Gumanitar fanlar fakulteti 60111400 “O’zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi” 4- kurs 19-6- guruh talabasi Qoʻshboyeva Sevara Abdumannob qizi



Yüklə 328,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix19.12.2023
ölçüsü328,4 Kb.
#151610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2008-yil “Xalqaro ona tili yili” 
deb e’lon 
qilingan. Bular milliy tillarni saqlab qolishga qaratilgan xalqaro tadbirlar bo‘lib, 
statistik ma’lumotlarga ko‘ra yer yuzida yoqolish arafasida turgan tillar soni oy 
sayin ortmoqda. Binobarin, til xalqning taqdiri, yashash tarzi, ma’naviy boyligi 
sanaladi. Har bir tilda shu til egasi bo‘lgan millatning sa’jiyasi, ruhiyati aks etadi. 
Shu sababli har bir xalq o‘z ona tilining sofligi, kamoloti va rivoji uchun tinmay 
qayg‘uradi. Zotan, 
birinchi
Prezidentimiz I.A.Karimov “O‘zlikni anglash, 
milliy ong va tafakkurning ifodasini, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy- ma’naviy 
bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Ona tili – bu millatning ruhidir” 
deb 
bejiz ta’kidlamagan. Darhaqiqat, 
“ona tilining mavjudligi o‘z sohib-u 
sohibalarining globallashuv deb atalayotgan murakkab davrda sobit tura 
olishidan, tarix sahnasidan o‘chib ketmasligidan dalolatdir”

Mamlakatimizda “Davlat tili haqida”gi Qonunimizda korsatilganidek
nafaqat o‘zbek tili, balki barcha tillarning rivojlanishi uchun imkoniyatlar 
yaratilganligini alohida e’tirof etish o‘rinli. O‘zbek tili taraqqiyoti haqida so‘z 
yuritganda esa, uning har bir davridagi rivojlanish xususiyatlari, ayniqsa, uning 
mustaqillik yillaridagi mavqeyi alohida qimmat kasb etadi. Binobarin, Vatanimiz 
mustaqilligi, ona tilimizga davlat tili maqomining berilishi o‘zbek tili 
taraqqiyotida yangi sahifa ochdi. Uning jamiyat hayotidagi xizmat va vazifalari 
nihoyat darajada o‘sdi. Til ichki qurilishida – leksik, morfologik, sintaktik 
sathlarda misli ko‘rilmagan yangiliklar paydo bo‘ldi



Kurs ishining maqsad va vazifalari: 
Ona tili ta’limi jarayonida rivojlangan 
xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanish metodikasining muhimligi va Finlandiya 
tajribasidan foydalanishning afzalliklarini yoritib berishni o’z oldimizga maqsad 
qilib qo’ydik. 

Yüklə 328,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə