Jismoniy tarbiya va sport umumiy xalq madaniyatining ajralmas bir qismi, mamlakatning har bir fuqarosi jismoniy hamda ma’naviy takomillashuvini ta’minlovchi zamin hisoblanadi



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə6/142
tarix29.11.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#141101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Salomov 1-jild. lotin

1.2.5. Jismoniy madaniyat bazasi
Jismoniy madaniyat bazasi maxsus ma’lumot va jismoniy tayyorgarlikni ta’minlaydi.
Bazali jismoniy madaniyat turlarini shartli ravishda “Maktabgacha va maktab jismoniy tarbiyasi” deb atash mumkin. Bu bilan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining maktabgacha tarbiya muassasalarida, shuningdek, jismoniy tarbiyaning o‘quv fani sifatida maktab yoshidagi bolalar uchun umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida hamda boshqa o‘quv-tarbiya muassasalarida majburiy ekanligi belgilab qo‘yilgan. U umumiy jismoniy bilimlarning etkazilishiga, jismoniy sifatlarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga, mustahkam salomatlikni kafolatlashga qaratilgan, shu bilan birga, har birimizga zarur bo‘lgan jismoniy layoqatlilikni kafolatlaydi.
Maktabdagi jismoniy tarbiya shu jihatdan qaraganda bazali jismoniy tarbiyaning fundamental qismidir.
Bazali jismoniy tarbiya maktabgacha va maktabdagi jismoniy tarbiya shakllari bilan chegaralanmaydi. U jismoniy tayyorgarlik darajasini maktabdan ko‘ra yuqori ta’minlaydi, shuningdek, kelajakdagi jismoniy tayyorgarlikni o‘z ichiga oladi.


1.2.6 Sport – jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi

Sport jismoniy rivojlanishni va insonning u bilan bog‘langan boshqa sifatlari rivojlanish darajasini ta’minlaydi.


Ommaviy sport bazasi jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismidir. Yuqori muvaffaqqiyatlarga erishishda sport jismoniy madaniyatning maxsus sohasini ifodalaydi.
1.2.7. Amaliy jismoniy tarbiya
Amaliy jismoniy tarbiya kasbiy-amaliy va harbiy-amaliy turlarga bo‘linadi. Ularning xususiyatlari professional faoliyat sohasiga bevosita kiritilishi bilan belgilanadi.
Jismoniy tarbiyaning amaliy turlari bazali jismoniy tarbiya bilan eng mustahkam tarzda bog‘langan. Ularning uzviy aloqasi shunda ifodalanadiki, bunda kasbiy-amaliy va harbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik umumiy jismoniy tayyorgarlik negizida quriladi. Bundan tashqari, jismoniy tarbiyaning amaliy turlari mazmuniga bazali jismoniy tarbiya va sportning muvofiq unsurlari ham kiradi.

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə