Jismoniy tarbiya va sport umumiy xalq madaniyatining ajralmas bir qismi, mamlakatning har bir fuqarosi jismoniy hamda ma’naviy takomillashuvini ta’minlovchi zamin hisoblanadi



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə9/142
tarix29.11.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#141101
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   142
Salomov 1-jild. lotin

Jismoniy tarbiya tizimi O‘zbekiston Respublikasida tinch qurilish ishi bilan band bo‘lgan kishilarning jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarini uyg‘un ravishda rivojlantirishdek olijanob maqsadga xizmat qiladi.
Jismoniy madaniyat bilan muloqotda bo‘lish, undan foydalanish, uning vositalarini o‘zlashtirish, jamiyatga uning qimmatbaho boyliklarini berish va ko‘paytirish ko‘pqirrali ishdir. Bularni amalga oshirishda birinchi darajali rolni “jismoniy tarbiya tizimi” o‘ynaydi.
Bu tizim - katta yoki kichik butun tizimni birlashtirib, har bir jamiyat formatsiyasining jismoniy tarbiyani ijtimoiy amaliyotda tashkil qilish uslubini ko‘rsatadi.
Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy hodisa sifatidagi o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u asosan, jamiyatga insonning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi; ayni paytda uning ma’naviy kamolotiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur xususiyat jismoniy tarbiyaning mushtarak belgisidir.
Har bir ijtimoiy iqtisodiy formatsiyada jismoniy tarbiya tizimi gavdalantirilgan, jismoniy tarbiyani amalga oshirilishining aniq tarixiy namunasi rivoj topgan.
Bunday holatda jismoniy tarbiya tizimining g‘oyaviy negizi ko‘proq jamiyatda jismoniy tarbiya tizimining maqsadi, tamoyillari va boshqa yo‘naltirilgan g‘oyalarini birlashtirishida ko‘rinadi; nazariy uslubiy negizi o‘ziga jismoniy tarbiyaning ilmiy-amaliy qonuniyatlari bo‘yicha bilimlar, qoidalar, vosita va uslubiyatlarni birlashtiradi; dasturiy-me’yoriy negizini maqsadga muvofiq tanlangan, tizimga tushirilgan, shuningdek, me’yor va talablar bo‘yicha tuzilgan jismoniy tarbiya dasturi materiallari tashkil qiladi; tashkiliy shakllari respublika fuqarolarining jismoniy tarbiyasini amalga oshiradigan va nazorat qiladigan tashkilotlar hamda muassasalarning birligidir.
2-chizma
Jismoniy tarbiyaning umumiy tizimi



Yo‘naltirilgan g‘oyaviy tamoyillar, maqsad, vazifalar

Ilmiy-metodik konsepsiya

Dastur mazmuni va me’yoriy asoslari

Majburiy kurs

Mustaqil mashg‘ulotlar

Tashkil qilishning davlat shakli

Tashkil qilishning jamoatchilik shakli

Jismoniy madaniyat amaliyoti tizimining ishlashi uchun sharoit

Tibbiy-pedagogik tizim nazorati

Professional kadrlarni tayyorlash va maxsus ilmiy-tekshirish muassasalari

Axborot bilan ta’minlanganligi

Moddiy-texnik baza

2-chizma. Jismoniy tarbiyaning umumiy tizimi va uning ishlash sharoiti

Jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi jamiyatning moddiy va ma’naviy darajasi etarli darajada yuqori bo‘lishiga hamda ishlab chiqarish kuchlari va jamiyatning o‘zaro munosabatiga ham bog‘liq. Tizimning tashkiliy quvvati, birinchi navbatda, uning tashkil topishi, hayotda ishlashi va rivojlanishiga, unda davlatning qay darajada ishtirok etishi hamda jamiyat boshqaruvchi kuchlariga ham bog‘liq.


Ibtidoiy ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarning alohida xususiyatlarini jismoniy tarbiyaning mehnat jarayoni hamda tarbiyaning boshqa turlari bilan chambarchas aloqasi belgilab beradi. Sinfiy jamiyat vujudga kelguniga qadar jismoniy tarbiyani rivojlantirishga mehnatdan tashqari harbiy ish ham ta’sir o‘tkazdi.
O‘rta Osiyo ilm-fani va madaniyati tarixida qomusiy bilimlar sohibi Abu Ali ibn Sino eng muhim o‘rinda turadi. U “Mo‘tadil ravishda va o‘z vaqtida badantarbiya bilan shug‘ullanuvchi odam buzilgan holatlar tufayli kelib chiquvchi kasalliklarning davosiga muhtoj bo‘lmaydi” deb bashorat qiladi.
Ibn Sino badantarbiya mashqlarining turlari va ular bilan shug‘ullanish tartib qoidalarini ham aniq ko‘rsatadi. Badantarbiyaning xillari turli bo‘lishini quyidagicha ifodalaydi: kichigi va kattasi, juda kuchliligi, tez va susti, tez va shiddatli, nihoyat sust turlariga bo‘lgan.
Xorazmlik shoir va mutafakkir Pahlavon Mahmud (1246-1324) o‘z davrida kurash usullarini yoshlarga o‘rgatgan, u bilan muntazam shug‘ullanishda o‘z hayotini amaliy jihatdan namuna qilib ko‘rsatgan.
Amir Temur Kesh shahri yaqinidagi SHahrisabz tumani Xo‘jailg‘or qishlog‘ida Barlos qavmi begi bo‘lgan Amir Tarag‘ay xonadonida 1336 yil tavallud topgan. U yoshlik chog‘ida harbiy mashqlarga nihoyatda qiziqqan, feodal urushlarda bevosita qatnashgan va tajribalar orttirib, mohir sarkarda bo‘lgan. Jangchilarni tayyorlashda jismoniy mashqlardan keng ravishda foydalangan.
Bobur yoshligidan ilm fanga, she’riyatga qiziqqan. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur” (sher) taxallusini olgan. Hindistonda olib borgan janglarida, askarlarni jangga tayyorlashda jismoniy mashqlarning rolini ko‘rsatgan.
“Yulduzli tunlar” (1990), “Avlodlar dovoni” tarixiy romanlarining muallifi Pirimqul Qodirov faqatgina Bobur hayotini emas, balki o‘sha davr madaniyati, urf-odatlarini, jumladan, mashaqqatlarga chidamlilik, jismonan kuchli bo‘lishning afzalliklarini, buning ijtimoiy - tarbiyaviy tomonlarini katta e’tibor bilan tasvirlagan. Bular hozirgi avlodlar, ayniqsa, yoshlarda Vatan tuyg‘usi, unga sadoqat hissini, jangovorlik ruhini mustahkamlashda, sog‘lom avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Jismoniy tarbiya tarixi” (1963, tarjima) darsligida hozirgi O‘zbekiston, hatto, Markaziy Osiyo hududida yashagan ajdodlarimiz jismoniy madaniyati, tarbiyasi deyarli tilga olinmagan. Mualliflar R.I.Islomov, Y.R.SHailomitskiy qadimgi xalqlarimiz jismoniy madaniyatiga doir materiallarni to‘laqonli aks ettirmaganlar.
SHunday qilib, O‘zbekistonning mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya tizimi vujudga keldi. SHuningdek, jismoniy tarbiya ijtimoiy hayot hodisasi sifatida ijtimoiy taraqqiyot natijasidir.
Respublikada hamma madaniyat sohalarining tez o‘sishiga, qisqa tarixiy vaqt ichida jismoniy tarbiya tizimini yaratilishiga imkoniyat yaratildi.

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə