Gumanitar fanlar fakulteti 60111400 “O’zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi” 4- kurs 19-6- guruh talabasi Qoʻshboyeva Sevara Abdumannob qizi



Yüklə 328,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix19.12.2023
ölçüsü328,4 Kb.
#151610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1.2.
 
Ona tili o‘qitishning xususiy masalalari 
O‘qish va yozish ko‘nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi. 
Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora takrorlanishi lozim.
Yozish malakasida o‘quvchi ruchkani qanday ushlash, qanday yurgizish 
haqida o‘ylab o‘tirmay, so‘z va gaplarni yoza boshlaydi. Demak, o‘qish va yozish 
malakasi harakatning o‘ylab o‘tirmay amalga oshirilish jarayonidir. Malaka 
o‘qitishning keyingi bosqichlarida mustalikamlanib, avtomatlashish darajasiga 
yetkaziladi. 
O‘qish va yozish kishi nutq faoliyatining turi bo‘lib, u nutqqa oid malakadir. 
O‘qish malakasi ham, yozish malakasi ham nutq faoliyatining boshqa turlari bilan, 
ya’ni og‘zaki hikoya qilish, o‘zgalar nutqini esli it ish orqali anglash, ichki nutq bilan 
uzviy bog‘liq holda shakllanadi. Maktabda o‘qitishning muvaffaqiyati savod 
o‘rgatishning qanday tashkil etilganligiga bog‘liq. 
O‘quvchini savod o‘rgatish jarayonida elementar o‘qish va yozishga 
o‘rgatishda o‘quvchilarning faoliyat ko‘rsatishi va nutq faoliyatiga kirishishlari 
uchun talab bo‘lishi, o‘z fikrini og‘zaki yoki yozma ifodalashi uchun zaruriyat va 
ehtiyojni yuzaga keltiruvchi vaziyat yaratilishi lozim. 
O‘qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga oshuvini 
ta’minlaydi. Shuning uchun ham o‘qishga o‘rgatish bilan yozuvga o‘rgatish parallel 
olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. Shunday ekan, 
savod o‘rgatish jarayonida bola juda ko‘p o‘qishi va yozishi zarur. O‘qish uchun ham, 
yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir necha bor qayta o‘qish 
bilan maqsadga erishish qiyin. Bu ko‘pincha o‘qilgan matnni yuzaki yodlab olishga 
olib keladi. Takroriy faoliyatda vaziyat va mazmunning almashinishi malakani 
mustahkamlashga yordam beradi, qobiliyatni o‘stiradi. 0‘quvchi oldida uzoq 
muddatda amalga oshadigan maqsad — o‘qish va yozishni o‘rganish hamda hozirda 
bajarishi shart bo‘lgan kundalik maqsad — topishmoqni o‘qish va javobini topish, 


17 
so‘z va gaplarni o‘qish, rasm asosida so‘zlab berish kabilar turadi. 
O‘zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya’ni fonematik yozuvdir. Har bir tovush 
uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. O‘qishda grafik 
shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi. 
Bu o‘qish va yozish faoliyatida o‘quvchi uchun qiyinchilik tug‘dirgandek 
tuyilsada, aslida o‘qish va yozish jarayonini soddalashtiradi, chunki tilimizdagi 
tovushni ifodalovchi harflar soni uncha ko‘p emas. O‘qish va yozishni o‘zlashtirish 
uchun tovush va harflarning o‘zaro munosabaliga oid qoidalarni o‘zlashtirish kifoya. 
Savod o‘rgatish metodikasida o‘zbek tili tovushlar va harflar tizimining o‘ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi. 

Yüklə 328,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə