O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti



Yüklə 149 Kb.
səhifə1/12
tarix28.11.2023
ölçüsü149 Kb.
#138071
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1 kkkk




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI


ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

Ro’yhatga olindi.

Tasdiqlayman”




Andijon davlat universiteti rektori:

№ _________________

________b.f.d. prof. A.S.Yuldashev

2022__ “__” __________

“____” __________2022 - yil

JISMONIY TARBIYA, SPORT NAZARIYASI VA USLUBIYATI

FAN DASTURI





Bilim sohasi:

100000 – Gumanitar

Ta`lim sohasi:

110000 – Pedagogika

Ta`lim yo‘nalishi:

61010300– Sport faoliyati (futbol,boks,kurash)


Andijon-2022



Fan/modul kodi JTSNU1008

O‘quv yili
2022-2023

Semestr
3-4-5

ECTS - Kreditlar 12
(4-4-4)

Fan/modul turi majburiy

Ta’lim tili O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
4-4-4

1

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari
(soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati

180

180

360

2

I.Fanning mazmuni
Ushbu fan sport ta’limining tarkibiy qismlari, uning vosita va uslublari, tamoyillari, sport mashg’ulotining tizimidagi o‘rni kabi masalalarni qamrab oladi. Jamiyatda sportning mazmun-mohiyati hamda o‘rni, mamlakatni demokratlashtirish va jahon hamjamiyatidagi nufuzini oshirishda sportning nazariy asoslarining o‘rni qanchalik muhim ekanligini tushunishda talabalarni ular uchun zarur bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
“Jismoniy tarbiya Sport nazariyasi va usbuliyati” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 2-3-bosqichda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. Mazkur fan Andijon davlat universiteti o‘quv rejasida mutaxasislik fani hisoblanаdi hamda universitetda o‘qitiladigan mutaxassislik fanining nazariy va uslubiy asosini tashkil etadi.
Fanning maqsadi sportning nazariy asoslarining chuqur nazariy anglanishini ta’minlash, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha pedagogning kasbiy faoliyatidagi asosiy nazariy-usuliy qoidalarini amalga oshirish malakasini shakllantirishdan iborat.


Fanning vazifasi sport faoliyatining nazariy qoidalarini o‘rganish, sport nazariyasi va uslubiyatining tushunchalarini o‘rganish, sportning tashkiliy shakllarini o‘rganish; tayyorgarlik fanlari tizimida sport nazariyasi hamda uslubiyatining integratsiyalovchi roli to‘g‘risida tasavvur hosil qilish;sportda yuklamalarni inson organizmiga tasirini o’rganish,sport mashg’ulotlarini tuzilishini o’rganish, sportchilarni tayyorlashda nazorat turlarini qo’llash hamda sportda ishlatiladigan doping va unga qarshi kurashishga oid bilimlarni shakllantirish.
II.Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-modul Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati predmeti
1-mavzu. Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati fanining maqsadi hamda vazifalari.
Bo‘lajak kadrlarga jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati bo‘yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish. Kelajakdagi ish faoliyatlarida kasbiy-amaliy ahamiyat kasb etuvchi jismoniy madaniyat bo‘yicha kasbiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar hamda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalana olish haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish. Shuningdek bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilariga o‘quv muassasalari maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktab, akademik lisey hamda kasb-hunar kollej o‘quvchilarini jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarida umumrivojlantiruvchi mashqlardan, umumiy va maxsus mashqlardan foydalanish hamda sport musobaqalari, sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish hamda sinfdan tashqari to‘garaklarni tashkil qilish kabi bilimlarini shakllanishini haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish.

Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə