Gumanitar fanlar fakulteti 60111400 “O’zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi” 4- kurs 19-6- guruh talabasi Qoʻshboyeva Sevara Abdumannob qizi


Savod o’rgatish davri bosqichlari



Yüklə 328,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix19.12.2023
ölçüsü328,4 Kb.
#151610
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Savod o’rgatish davri bosqichlari 
Analitik-sintetik (tahlil-tarkib) tovush metodida savod o‘rgatish jarayoni 4 oy 
davom etadi. Bu jarayon quyidagi 2 davrga bo‘linadi: 
a) 
alifbogacha tayyorgarlik davri (2 hafta); 
b) 
alifbo davri (31 dekabrgacha davom etadi). 
Alifbogacha tayyorgarlik davri. Bu davrning asosiy vazifasi o‘quvchilarni 
maktab, sinf, tartib-intizom qoidalari va o‘quv qurollari bilan tanishtirish, nutq 
o‘stirishga oid mashqlar o‘tkazib, fonematik eshitishni o‘stirishdan iboratdir. 


22 
Alifbogacha tayyorgarlik davri, o‘z navbatida, quyidagi 2 bosqichga bo‘linadi: 
1. 
Harf о‘rganilmaydigan bosqich (1 hafta). 
2. 
Unli tovush va harf о‘rganiladigan bosqich (1 hafta). 
1- 
bosqichda o‘quvchilarga og‘zaki va yozma nutq haqida, gap, so‘z, 
bo‘g‘in va tovushlar haqida, nutqning gaplardan, gaplarning so‘zlardan tuzilishi, 
so‘zlarning bo‘g‘inlarga bo‘linishi, bo‘g‘inlarning tovushlardan tashkil topishi 
haqida ma’lumot beriladi, tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajratilishi 
o‘rgatiladi, ulardan amaliy foydalana bilish ko‘nikmalari hosil qilinadi. Bu jarayonda 
maxsus nusxalar asosida o‘quvchilarning bogManishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga 
,,Alifbe“da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o‘zlari bilgan 
she’r, ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qo‘shiqlar, 
latifalardan ayttiriladi. 
Tayanch so‘zlar asosida gap tuzdirish, ,,Alifbe“ sahifalaridagi so‘zlarning 
talaffuzi, o‘qilishi va ma’nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi (Bu tarzdagi 
ishlar har bir darsda mavzularga bog‘liq ravishda izchil davom ettirib boriladi). 
Bu bosqichdagi yozuv darslarida o‘quvchilar yozuv daftari va yozuv chiziqlari 
bilan tanishtirilib, harf elementlarini yozishga o‘rgatiladi, ularda namunaga qarab 
grafik xatolarini aniqlash – o‘z-o‘zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya 
qilish, chamalab yozish kabi ko‘nikmalar hosil qilinadi. 
2- 
bosqichda unli tovush-harflar o‘rgatiladi. Bunda ularning quyidagi uch 
xususiyatini o‘quvchilar amaliy ravishda puxta egallashlariga erishish lozim: 
a) 
talaffuzda (og‘izda) to‘siqqa uchramasligi; 
b) 
cho‘zib aytilishi; 
d) faqat ovozdan tashkil topishi. 
Shuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o‘rgatish ko‘zda 
tutiladi. Ushbu bosqichdanoq tovush va harf o‘rtasidagi chegaraga qat’iy rioya 
qilinadi. Bolalarga tovush haqidagi ma’lumotlar kitob ochtirilmay beriladi. Tovushni 


23 
ifodalovchi harf ko‘rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid o‘ziga xos 
xususiyatlar (tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz; harflarni yozamiz, ko‘ramiz, 
o‘qiymiz) ham izchil ravishda o‘quvchilarning o‘zlashtirishlarini hisobga olgan 
holda sekin-asta tushuntirila boriladi. 
Alifbo davri. Bu davr 31-dekabrgacha davom etib, unda o‘quvchilar alifbodagi 
barcha unli va undosh tovush-harflar bilan tanishtiriladi. Undoshlar osondan qiyinga 
tamoyili asosida joylashtiriladi. Oldin sonor tovushlar (n, m, I kabi), keyin esa 
sirg‘aluvchi va boshqa un¬doshlar: ikki tovushni ifodalaydigan j, harf birikmalari 
(ng, sh, ch), tovush bildirmaydigan tutuq belgisi (’) bilan tanishtiriladi. 
O‘quvchilarning tovush va harfni yaxshi tanishlari, elementar o‘qishni 
inuvafTaqiyatli egallashlari uchun bo‘g‘inga bo‘lish, bo‘g‘in chegarasini aniqlash, 
bo‘g‘indan tovushni ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma harflardan 
bo‘g‘in tuzish va o‘qish, bo‘g‘in-tovush, tovush-harf tahlili kabi mashqlardan 
foydalaniladi. 
Bu davrda bo‘g‘inlab o‘qish asosi shakllantiriladi: ikki harfli ochiq (na, ni, nut 
kubi, ikki harfli yopiq (in, ol kabi), uch harfli yopiq bo‘g‘inlarni (mon, lim, til kabi,) 
o‘qishga o‘rgatiladi. Alifbo davrini o‘rganiladigan tovush-harfning va o‘quv 
materiali- ning murakkablik darajasiga ko‘ra 3 bosqichga ajratish mumkin: 
1) 
unli tovush-harflar, ovozdor, sirg‘aluvchi undoshlar, o-na, a-na, il, in, 
bi- lan tuzilishidagi so‘zlar o‘rganiladigan bosqich; 
2) 
artikulatsiyasi qiyin bo‘lgan r, k, v kabi undoshlar va yo‘lbars, do‘st, 
rasm kabi tuzilishdagi so‘zlar o‘rganiladigan bosqich; 
3) 
o‘rganilganlar takrorlanib, harf birikmalari ng, sh, ch, 2 tovushni 
ifodalaydigan j, tutuq belgisi (’) va jo‘ja, jurnal, jirafa, tong, so‘ng, bodring, choynak, 
shudring va shu kabi so‘zlarni o‘qishga o‘rgatiladigan bosqich. 
Fonetik ishlar sohasida jarangli va jarangsiz undoshlarni taqqoslashga
ularning so‘z ma’nosini farqlashdagi holatini aniqlashga oid mashqlar o‘tkaziladi 


24 
(ziyrak — siyrak, dil — til kabi). Artikulyatsiyasi qiyin bo‘lgan undoshlar ng (tong, 
rang, keng), lab-tish undoshi v, qorishiq undosh ch, jarangli portlovchi j go‘ja) va 
jarangli sirg‘aluvchi — j (jurnal) kabilarni o‘rganishda tovush artikulatsiyasiga oid 
ishlar qiyinlashadi. 
Asosiy davrning oxirlarida jarangsiz jufti talaffuz qilinadigan undoshli so‘zlar: 
kо‘rib (kо‘rip), qaytdik (qayttik), aytib (aytip), ketayotib (ketayotip), tortib (tortip), 
terib (terip), olib (olip), obod (obot), borishdi (borishti); qisqa talaffuz qilinadigan i 
unlisi bor so‘zlar: bilan (blan), sira (sra); talaffuzda tushib qoladigan undoshli so‘zlar: 
baland (balan), do‘st (do‘s), Toshkent (Toshken), farzand (farzan), doraxt (darax) 
kabilarni yozilgandek o‘qish imloni o‘rganishga tayyorlaydi. Bular avval orfografik, 
so‘ng orfoepik o‘qitiladi. 
Yuqoridagi kabi so‘zlarni o‘qish bilan bo‘g‘inlab o‘qish malakasi 
takomillashadi: o‘quvchilar talaffuzi va yozilishida farqlanadigan so‘zlarni ham 
to‘g‘ri o‘qishga o‘rganadilar. 
Alifbo davrining oxirida o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega 
bo‘lishlari zarur: 
a) 
hamma tovushlarni tanishi va har qanday holatda to‘g‘ri talaffuz qilishi; 
b) 
so‘zning bo‘g‘in-tovush, tovush-harf tahlilini bilishi, so‘zdagi 
tovushlarning izchil tartibini aniqlay olishi, kerakli tovushni so‘z va bo‘g‘inga ajrata 
olishi; 
d) 
kesma harf va bo‘g‘inlardan so‘z tuza olishi va o‘qishi; 
e) 
2-3-4 bo‘g‘inli so‘zlarni yaxlit, adabiy-orfocpik talaffuz bilan o‘qishi; 
f) 
gaplarni ohangiga rioya qilib o‘qishi; 
g) 
o‘zi o‘qigan matnning mazmunini tushunib, ongli o‘qishi; 
h) 
o‘qigan matn mazmunini savollar asosida soddagina qilib qayta 
hikoyalab berishi; 
i) 
o‘qigan matnga sarlavha topa olishi; 


25 
j) 
to‘g‘ri, tez, ongli va ifodali o‘qish malakalariga ega bo‘lishi. 
Alifbo davri yozuv darslarining vazifasi — kichik va bosh yozma harflarni 
to‘g‘ri shakllantirish, harflarni to‘g‘ri ulash, alifbeda o‘qigan bo‘g‘in, so‘z va 
gaplarni namunaga qarab yozish, harf, bo‘g‘in, so‘z, gap diktantlami yozish 
ko‘nikmasini shakllantirish, izohli, saylanma, ko‘ruv rasm diktant kabi ta’limiy 
diktant turlarini yoza olishlariga erishish, umuman, grafik malakani shakllantirishdir. 
Savod o‘rgatish jarayonining oxirida bir darsda, agar darsning 2/3 qismi yozuvga 
ajratilsa, 20 tagacha so‘z yoza olishlari talab qilinadi. 
Grafik malakani shakllantirishda quyidagi bosqichlar 
1. 
Turli shakllar andozasi ustidan chizish. Erkin rasmlar chizish . Yozuv 
qurollarini to‘g‘ri tutish, turli qiya еlеmеntlar chizish, uzunlikni, oraliq masofani 
chamalash va hokazo. 
2. 
Harf elеmеntlarini yozish, baravar masofada qisqa va uzun elеmеntlar, 
osti va usti ilmoqli elеmеntlar chizish. 
3. 
Bosh va kichik harflarni alohida yozish. harf birikmalarini, bo‘g‘inni 
yozish, harflarni to‘g‘ri tushib yozish malakasini hosil qilish uchun so‘z yozish. 
Grafik malakani hosil qilishdan asosiy maqsad, harflarni bosmasdan bir 
tеkisda, elеmеntlarga ajratmay bog‘lab tеz, bir maromda yozish, so‘zlarni qatorga 
tog‘ri joylashtirishdir.Shuni ta'kidlash kеrakki, savod o‘rgatish davrida bola harflarni 
yozishdan oldin uni qanday shakllantirishni ko‘z oldiga kеltirib, fikrlab oladi, ba'zan 
harf shaklini zavoda «chizadi», harf namunasini ko‘chiradi, tarkibini tahlil qiladi, uni 
qanday yozishni uzicha sеkin gapiradi: o‘qituvchi o‘quvchi yoniga o‘tirib, ruchkani 
tugri ushlatadi va uning qo‘li bilan xarfni yozishni ko‘rsatadi yoki o‘zi yozib 
tushuntiradi. Bundan tashqari, bola yozuvning tеxnik tomoniga katta jismoniy kuch 
sarflaydi. Savod o‘rgatish oxirida bola bir darsda 20 tacha so‘zni yozishi mumkin. 
O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining qaroriga binoan 1993-yil 2- 
sеntyabrda «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbеk alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi 


26 
qonun qabul qilindi. 1995-yil 6-mayda qonunga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu 
alifbodagi xarflarning asosiy xususiyati bosmasdan, qo‘lni uzmasdan bog‘lab 
yozishga mo‘ljallangan. Shuning uchun yozuvga o‘rgatish mеtodikasida harflarni 
qo‘shishga alohida ahamiyat bеriladi. O‘quvchilar barcha harflarni bir-biriga 
qo‘shish yo‘lini bilishlari lozim. 
Maktabda asosiy yozuv quroli sharikli ruchka, xattaxtada yozish uchun 
bo‘rdan foydalaniladi. 
Savod o‘rgatish davrida bolalarni yozuvga o‘rgatish uchun turli vaqtlarda turli 
xil chiziqli daftarlardan foydalanilgan: dastlab chiziqsiz silliq qog‘oz ishlatilgan 
bo‘lsa, kеyin quyuq yopiq chiziqlar bilan kеsilgan uch chiziqli daftardan 
foydalanilgan. Hozirgi vaqtda yozuvga o‘rgatish uchun ikki chiziqli daftar tavsiya 
etiladi. Xattaxta ham shunga mos bo‘lishi talab qilinadi; 2-sinfdan, ba’zan birinchi 
sinfda o‘quv yilining ikkiichi yarmidan boshlab bir chiziqli daftarga yozishga 
o‘tiladi. 
Daftar tutishda bolalarni xoshiya qoldirishga, daftar chiziqlariga rioya 
qilishga, xarflarni bir xil xajmda yozishga, sarlavxani aniq va to‘gri ajratishga, xat 
boshidan yozishda joy qoldirishni unutmaslikka o‘rgatib borish ulurda saranjom- 
sarishtalikni tarbiyalaydi. Yozuv darsida o‘quvchilar «Yozuv daftari» bilan 
ishlaydilar. Sinfda urganilgan xarfni uyda mashq qilish uchun aloxida daftar bo‘lgani 
ma’qul. 
O‘qituvchi yozish vaqtida 65 gradus qiyalikda yozi shni, buning uchun daftar 
Yüklə 328,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə