Jismoniy tarbiya va sport umumiy xalq madaniyatining ajralmas bir qismi, mamlakatning har bir fuqarosi jismoniy hamda ma’naviy takomillashuvini ta’minlovchi zamin hisoblanadi


O‘z - o‘zini tekshirish uchun savollar



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə8/142
tarix29.11.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#141101
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   142
Salomov 1-jild. lotin

O‘z - o‘zini tekshirish uchun savollar

1. Jismoniy tarbiyaning asosini tavsiflab bering?


2. Amaliy jismoniy tarbiya deganda nimani tushunasiz?
3. Jismoniy tarbiya qaysi fanlar bilan bog‘liq?
II BOB. JISMONIY TARBIYA TIZIMI



    1. Jismoniy tarbiya tizimi rivojlanishining tarixan qonuniyligi

Afsonalar, rivoyatlar, og‘zaki naqllar, madaniy ashyolar va turmush predmetlari, rasmlar, qoyaga o‘yilgan tasvirlar, ilmiy ekspeditsiyalar paytida topilgan haykalchalar qadimgi odamning madaniyati, shu jumladan, jismoniy tarbiyasi haqida ham mulohaza yuritishga imkon beradi.


Jismoniy tarbiya masalasini tatbiq qilgan olimlar bu kuzatish va tekshirishlar natijasida mashq qilish qadimgi dunyo odamlariga ham xos bo‘lgan degan fikrni bildirmoqdalar.
Jismoniy mashqlar mehnat va harbiy faoliyat asosida vujudga kelgan. Jismoniy tarbiya esa jangchi va ovchining tayyorgarlik zaruriyati bilan uzviy bog‘langan.
Tarbiyani, shu jumladan, jismoniy tarbiyani mustaqil faoliyat sohasiga ajratish faqat ijtimoiy mehnat tufayligina mumkin bo‘lib qoldi.
Jismoniy tarbiya tizimining vujudga kelishi uchun jamiyatning ma’naviy-madaniyati va yuqori darajada moddiy ta’minoti zarur. Ibtidoiy jamoa tuzumida jismoniy tarbiya tizimining faqatgina kurtagi vujudga keldi. O‘sha davrda har bir insonning jismoniy tayyorgarligiga talab juda katta bo‘lgan edi, og‘ir turmush sharoiti esa jismoniy tayyorgarlikka ehtiyojni talab qilardi. Ammo o‘sha davrlarda tizimni yaratish uchun turmushning past moddiy darajasi imkon bermasdi.
Quldorlik tuzumi jismoniy tarbiyaning g‘alati tizimini tug‘dirdi va bugun insoniyat odamning uyg‘un jismoniy rivojlanishiga qaratilgan qadimgi allomalar tizimi bilan mag‘rurlanishga haqlidir. Biroq bu tizim mutlaqo o‘z sinfiga - quldorga xizmat qilgan edi. Ajoyib o‘yingohlar, gimnaziyalarda faqat ular uchun mumkin bo‘lgan barcha o‘yinlar o‘tkazilardi. Katta miqdordagi qullarni bo‘ysundirishlari, ushlab turishlari uchun quldorlar har tomonlama kuchli bo‘lishlari kerak edi.
Feodalizm tuzumi jismoniy tarbiyaning o‘z tizimini yaratdi. Jismoniy tarbiyaning eng aniq maqsad bilan ifodalangan harbiy hayotga tayyorlovchi ritsarlar va dvoryanlar tabaqasi vujudga keldi. Tabaqalarga bo‘linish ijtimoiy hayotning barcha sohalariga, shu jumladan, jismoniy tarbiyaga ham tarqaldi.
Kapitalistik jamiyatda sinflarning o‘zaro munosabatlari murakkablashdi. Jismoniy tarbiya sohasidagi ziddiyat shundan iborat bo‘ldiki, mehnatkashlar salomatligi va jismoniy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qilish hokimiyatni sira ham qiziqtirmadi. Ammo ularga epchil, kuchli, mohir soldatlar kerak edi. Sanoat korxonalariga ham unumli ishlaydigan layoqatli odamlar zarur edi. Kapitalistlar jismoniy tarbiya va, ayniqsa, sportdan o‘zlarining g‘oyalarini targ‘ib qilish uchun, ya’ni yoshlarni siyosiy kurashdan chalg‘itish maqsadida foydalanishdi.
Bu davrda jismoniy tarbiyaning o‘ziga xos xalq uslublari va amaliyoti mavjud edi. Garchi, qonuniy uyg‘un tizim tarkib topgan bo‘lmasa-da, burjua jamiyati tipida tenglik, ozodlik, birodarlik tamoyillariga asoslangan ijtimoiy qayta tuzish g‘oyasi pishib etildi. Buyuk gumanistlar, sotsial-utopistlar g‘oyasi jismoniy tarbiyaga ham tarqaldi. Xususan, rus revolyusion-demokratlari g‘oyasi P.F.Lesgaftning jismoniy ta’lim nazariyasida juda katta rol o‘ynadi. Biroq kapitalistik jamiyatda ilg‘or insonparvar g‘oyalar faqat nazariya darajasida bo‘lishi mumkin edi. CHunki har qanday tarbiya tizimini amalga oshirishda (shu jumladan, jismoniy tarbiyada ham) moddiy asos, mablag‘lar, harakat hukumatning qo‘llab-quvvatlashini talab qiladi.
CHor Rossiyasida jismoniy tarbiya tizimi qoloqligi, o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya bo‘yicha Davlat dasturining, mutaxassislarning yo‘qligi bilan farq qiladi. Jismoniy tarbiyani rivojlantirish maqsadida tasodifan chet el tizimining unsurlaridan foydalanildi va o‘z xalqining jismoniy tarbiyasiga ahamiyat berilmadi. Bu halq jahonga taniqli atletlar – Ivan Poddubniy, Ivan Zaykin, Nikolay Panin -Kolomenkin, Nikolay Strunnikov va boshqalarni “sovg‘a” qildi.
Jismoniy tarbiya tizimining vujudga kelishi turli xarakterdagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq.
1. Insoniyat jamiyati tarixida birinchi marta jismoniy tarbiya tizimi oldiga ko‘lami bo‘yicha shunday ulkan maqsad – ilg‘or mutafakkirlarning jamiyatdagi barcha a’zolarni uyg‘un rivojlantirish orzularini hayotga har tomonlama tatbiq etish vazifasi qo‘yildi.
2. So‘nggi asr o‘rtalarida rivojlanish yo‘lini tanlashda jismoniy tarbiya ishlarini yoshlarga taqdim etilishi, burjua turidagi klublar tashkil qilinishi bilan bog‘liq bo‘ldi.
3. Mamlakatda og‘ir iqtisodiy holat va moddiy bazaning yo‘qligi qiyinchilik bilan bog‘langan. Jahon amaliyotida bo‘lmagan yangi jismoniy tarbiya tizimini yaratish talab qilinardi.
Jismoniy tarbiyaning yangi tizimini nazariy asoslash ishida yirik mutaxassis P.F.Lesgaftning jismoniy ma’lumot to‘g‘risidagi ilg‘or ta’limoti muhim rol o‘ynaydi.

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə