1-Mavzu. Bozor, iqtisodiyot va biznes reja



Yüklə 57,54 Kb.
səhifə1/10
tarix19.12.2023
ölçüsü57,54 Kb.
#153360
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Mavzu. Bozor, iqtisodiyot va biznes reja-fayllar.org


1-Mavzu. Bozor, iqtisodiyot va biznes reja




1-Mavzu. BOZOR, IQTISODIYOT VA BIZNES 
Reja: 
1.1. Bozor iqtisodiyoti, uning tamoyillari va o’ziga xos xususiyatlari 
1.2. Biznes – bozor iqtisodiyotining ustuvor sohasi 
1.3. Biznes va aholi bandligi 

1.1. Bozor iqtisodiyoti, uning tamoyillari va o’ziga xos xususiyatlari 
Inson, insoniy jamiyat va iqtisodiyot bir-biridan ajralmas tushunchalardir. Iqtisodiyot inson
yordamida, uning manfaatlari yo’lida vujudga kelgan bo’lib, bir vaqtning o’zida ham ayrim
insonlarning, ham butun jamiyatning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Zamonaviy iqtisodiyot fani iqtisodiyotni buyruqbozlik, bozor va aralash turlarga ajratadi.
Buyruqbozlik iqtisodiyoti jamiyatdagi ishlab chiqarishda davlatning roli yetakchi ekanligi bilan
tavsiflanadi. Barcha mulk davlatga tegishli bo’lib, u tomonidan qabul qilinuvchi qarorlar
iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlari uchun majburiy hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti
tadbirkorlik faoliyati, xo’jalik hisob-kitoblari, tovar va xizmatlarni ayirboshlashga, talab va taklif
o’rtasida tartibga solinuvchi nisbatga asoslangan iqtisodiyotdir. Uni ba’zida erkin tadbirkorlik
tizimi deb ham atashadi. Aralash iqtisodiyot – turli xil shakllarda bo’lib, bozor iqtisodiyoti va
davlatning iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishdagi ishtirokining uyg’unlashuvi bilan tavsiflanadi.
Sobiq SSSR iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotiga misol bo’la oladi. U 1917
yilda paydo bo’lib, 70 yildan ortiq amalda bo’lgan. O’tgan asrning 80-yillar oxirida buyruqbozlik
iqtisodiyoti o’rniga bozor iqtisodiyoti kelib, u mos keluvchi bozor munosabatlari va
mulkchilikning turli xil shakllarini olib keldi. Buyruqbozlik (markazlashgan) iqtisodiyotda
boshqaruv «yuqoridan pastga» amal qilgan bo’lib, qabul qilinuvchi qarorlarning samarali va
asoslanganligi ta’minlash uchun zarur bo’lgan teskari aloqa doim ham ko’zga tashlanmagan
bo’lsa, bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlari faoliyat turini tanlashda erkinlikni, tadbirkorlik
faolligi va raqobatni ko’zda tutadi. Bu yerda moddiy baza bo’lib xususiy mulk xizmat qiladi, ishlab
chiqarish samaradorligini oshirishni esa yuqori foyda olish rag’batlantiradi.
Bozor iqtisodiyoti qadimgi davrlarda vujudga kela boshlagan bo’lsada, uch yuz yildan beri
amal qilib kelmoqda. Tovarlarni ayirboshlash zaruratidan kelib chiqqan bozor asta-sekinlik bilan
jamiyatdagi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakliga aylanib bordi. Bozor munosabatlarining
rivojlanishi bilan odamlar tovarlarni ayirboshlash qandaydir sirli aloqalarga egaligini tushuna
boshlagan bo’lib, ularni Adam Smit o’z vaqtida «ko’rinmas qo’l» deb atagan.
Hozirgi kunda bozor Adam Smit davridagi yoki K.Marksning «Kapital» asarida tasvirlangan
bozorga unchalik o’xshamaydi, albatta. Biroqning bozorning asosi sezilarli o’zgarmagan. Narx,
qiymat, raqobat, talab va taklif – bularning barchasi bozor toifalaridir. Bozor mexanizmini to’g’ri
tushunish uchun narx va qiymat o’rtasidagi farqni tasavvur qila olish, iste’mol va ayirboshlash
qiymati nima ekanligini, raqobatning asosiy belgilarini bilish zarur.
Bu yerda yana bir narsaning ahamiyati bundan kam emas: tovar ayirboshlash sohasi sifatida
bozor dinamikasi yuqori bo’lib, barqarorlik darajasi past hamda o’z agentlariga talablari yuqoriligi
bilan ajralib turadi. Bunday sharoitlarda korxonaning muaffaqiyatga erishuvi yuqorida aytib
o’tilgan toifalardan tashqari bozor ehtiyojlari hamda tadbirkorlik tashabbusining mahsuldorligiga
ham bog’liq bo’ladi. Ko’pchilikning hisoblashicha, iqtisodiyotga bozor tartiblarini kiritishning
o’zi yetarli, vaqtinchalik qiyinchiliklar o’tib ketishi bilan jadal suratlarda rivojlanish boshlanadi.
Biroq amalda bunday bo’lishi mumkin emas.
Germaniya, Koreya va Xitoyni esga olaylik. Bu mamlakatlar ikki qismga bo’lib tashlangan
hamda mamlakatning bir qismida bozor iqtisodiyoti, ikkinchi qismida esa rejali-taqsimot
iqtisodiyoti amal qilgan edi. Bu mamlakatlarda yashagan odamlar millati, tili, dini va urf-odatlari
bir xil bo’lsada, ular erishgan iqtisodiy rivojlanish natijalari bir xil bo’lmagan. Demak, har bir
davlatning gullab-yashnashi uning tabiiy resurslari, jumladan, jamiyatda to’plangan boylikdan
tashqari xo’jalik yuritish tizimi, iqtisodiyotni barcha miqyosda boshqarish usul va uslublariga
bog’liq bo’ladi.
Rivojlangan mamlakatlar to’plagan tajribalar shundan dalolat beradiki, jamiyatning gullab-



yashnashiga ko’proq bozor iqtisodiyoti mos keladi. Dunyoda bozor iqtisodiyoti amal qilmaydigan


bironta rivojlangan davlat yo’q. Boshqacha qilib aytganda, jahonda bozorsiz boy mamlakatlar
yo’q. Bozorda hamkorlar bir-birini erkin tanlaydilar, bu yerda talab va taklif vujudga keladi hamda
talab va taklif muvozanatidan kelib chiqqan holda narx belgilanadi. Bozorda nafaqat ishlab
chiqaruvchi va iste’molchining, balki ishlab chiqaruvchilarning ham mafaatlari bir-biriga to’qnash
keladi. Keyingi holatda ishlab chiqaruvchilar manfaatlarining to’qnashuvi raqobat ko’rinishida eks
etadi.
Yuqorida aytib o’tilganlarning barchasi birinchi navbatda tovar bozoriga taalluqlidir. Biroq
bozor iqtisodiyoti tarkibida bozorning boshqa turlari – tovar va xizmatlar bozori, kapital bozori va
ishchi kuchi bozori ham mavjud. Ushbu bozor turlarining uchalasi bir-birini to’ldirib turadi va
yagona bozor iqtisodiyoti mexanizmini tashkil qiladi. Bu mexanizm samarali faoliyat ko’rsatishi
uchun kamida ikkita shart bajarilishi lozim – malakali, mehnatsevar aholi va mos keluvchi davlat
boshqaruvining mavjudligi.
• Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
• tartibga solinmaydigan talab, ya’ni iste’molchilar (xaridorlar) o’z ehtiyojlari va to’lov
layoqatlaridan kelib chiqqan holda nimani va qancha miqdorda sotib olishni o’zlari belgilaydilar;
• tartibga solinmaydigan taklif, ya’ni korxonalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xo’jalik
subyektlari bozor talabi va resurslar imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda chiqariladigan mahsulot
nomenklaturasini (assortimentni) o’zlari belgilaydilar;
• talab va taklifni muvozanatlovchi erkin narx hosil bo’lishi;
• mahsulot (tovar) ishlab chiqarish va sotishda raqobat.
• Yuqorida sanab o’tilgan, bir-birini inkor etmaydigan asosiy belgilar mavjud bo’lganda
bozor mexanizmi o’zini-o’zi tashqi muhitga moslashtirib, tartibga soladi va bu iqtisodiyotning
samaradorligini belgilab beradi. O’tish davri sharoitlarida bozorning moslashuvi bilan birgalikda
iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi ham muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu bevosita
boshqaruv shaklida ham, bilvosita soliq va kreditlar yordamida ham amalga oshirilishi mumkin.
• Bozor iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
• uzoq muddatli, barqaror tarmoqlararo va mintaqalararo aloqalar asosida shakllangan
hamda cheklanmagan diversifikatsiya jarayonlari bilan tavsiflanuvchi yagona bozor makonining
paydo bo’lishi;
• bir tomondan «ehtiyojlarning ortishi», ikkinchi tomondan esa taklifning kengayishi;
• narxga oid bo’lmagan raqobat usullarining narxga oid bo’lgan usullardan ustun kelishi;
• raqobatlashuvchi ijtimoiy guruhlar, birinchi navbatda tadbirkorlar va yollanma xodimlar
o’rtasida ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf qilishga imkon beruvchi iqtisodiyotning ijtimoiy
yo’naltirilgan regulyatorlari;
• tovar bozorlarida raqobatli munosabatlarni g’irrom raqobat, iqtisodiyotning
monopollashuvi va hokazolarga qarshi kurashga yo’naltirilgan holda qonuniy va iqtisodiy
markazlashgan tarzda tartibga solish;
• aksiyadorlik va mulkchilikning boshqa jamoaviy shakllarini rivojlantirish vositasida har
bir fuqaroni tovar bozorlarida raqobatli munosabatlarga jalb qilish uchun keng imkoniyatlar
yaratish.
• Bozor iqtisodiyotining yuqorida aytib o’tilgan va boshqa bir qator xususiyatlari iqtisodiy
munosabatlar subyektlarining bir tomondan ijtimoiy-iqtisodiy mustaqilligiga, boshqa tomondan
esa ularning manffatlarini muvofiqlashtirishga asoslanuvchi erkinlik darajasini aks ettiradi.
• Biroq, bozor iqtisodiyotining eng muhim xususiyati shundaki, u jamiyatda ishlab chiqarish
jarayonini demokratlashtirib, aholi bandligini oshirish va qonun doirasida «pul ishlab olishiga»
xizmat qiladi hamda biznes va tadbirkorlik uchun keng yo’l ochib beradi.



Yüklə 57,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə