I bob daromadning vujudga kelishi 1 daromatlar tengsizligi vujudga kelishi


Guvohi bo‘lganimizdek, daromadlar shakllanishi bo‘yicha hududlar o‘rtasidagi farq so‘ngi yillarda oshib bormoqda



Yüklə 369,52 Kb.
səhifə9/12
tarix05.05.2023
ölçüsü369,52 Kb.
#108684
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
daromatlar tengsizligi

Guvohi bo‘lganimizdek, daromadlar shakllanishi bo‘yicha hududlar o‘rtasidagi farq so‘ngi yillarda oshib bormoqda.







Hududlarning umumiy daromadlari tarkibidan mamlakat tashqarisidan kirib kelgan pul o‘tkazmalari chiqarib tashlansa, vaziyat yanada jiddiylashadi. Daromadlari yuqori darajada shakllangan hududlarning umumiy daromadlari tarkibida xorijdan pul o‘tkazmalarining ulushi daromadlar darajasi past bo‘lgan hududlarnikiga nisbatan karrasiga kamroq. Xususan, 2021 yil holatiga Toshkent shahri hamda Navoiy viloyatining umumiy daromadlari tarkibida xorijdan pul o‘tkazmalarining ulushi mos ravishda 10,6 foiz hamda 4,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, Xorazm, Samarqand, Andijon, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston respublikasida bu ko‘rsatkich 20 foizdan yuqori. Boshqacha aytganda, umumiy daromadlar tarkibidan xorijdan pul o‘tkazmalarini chiqarib tashlangan taqdirda, xususan, Toshkent shahri hamda Farg‘ona viloyati misolida daromadlar darajasi o‘rtasidagi tafovut 3 barobarga yetadi (pul o‘tkazmalari qo‘shib hisoblanganda farq 2,8 barobar edi).

  1. Muayyan hudud daromadlar darajasi bo‘yicha boshqa hududlardan jiddiy farq qilgan taqdirda, mazkur hududga boshqa hududlarlardan ko‘chib keluvchilar soni keskin oshishi va bu, o‘z navbatida, daromadlar darajasi bo‘yicha mavjud farqni qisqartirishi lozim. Biroq, mamlakatimizda yaqin-yaqingacha ichki migratsiyaga turli cheklovlar mavjud edi. Shu sababli daromadlar darajasi yuqori bo‘lgan hududlarga aholining ko‘chib o‘tishida faollik kuzatilmagan.

  2. Biroq, 2017 yildan keyin ichki migratsiyaga nisbatan to‘siqlar sezilarli darajada yumshatildi. Bu esa aholining daromad darajasi yuqori bo‘lgan hududlarga faol ravishda ko‘chib o‘tishiga turtki bo‘ldi. Xususan, 2016 yilda Toshkentga doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar soni 18 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilga kelib bu ko‘rsatkich 112 ming kishiga yetgan. Guvohi bo‘lganimizdek, so‘nggi yillarda daromad darajasi eng yuqori bo‘lgan hududga boshqa hududlardan doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tganlar (poytaxt hududining kengaytirilganligi ham ta’sir ko‘rsatganini alohida ta’kidlab o‘tish lozim) soni keskin oshgan. Biroq, bu tendensiyaning daromadlar tengsizligiga sezilarli ta’siri kuzatilmayapti.


Yüklə 369,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə