Jismoniy tarbiya va sport umumiy xalq madaniyatining ajralmas bir qismi, mamlakatning har bir fuqarosi jismoniy hamda ma’naviy takomillashuvini ta’minlovchi zamin hisoblanadi


Jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirishga



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə14/142
tarix29.11.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#141101
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   142
Salomov 1-jild. lotin

2.3.3. Jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirishga
qaratilganligi tamoyili
YUqorida aytib o‘tilganlardan ko‘rinib turibdiki, inson sihat-salomatligini mustahkamlash g‘oyasi jismoniy madaniyatning butun tizimiga singib ketgandir. Inson sihat-salomatligi uchun qayg‘urish hamisha hukumatimizning diqqat markazida bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish yo‘nalishining tamoyillaridan quyidagi qoidalar kelib chiqadi:
Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarning salomatligini mustahkamlash uchun davlat oldidagi javobgarlik. Jismoniy tarbiya tashkilotlari, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, murabbiylar (shifokorlardan farqli o‘laroq), odatda, sog‘lom kishilar bilan ish ko‘radilar. Ular gimnastika, sport o‘yinlari va turizm bilan shug‘ullanuvchilarning sihat-salomatligini saqlash uchungina emas, balki ularning sog‘ligini mustahkamlash uchun ham davlat oldida javobgardirlar.
SHifokor va pedagog nazoratining majburiyligi hamda birligi. Jismoniy mashqlar shunday vositaki, ular to‘g‘ri qo‘llanilgan sharoitlardagina sog‘lomlashtiruvchi samara beradi. Jismoniy mashqlarni noto‘g‘ri, no‘noqlik bilan qo‘llash salomatlikka putur etkazishi mumkin. SHuning uchun jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi, biologik xususiyatlari va salomatligini hisobga olish zarur.
Muntazam ravishda olib boriladigan shifokor va pedagog nazorati ularning ana shu xususiyatlarini qat’iy hisobga olishni ko‘zda tutadi. SHuni unutmaslik kerakki, hatto yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘qituvchi ham, mashg‘ulotlarda qatnashuvchining o‘zi ham jismoniy mashqlarning ta’siri ostida kishi organizmida yuz beradigan o‘zgarishlarni to‘la-to‘kis va o‘z vaqtida sezmasligi mumkin. Unga shifokor yordam beradi.
Jismoniy tarbiya sohasida ish olib boradigan barcha tashkilotlar uchun mashg‘ulotda qatnashuvchilarni shifokor nazoratidan o‘tkazish majburiydir. Jismoniy tarbiya tizimida shifokor nazorati kishi organizmida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni qayd etish bilangina chegaralanib qolmasligi kerak. Maxsus pedagogik kuzatishlar bilan bir qatorda shifokor nazorati shunday ob’ektiv mezonki, biz unga qarab jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish paytida ana shu mashqlarning ijobiy yoki salbiy ta’siri to‘g‘risida hukm chiqara olamiz, jismoniy tarbiya metodlarini o‘zgartira va takomillashtira olamiz.
To‘g‘ri, o‘qituvchilarning qo‘lida o‘z ishida yo‘nalishni to‘g‘ri belgilab olish imkonini beradigan pedagogik xarakterlarning anchagina ob’ektiv mezonlari bor. Lekin shunga qaramasdan, sportchining salomatligiga ob’ektiv baho berishda o‘qituvchining imkoniyatlari chegaralangandir. Ayrim hollarda sport muvaffaqiyatlarining o‘sishi, garchi muvaqqat bo‘lsa ham, sportchilarning o‘zlari o‘z vaqtida sezmaydigan organizmdagi patologik jarayonlar bilan moslashib ketadi.
Bunday hollarda fojia, odatda, haddan tashqari kech, kasallik zo‘rayib, tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarni keltirib chiqarganida yoki sportchi shifokor bilan tasodifan uchrashib qolib, sport qiziqishlarining o‘z sihat-salomatligiga halokatli ta’siriga ishonganidagina bilinib qoladi. Bunday holda u sportdan chetlashishga yoki jismoniy tarbiya mashqlari bilan faqat davolanish vositasi sifatidagina shug‘ullanish bilan kifoyalanishga majbur bo‘ladi. SHifokor bilan pedagog jismoniy mashg‘ulotlarning ta’siri ostida kishi organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlarni har taraflama hisobga olish asosida bajariladigan mashqlarning ayrim natijalarini iloji boricha oldindan ko‘rishlari kerak.
SHifokor nazoratining ma’lumotlari jismoniy tarbiya amaliyotida o‘z ifodasini topib, jismoniy tarbiyani to‘xtovsiz takomillashtirishga yordam berishi lozim. SHifokor o‘z ishini xonasidagina emas, balki asosan gimnastika zalida, stadionda, chang‘i stansiyasida, suzish basseynlarida amalga oshirishi kerak. U o‘zining kuzatishlarini jismoniy mashg‘ulotlar jarayoni bilan bevosita bog‘lab o‘tkazishi lozim.
Jismoniy tarbiya tizimining sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan tamoyili shifokor, pedagog bilan mashq qiluvchining hamisha yaqindan ijodiy hamkorligini talab etadi.



Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə