I bob daromadning vujudga kelishi 1 daromatlar tengsizligi vujudga kelishi


Кириллчада5 dekabr 2022, 12:05 Kolumnistlar Iqtisodiyot Jamiyat



Yüklə 369,52 Kb.
səhifə2/12
tarix05.05.2023
ölçüsü369,52 Kb.
#108684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
daromatlar tengsizligi

Кириллчада5 dekabr 2022, 12:05 Kolumnistlar Iqtisodiyot Jamiyat

Bu O‘zbekistondagi daromadlar tengsizligiga bag‘ishlangan maqolaning ikkinchi qismi. Birinchi qismi bilan bu yerda tanishish mumkin.

Mamlakatda daromadlar tengsizligi darajasini ifodalashda eng ko‘p qo‘llanuvchi ko‘rsatkich (yoki koeffitsiyent) — jini (Gini) koeffitsiyenti hisoblanadi. Jini koeffitsiyenti (Gini index, Gini coefficient) aholi orasida daromadlar taqsimotini o‘lchash uchun qo‘llaniladi va 0 (mutlaq tenglik)dan 1 (mutlaq tengsizlik)gacha oraliqdagi son bilan ifodalanadi.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda 2017 yildan boshlab qaytadan rasmiy ravishda e’lon qilina boshlagan jini koeffitsenti 2020 yilgacha hech qanday o‘zgarishga uchramagan va 0,26 darajada saqlanib qolgan (1 ga yaqin ko‘rsatkich tengsizlikning yuqori darajasi, 0 ga yaqin shakllangani esa tengsizlikning past darajasini anglatadi). 2020 yilgi pandemiya tengsizlik darajasining oshishiga olib kelgan. Biroq, 2021 yildan keyingi davrda jini koeffitsenti pasayib bormoqda.

Biroq, ayrim sabablarga ko‘ra, mazkur tendensiya O‘zbekistonda daromadlar taqsimoti bilan hammasi joyida ekanligini anglatmaydi. Daromadlar tengsizligiga bag‘ishlangan maqolaning birinchi qismida daromadlar shakllanishi bo‘yicha hududlararo farqlarni tahlil qilish asnosida bunga bevosita guvoh bo‘ldik.

Xususan, tegishli tahlillar daromadlar bo‘yicha hududlararo tafovutlar yildan-yilga kengayib borayotganligi, bu tendensiya 2017 yildan keyin sezilarli tezlashganligini ko‘rsatmoqda. Mazkur tendensiyaga ko‘p hollarda bevosita qaror qabul qiluvchilar ham regressiv ta’sirga ega qarorlar hamda samarasiz dasturlar orqali bevosita hissa qo‘shayotganligi, ayniqsa, achinarli.

Maqolaning ikkinchi qismida ish haqi miqdorining sohalar kesimida qanday o‘zgarayotganligi hamda turli daromad guruhlarining jami daromaddagi ulushi qanday o‘zgarib borayotganligini ko‘rib chiqamiz. Umid qilamizki, mazkur tahlillar O‘zbekistonda daromadlar tengsizligi bilan bog‘liq haqiqiy manzarani ko‘rish va uning sabab-oqibatlari xususida kengroq fikr yuritish imkonini beradi.


Yüklə 369,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə