I bob daromadning vujudga kelishi 1 daromatlar tengsizligi vujudga kelishi



Yüklə 369,52 Kb.
səhifə6/12
tarix05.05.2023
ölçüsü369,52 Kb.
#108684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
daromatlar tengsizligi

Nazarimda, tengsizlik, xoh hududlar o‘rtasida bo‘lsin, xoh sohalar kesimida bo‘lsin, xoh daromad guruhlari o‘rtasida bo‘lsin, kelgusida ham shubhasiz saqlanib qoladi yoki oshib boradi. Biroq, qaror qabul qiluvchilar o‘z ixtiyorlaridagi mavjud ayrim vositalar yordamida vaziyatni (masalan, hududlar yoki sohalar o‘rtasidagi tengsizlikni) yumshatish imkoniyatiga ega. Qolaversa, tengsizlikning keskinlashishiga xizmat qilayotgan har qanday qarorlardan voz kechish nisbatan adolatli yechim bo‘lib, tengsizlikning yanada oshib ketishining oldini olishi mumkin. Aks holda bugungi kundagi harakatlar yoki harakatsizlik ortidan tobora chuqurlashib borayotgan tengsizlikning oqibatlari barcha uchun qimmatga tushishi mumkin.





Faol ijtimoiy siyosatga qaramay, O‘zbekistonda daromadlar tengsizligi sezilarli o‘smoqda. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev shu mavzudagi maqolasining birinchi qismida hududlararo daromadlar tengsizligining sabablarini tushuntiradi. Uning fikricha, bunday keskinlashuvga hukumat ham bevosita hissa qo‘shyapti.

Кириллчада2 dekabr 2022, 19:29 Kolumnistlar Iqtisodiyot Jamiyat

XXI asrning so‘nggi o‘n yilligiga kelib butun dunyoda daromadlar tengsizligi masalasi yana kun tartibiga qaytdi. Bu asosan rivojlangan mamlakatlarda tengsizlikning favqulodda yuqori darajaga yetganligi va o‘sishda davom etayotganligi bilan izohlanadi. Masalan, 1980 yillarda AQShda eng yuqori daromadga ega 1 foiz aholi jami daromadning qariyb 22 foiziga egalik qilgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib bu ko‘rsatkich 35 foiz atrofida shakllanmoqda.

Xo‘sh, daromadlar taqsimoti va tengsizligi borasida O‘zbekistonda qanday tendensiya kuzatilmoqda? Tengsizlikning hozirgi darajasi va o‘sish sur’ati aholining turmush farovonligiga qay darajada xavf solishi mumkin?

Mazkur savollarga javob topishdan oldin tengsizlikni o‘lchash usullari va ko‘rsatkichlariga qisqacha to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq.

Daromadlar tengsizligi darajasi bir nechta usullar vositasida o‘lchanadi va, mos ravishda, turli ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi. Ular orasida eng keng tarqalgan hamda eng ko‘p qo‘llanuvchi ko‘rsatkich (yoki koeyeffitsiyent) — jini (Gini) koeffitsiyenti hisoblanadi.


Yüklə 369,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə