I bob daromadning vujudga kelishi 1 daromatlar tengsizligi vujudga kelishi



Yüklə 369,52 Kb.
səhifə5/12
tarix05.05.2023
ölçüsü369,52 Kb.
#108684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
daromatlar tengsizligi

O‘zbekiston aholisining eng kam daromad oluvchi 50 foiz qismining (aholining teng yarmi) daromadlari darajasi o‘zgarishiga e’tibor qaratilsa, ularning umumiy daromaddagi ulushi 2017 yilgi 31,1 foizdan hozirgi kunga kelib 30 foizgacha qisqarganligiga guvoh bo‘lish mumkin. Qolgan 50 foiz aholi guruhi — yuqori daromad egalari daromadlarining umumiy daromaddagi ulushi esa 2017 yilgi 68,9 foizdan 70 foizgacha yetgan. Ehtimol, eng yuqori daromadli 10 foiz aholi qatlami daromadlarining umumiy daromaddagi ulushi haqiqatda kamayib borayotgandir (shunchaki statistika buni sezmayotgan bo‘lishi ham mumkin). Biroq, bu tengsizlikning qisqarib borayotganligini anglatmaydi, sababi eng kam daromad oluvchi aholining umumiy daromaddagi ulushi ham qisqarib bormoqda.

Umumiy daromaddagi ulushi eng yuqori sur’atda o‘sgan daromad guruhi esa IX detsil hisoblanadi, ya’ni 80 foiz aholiga nisbatan boyroq, eng boy 10 foiz aholi guruhiga nisbatan kambag‘alroq aholi guruhi. Bu guruh daromadining umumiy daromaddagi ulushi so‘nggi olti yilda 1,3 foizga oshgan. Demak, daromadlar darajasining eng yuqori o‘sishi yuqori daromad guruhlarida kuzatilmoqda.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, O‘zbekiston tengsizlik darajasi yildan-yilga oshib bormoqda. Tahlillar mazkur tendensiya ayniqsa so‘nggi 5−6 yilda sezilarli darajada kuchayganligini ko‘rsatadi. Tengsizlik nafaqat daromad guruhlari orasida, balki hududlar hamda sohalar kesimida ham chuqurlashib borayotganligi kuzatilmoqda.

E’tiborlisi shundaki, tengsizlikning kuchayishiga qaror qabul qiluvchilar ham regressiv ta’sirga ega qarorlar, natija va manzillilik borasida har doim ham o‘zini oqlamayotgan dasturlar vositasida sezilarli ta’sir o‘tkazmoqda. Ularning sa’y-harakatlari yoki harakatsizligi tengsizlik darajasining o‘sishiga xizmat qilmoqda.

Ehtimol, O‘zbekistondagi tengsizlikning hozirgi kundagi darajasi nisbatan xavfsiz yoki qabul qilib bo‘lmas darajada yuqori emasdir, biroq raqamlar so‘nggi yillarda tengsizlik yuqori sur’atlarda o‘sib borayotganligini tasdiqlaydi. Qaror qabul qiluvchilar tarafidan tengsizlikni yumshatish borasidagi muayyan chora-tadbirlarga urinishlar hozircha sezilmadi. Bundan tashqari, tengsizlik favqulodda yuqori bo‘lmasa-da, uning kuchayishi ba’zi holatlarda su’niy vositalar hisobiga hamda adolatsiz ravishda yuz berayotganligi ham bu haqida chuqurroq fikr yuritishga undaydi.


Yüklə 369,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə