‘sib borishida uchta fazani ajratish mumkin: rivojlanish darajasining ko‘tarilishi, nisbatan barqarorligi va inson jismoniy imkoniyatlarining asta-sekin pasayishi. eng jo‘shqin rivojlanish maktabgacha va kichik maktab yoshiga to‘g‘ri keladi hamda maktabda ta’lim olishning barcha davrlari mobaynida davom etadi.
Jismoniy rivojlanish ob’ektiv biologik qonunlarga bo‘ysunadi. Bu qonunlardan eng muhimi muhit va organizm rivojlanishining birligi qonunidir. O‘qituvchi bolalarning dam olishini tashkillashtirishi, mustaqil ishlar va mehnatni, o‘qish sharoitini hisobga olishi kerak. Bularning hammasi bolalarning jismoniy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan omillardir.
Jismoniy rivojlanish uchun shart-sharoit yaratish iste’dodli bolalarni tanlab olishga imkoniyat yaratadi. CHunki iste’dod nasldan-naslga o‘tadi. SHuning uchun yuqori sport natijalariga har qanday o‘quvchi ham erisha olmaydi. Har bir shug‘ullanuvchi maqsadga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarga muntazam, vijdonan ishtirok etish sharoitida o‘zining jismonan yaxshi rivojlanishini ta’minlashi mumkin, biroq organizm himoyasi va mehnatda munosib muvaffaqiyatlarga erishish uchun sharoitlar yaratish zarur. Bunday rivojlanishga erishish uchun “Jismoniy tarbiya” nomini olgan maxsus yo‘naltirilgan va tashkillashtirilgan faoliyatdan foydalaniladi.

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə