I bob daromadning vujudga kelishi 1 daromatlar tengsizligi vujudga kelishi


Sohalar kesimida daromadlar tengsizligi



Yüklə 369,52 Kb.
səhifə3/12
tarix05.05.2023
ölçüsü369,52 Kb.
#108684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
daromatlar tengsizligi

Sohalar kesimida daromadlar tengsizligi

So‘nggi yillarda daromadlar tengsizligi sohalar kesimida ham yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, moliya va sug‘urta hamda axborot va aloqa sohalarida ish haqi boshqa sohalar bilan taqqoslaganda sezilarli darajada tez o‘smoqda. Masalan, rasmiy statistikaga ko‘ra, 2017 yilning dastlabki uch choragida moliya va sug‘urta sohasida o‘rtacha ish haqi darajasi respublikadagi o‘rtacha ish haqidan 1,8 barobar yuqoriroq bo‘lgan bo‘lsa, 2022 yilga kelib mazkur tafovut 2,6 barobargacha yetgan (axborot va aloqa sohasida ish haqi darajasi o‘sishi moliya va sug‘urta sohasi bilan taqqoslaganda nisbatan sekinroq bo‘lgan). Ya’ni moliya va sug‘urta sohasi vakillarining oylik maoshi respublikadagi boshqa soha vakillarining oylik maoshidan sezilarli darajada tez o‘smoqda.

Sohalar kesimida nominal ish haqi miqdorining o‘zgarishi, 2022 yil bilan taqqoslash maqsadida ko‘rsatkichlar har bir yilning yanvar-sentabr holatiga olingan. Manba: Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.

Boshqa tomondan, ikki muhim sohada — ta’lim hamda tibbiyot sohalarida ish haqi darajasi 5−6 yil oldin respublikadagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan pastroq shakllangan bo‘lsa, so‘nggi yillarga kelib yanada pasayish tendensiyasini namoyon qilmoqda (boshqacha talqin qilinsa, mazkur ikki sohada ish haqi darajasi respublika bo‘yicha o‘rtacha ish haqi darajasiga nisbatan sekin o‘smoqda).





Bundan xulosa qilish mumkinki, tibbiyot sohasi vakillari olti yil oldin boshqa soha vakillariga nisbatan qanchalik kambag‘alroq bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda ham xuddi shunchalik kambag‘alroq ekanligicha qolmoqda. Daromadlari jadal o‘sib borayotgan sohalarga taqqoslaganda esa, hatto, yanada kambag‘allashib bormoqda. Ta’lim sohasi vakillari nafaqat daromadlar borasida yetakchi soha vakillariga nisbatan, balki respublikadagi ixtiyoriy boshqa soha vakillariga nisbatan kambag‘allashib bormoqda.

Qayd etish joizki, hozirgi kunda boshqa sohalarga nisbatan sezilarli ortda qolayotgan va yildan-yilga kambag‘allashishda davom etayotgan har ikki sohada asosan budjet tashkilotlari faoliyat olib boradi. Ya’ni ularning mehnatiga haq to‘lash miqdori bevosita qaror qabul qiluvchilarga bog‘liq. So‘nggi yillarda ayrim ijobiy o‘zgarishlar, siljishlar kuzatilganini ham inkor etib bo‘lmaydi, xususan, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining oylik maoshida sezilarli darajada o‘sish kuzatildi. Biroq, oliy ta’limda band bo‘lgan professor-o‘qituvchilar ta’lim sohasida band bo‘lgan aholining 10 foizini ham tashkil etmaydi. Bundan tashqari, oliy ta’limda muayyan darajada o‘zgarishlar bo‘lganligiga qaramasdan, sohadagi o‘rtacha ish haqi moliya va sug‘urta sohasidagi o‘rtacha ish haqining bor-yo‘g‘i 60 foizini tashkil etadi, xolos.


Yüklə 369,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə