Nizomiy nomidagi



Yüklə 115,74 Kb.
səhifə1/13
tarix24.02.2023
ölçüsü115,74 Kb.
#101423
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


Himoyaga tavsiya etaman
Fakultet dekani
G.N.Ibragimova___________
“____”__________2023yil
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
202 PP- GURUH TALABASI
Omurullayeva Dilnura ning
O`smirlik davrida ijodiy qobiliyatlar shakllanishining psixologik xususiyatlari
mavzusidagi
KURS ISHI
Himoyaga tavsiya etildi.
kafedra mudiri “BAFAYEV. M.M
__________
____” _____________2023yil
Ilmiy raxbar: N.B.Atabayeva
Toshkent- 2023
MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………..…………….…3
I.BOB.O’SMIRLIK YOSH DAVRIDA O’QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATLARI RIVOJLANISHI MUAMMOSINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK MANBALARDA O’RGANILISHI

    1. .Ijodiy qobiliyatlar muammosining olimlar tomonidan psixologik nazariyalar orqali yoritilishi…………………………………...…….….…8

    2. .O’smirlik yosh davridagi o’quvchilarda ijodiy qobiliyatlar psixologiyasi……………………………………………………….……..15

    3. .Bob bo’yicha xulosalar………………………………………….……….25

II BOB. O’SMIRLIK YOSH DAVRIDA IJODIY QOBILIYATLAR
SHAKILLANIHSHINI EMPERIK O’RGANISH
2.1. O’smirlik yosh davrida ijodiy qobiliyatlar shakllanishining metodik va metodolik asosi…………………………………………….……….………..26
2.2.O'smirlik davrida ijodiy qobiliyatlar shakllanishi bo'yicha olingan metodika natijalari va tahlili……………...………….………………………31
UMUMIY XULOSA………………………………………………………..33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………….36


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O`zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida xalqimiz hayoti davlatimizning siyosiy faoliyatida tub o`zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bizning vatanimiz 3- renesansga qadam qo`yar ekan bu davrda katta e`tibor,albatta yoshlarga qaratilyapti. Mana shu yoshlarning iqtidori, bilimi va qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan keng imkoniyatlar yaratilmoqda. O`zbekiston ma`lum darajada rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirishi uchun ham vatanimizning har bir fuqarosi o`zi faoliyat ko`rsatayotgan sohani mukammal bilishi,uni yanada rivojlanishtirishi, yangiliklar yaratishi orqali taraqqiyotning yangi poydevorini quramiz. Prezidentuimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev yoshlarga qarada o`z nutqida shunday degan: “Aziz farzandlarim! Xalqimiz, vatanimiz sizlardan buyuk ishlar kutayotganini hech qachon yodingizdan chiqarmang! Yurtning yuksak ishonchli va umidini to`la oqlash unga munosib bo`lish dunyodagi eng ulug` baxtdir. Shunday Sharaf barchangizga nasib etsin!” Yana Prezidentimiz shuni ta`kidlab o`tadilarki-“ Ulug` allomalarizmiz olamshumul kashfiyotlar va ixtirolarni sizni yoshingizda-ayni kuchka to`lgan navqiron cho`g`larida amalga oshirganlar. Siz ham buyuk ajdodlardan ibrat olib, hayotda mo`jilar yaratishga astoydil intilishingiz kerak”.
Izlanuvchan, qobiliyatli yigit- qizlarni rag`batlantirish maqsadida 2020-yildan boshlab yoshlar o`rtasida eng yaxshi ilmiy ishlanmalar, ijodiy namunalar uchun umumiy qiymati 30 milliard so`mdan ortiq bo`lgan “Yosh olimlar” innovatsion loyihalar tanlovi e`lon qilindi. “Sayyoramizning ertangi kuni farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo`lib kamolga yetishi bilan bog`liq. Bizning asosiy vazifamiz-yoshlarning o`z salohiyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat”- deydi Shavkat Mironovich Mirziyoyev.
“Men har gal yoshlarimiz bilan uchrashganimda sizlarning g‘ayrat-shijoatingizdan kuch-quvvat olaman, ko‘nglim tog‘day ko‘tariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilaman. Sizlarni O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman.Biz yurtimizda qanday islohotlarga qo‘l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g‘ayratingiz, azm-u shijoatingizga suyanamiz. Barchangiz yaxshi bilasiz, bugun o‘z oldimizga ulkan marralar qo‘yganmiz. Ona Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga kirishdik. Biz oila, maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’limni hamda ilmiy-madaniy dargohlarni bo‘lg‘usi Renessansning eng muhim bo‘g‘inlari deb hisoblaymiz. Shu sababli ayni ushbu sohalarda tub islohotlarni amalga oshirmoqdamiz. Ishonamanki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi poydevorini yaratishda sizlar singari fidoyi va vatanparvar yoshlarimiz faol ishtirok etib, munosib hissa qo‘shadilar”, – dedi Shavkat Mirziyoyev nutqining avvalida.“Bugun o‘z tengdoshlariga ibrat bo‘layotgan, jamiyatdagi yangilanishlar jarayonida faol ishtirok etayotgan yoshlarimiz juda ko‘p. Lekin, hayotda o‘z o‘rnini topishga qiynalayotgan, adashgan, ko‘makka muhtojlari ham yo‘q emas. Shuning uchun yoshlar, ayniqsa, ularning uyushmagan qatlami bilan mas’ullar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatishga xizmat qiladigan “Yoshlar murojaati” elektron platformasini yaratish vazifasi topshiriladi”, – deydi davlat rahbari. Ma’lumki, bugun dunyoda keskin kurash va raqobat hukm surmoqda, manfaatlar to‘qnashuvi kuchaymoqda. Globallashuv jarayonlari insoniyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora ortmoqda. Faqat o‘zini o‘ylash, mehnatga, oilaga yengil qarash, iste’molchilik kayfiyati turli yo‘llar bilan odamlar, ayniqsa, yoshlar ongiga ustamonlik bilan singdirilyapti.
Terrorizm, ekstremizm, transmilliy va kiber-jinoyatchilik, odam savdosi, narkotrafik kabi tahdidlar xavfi oshib bormoqda. Ba’zi hududlarda atayin beqarorlik yuzaga keltirilib, norozilik kayfiyati avj oldirilmoqda.
Bunday tahlikali vaziyatda hushyor va ogoh bo‘lib, xalqimizning tinchligi, mamlakatimiz manfaatlarini o‘ylab yashash zarur.
Davlatimiz rahbari loqaydlik va beparvolik eng katta xavf ekanini, bugun uchrayotgan ijtimoiy muammolarni kamaytirish uchun nuroniylar tarbiyasi, jamoatchilik nazorati yetishmayotganini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan qonun hujjati – 2016-yil 14-sentabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun ekanida ham ramziy mazmun-mohiyat mujassam. Binobarin, aholisining yarmidan ko‘prog‘i yoshlardan iborat bo‘lgan mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, o‘z qat’iy pozitsiyasiga ega, yurtda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmagan, yurtning ertangi munosib kelajagi uchun daxldorlikka tayyor, maqsadga intiluvchan, serg‘ayrat, vatanparvar, sadoqatli, komil shaxslar sifatida tarbiyalash O‘zbekistonni dunyoning eng rivojlangan davlatlari safidan o‘rin olishining muhim omili ekanini mamlakat rahbari va hukumat yaxshi anglaydi.

Yüklə 115,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə