Gumanitar fanlar fakulteti 60111400 “O’zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi” 4- kurs 19-6- guruh talabasi Qoʻshboyeva Sevara Abdumannob qizi



Yüklə 328,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix19.12.2023
ölçüsü328,4 Kb.
#151610
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
 
 
 
 
 
 
 


33 
2.2. Finlyandiya ta'lim tizimi 
 
Nufuzli Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan uch yilda bir 
o‘tkaziluvchi xalqaro tadqiqotlarga ko‘ra, finlyandiyalik maktab o‘quvchilari 
dunyodagi eng yuqori bilimlar darajasini namoyish etishadi. Ular shuningdek 
dunyodagi eng ko‘p kitob o‘quvchi bolalar hamdir. Bundan tashqari, finlyandiyalik 
maktab o‘quvchilari tabiiy fanlar bo‘yicha - dunyoda ikkinchi, matematika bo‘yicha 
esa beshinchi o‘rinni egallashadi. Biroq pedagogik jamiyatni quvontiradigani birgina 
bu natijalar emas. Shunisi ajablanarliki, dunyo miqyosida yuqori ko‘rsatkichlarni 
qayd etishlariga qaramay, finlyandiyalik maktab o‘quvchilari darslarga u qadar ko‘p 
vaqt ajratishmaydi. 
Finlyandiyada o‘rtacha majburiy umumta'lim tizimi ikki bosqichli maktabni 
o‘z ichiga oladi: 
— quyi (alakoulu), 1-6 sinf; 
— yuqori (yläkoulu), 7-9 sinf. 
Qo‘shimcha 10-sinfda o‘quvchilar o‘z baholarini yaxshilashlari mumkin. 
So‘ngra bolalar yo professional kollejga yo‘l olishadi, yoki litsey (lukio)da o‘qishni 
davom ettirishadi.
Finlyandiya ta'limi "o‘rta" bosqichining 7 tamoyili: 
1. Tenglik 
– Maktablar 
Mamlakatda na elita va na "bo‘shroq" maktablar bor. Finlyandiyadagi eng 
yirik maktabda 960 nafar o‘quvchi ta'lim oladi. Eng kichigida esa - 11 nafar. Barcha 
maktablar mutlaqo bir xil jihozlangan, birdek imkoniyatlarga ega va bir xil 
moliyalashtirilgan. Deyarli barcha maktablar - davlat maktablari bo‘lib, o‘nlab 
xususiy maktablar bor. Ularning ota-onalar qisman to‘lov kiritishlaridan tashqari 
yana bir farqi - o‘quvchilarga bo‘lgan talabning yuqoriligida. Qoidaga ko‘ra, bu 
o‘ziga xos "pedagogik" laboratoriyalar: Montessori, Fren, Mortan i Valdorf 


34 
maktablari. Ingliz, nemis va fransuz tillarida ta'lim beriluvchi o‘quv muassasalari 
ham xususiy hisoblanadi. 
Finlyandiyada tenglik tamoyiliga rioya qilgan holda shved tilidagi parallel 
ta'lim tizimi mavjud - bog‘chalardan tortib to universitetlargacha. Saam xalqining 
manfaatlari ham unutilmagan, mamlakat shimolida ona tilida ta'lim olish mumkin. 
Yaqin vaqtlargacha finlarga maktab tanlash taqiqlangan edi, bolalar shunchaki 
eng yaqin oradagi maktabga chiqishardi. Taqiq bekor qilindi, lekin ota-onalarning 
aksariyati baribir bolalarni yaqin oradagi ta'lim muassasasiga berishni ma'qul 
ko‘rishmoqda, zero Finlyandiyada barcha maktablar birdek yaxshi. 
– Barcha fanlar 
Bir fanning boshqalaridan chuqurroq o‘rgatilishi maqsadga muvofiq emas. U 
yerda, masalan, matematika san'atdan muhimroq hisoblanmaydi. Aksincha, 
qobiliyatli bolalar uchun alohida sinflar tashkil qilinishiga yagona sabab ularning 
tasviriy san'at, musiqa va sportga moyilligi bo‘lishi mumkin. 
– Ota-onalar 
O‘qituvchi o‘quvchisining ota-onasi kim bo‘lib ishlashini oxirgi navbatda, 
zarurart tug‘ilgandagina biladi. O‘qituvchilarga ota-onalarning ish joyiga doir 
savollar berish taqiqlangan. 
– O‘quvchilar 
Finlar o‘quvchilarni xususiyatlari yoki tanlovlariga qarab tasniflashmaydi. 
Shuningdek, "yaxshi" va "yomon" o‘quvchilar ham yo‘q. O‘quvchilarni bir-
biriga taqqoslash taqiqlangan. Daho bolalar ham, aqliy salohiyati bo‘shroq bolalar 
ham "o‘ziga xos" hisoblanib, barcha bilan birga o‘qishadi. Umuman olganda, 
jamoada nogironligi bo‘lgan bolalar ham ta'lim oladi. Oddiy maktabda ko‘rish va 
eshitish organlari kasalliklari bo‘lgan o‘quvchilar uchun sinf tashkil qilingan bo‘lishi 
mumkin. Finlar alohida munosabatga talabgor insonlarni jamiyatga maksimal 
darajada integratsiya qilishga harakat qilishadi. Bilimi kuchli va bo‘sh o‘quvchilar 


35 
orasidagi farq - juda kichik. 
– O‘qituvchilar 
O‘qituvchilar ham bolalarga bor mehrini beradi, "sevimlilar" ajratilmaydi. 
Qoidadan har qanday chetga chiqish bunday o‘qituvchi bilan shartnoma buzilishiga 
olib keladi. Fin o‘qituvchilari faqat ta'lim beruvchi vazifasini bajarishlari kerak. 
Jamoada barcha o‘qituvchilar - fiziklar ham, adabiyotchilar ham, mehnat 
o‘qituvchilari ham birdek teng. 
– Katta yoshli kishilar (o‘qituvchilar, ota-onalar) va bolalar huquqlari tengligi 
Finlar bu tamoyilni "o‘quvchiga hurmat" deb atashadi. Bolalarga 1-sinfdan ularning 
huquqlari tushuntiriladi, ijtimoiy xizmatchiga katta yoshlilar ustidan shikoyat qilish 
ham shular jumlasidandir. Bu finlyandiyalik ota-onalarni ularning farzandi - mustaqil 
shaxs ekanini, ularga so‘z bilan ham, "qamchi" bilan ham ozor yetkazib bo‘lmasligini 
tushunishga rag‘batlantiradi. Finlyandiya mehnat qonunchiligiga ko‘ra, pedagog o‘z 
kasbidan kelib chiqib o‘quvchini taxqirlashga haqqi yo‘q. Barcha o‘qituvchilar faqat 
1 yilga shartnoma imzolashadi, bu muddatni uzaytirish ham, to‘xtatish ham mumkin. 
O‘qituvchilarga juda yaxshi maosh to‘lanadi: fan o‘qituvchisi - 5000 yevrogacha, 
yordamchi - 2500 yevrogacha. 
2. Bepul 
O‘qishning o‘zidan tashqari quyidagilar bepul: 
– tushlik; 
– ekskursiyalar, muzeylar va sinfdan tashqari har qanday faoliyat; 
– bolani uyidan olib ketuvchi va qaytaruvchi transport, agar eng yaqin maktab 2 
kilometrdan uzoqda bo‘lsa; 
– o‘quv darsliklari, barcha o‘quv qurollari, kalkulyatorlar va hatto planshet-
noutbuklar. 
Har qanday maqsadlar uchun ota-onalardan pul yig‘ish taqiqlanadi. 


36 
3. Individuallik 
Har bir bola uchun individual ta'lim va rivojlanish rejasi tuziladi. Individuallik 
o‘quvchilar tomonidan foydalanilayotgan darsliklar mazmuni, mashg‘ulotlar, sinf 
va uy ishlari soni hamda ularga ajratilayotgan vaqt, shuningdek ta'lim materialiga 
ham tegishli. 
Bir sinfning o‘zida darsda bolalar turli murakkablikdagi mashqlarni 
bajarishadi. Baholash tizimi ham personal darajaga muvofiq. Agar "odatiy" mashq 
a'lo bahoga bajarilsa, ertasiga yuqoriroq darajali mashq beriladi, mobodo uddasidan 
chiqa olmasa, hechqisi yo‘q, yana oddiy mashq beriladi. 
Finlyandiya maktablarida oddiy ta'lim bilan bir qatorda ta'lim jarayonining 
ikki noyob turi mavjud: 
"Bo‘shroq" o‘quvchilar ta'limini qo‘llab-quvvatlovchi — bu boshqa 
mamlakatlarda repetitorlar bajaradigan ish. Finlyandiyada repetitorlik keng 
tarqalgan ta'lim usuli hisoblanmaydi, maktab o‘quvchilari dars vaqtida yoki undan 
keyin kerakli o‘quvchilarga qo‘shimcha yordam ko‘rsatishadi. 
Korrektsion ta'lim — materialni o‘zlashtirishdagi umumiy barqaror 
muammolar bilan bog‘liq. Masalan, bu ta'lim olib boriluvchi fin tilini tushunmaslik 
yoki eslab qolish yo matematik qobiliyatining yaxshi emasligi, yoxud ba'zi 
bolalarning asotsial xatti-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Korrektsion 
ta'lim kichik guruhlarda yoki individual tarzda o‘tkaziladi. 
4. Amaliyot 
"Yo hayotga tayyorlaymiz, yoki — imtihonlarga. Biz birinchisini tanlaymiz", 
- deydi finlar. Shuning uchun Finlyandiyadagi maktablarda imtihonlar yo‘q. Nazorat 
ishlari va oraliq test sinovlari - o‘qituvchining qaroriga qarab belgilanadi. 
Umumta'lim maktabini tugallashda faqat birgina majburiy standart test o‘tkaziladi. 
Shunisi diqqatga sazovorki, o‘qituvchilar uning natijalari uchun alohida 
qayg‘urishmaydi, test natijalari uchun birovning oldida javob ham berishmaydi, 


37 
bolalar ham unga maxsus tayyorgarlik ko‘rishmaydi: boriga baraka. 
Finlyandiya maktablarida hayotda kerak bo‘ladigan bilimlar beriladi. Masalan, 
biror bir qurilmaning tuzilishi ularga kerak bo‘lmaydi, uni o‘rganishmaydi ham. U 
yerdagi bolalar bolalikdan portfolio, shartnoma, bank kartasi nima ekanini yaxshi 
bilishadi. Merosdan soliq fozini yoki kelgusidagi daromadlarini hisoblay olishadi, 
internetda tashrif-saytini yarata olishadi va h.k. 
5. Ishonch 
Birinchidan, maktab xodimlari va o‘qituvchilar uchun turli tekshiruvlar yo‘q, 
o‘quvchilarga ta'lim berishga doir turli uslublarni o‘rgatuvchilar ham yo‘q. 
Mamlakatda ta'lim dasturi yagona, faqat umumiy tavsiyalar bor, xolos. Har bir 
pedagog o‘zi to‘g‘ri deb bilgan uslubni qo‘llaydi. 
Ikkinchidan, bolalarga bo‘lgan ishonch: darslarda o‘quvchi o‘zini qiziqtirgan ish 
bilan shug‘ullanishi mumkin. Masalan, adabiyot darsida o‘quv filmi namoyish 
etilayotgan bo‘lsa-yu o‘quvchiga buning qizig‘i bo‘lmasa, u kitob o‘qib o‘tirishi 
mumkin. O‘quvchi o‘zi uchun nima foydali ekanini o‘zi tanlaydi. 
6. Istak-xohish 
O‘qishni istagan odam o‘qiydi. Pedagoglar o‘quvchining e'tiborini qaratishga 
harakat qilishadi, lekin uning o‘rgatilayotgan fanga qiziqishi yoki qobiliyati 
bo‘lmasa, darrov "ikki" baho bilan "siylashmaydi", bolani kelgusida uncha murakkab 
bo‘lmagan, amaliy jihatdan foydali bo‘lgan kasbga yo‘naltirishadi. Hamma ham 
samolyot ixtiro qilishi shart emas, avtobuslarni ham kimdir boshqarishi kerak-ku, 
axir! 
Bunga ham o‘rta maktabda chora ko‘riladi - muayyan o‘smir litseyda 
bilimlarini davom ettirishi kerakmi yoki olgan bilimlari yetarlimi, professional kasb-
hunar maktabiga borish kerakdir, ehtimol. Ta'kidlash joizki, bu ikki yo‘l ham 
mamlakatda birdek qadrlanadi. 


38 
Har bir bolaning u yoki bu faoliyatga moyilligini aniqlash "kelajak o‘qituvchisi" 
tomonidan test va suhbatlar yo‘li orqali amalga oshiriladi. 
Umuman olganda, Finlyandiya maktabida ta'lim jarayoni yumshoq, biroq bu 
maktabni jiddiy qabul qilmasa ham bo‘ladi, degani emas. Maktab rejimiga rioya 
qilish majburiy. Barcha o‘tkazib yuborilgan darslarda qayta o‘tirishga to‘g‘ri keladi. 
Masalan, o‘qituvchi 6-sinf o‘quvchisi uchun o‘z jadvalidan "bo‘sh soat"ni belgilaydi 
yoki 2-sinfning darsiga kirib o‘tiradi. Dars qiladimi, zerikib o‘tiradimi, o‘ziga havola. 
Kichik yoshlilarga xalaqit bersa, bu hisobga o‘tmaydi, yana boshqa soatda qayta 
o‘tirishga to‘g‘ri keladi. 
O‘qituvchi bergan vazifani bajarmagan, darsda ishlamagan bolaning ota-onasi 
maktabga chaqirtirilmaydi, tanbeh ham berilmaydi, aqliy qoloqlikda ayblanmaydi 
ham. Agar ota-ona ham farzandining bunday xatti-harakatlariga befarq qarasa, bola 
shunchaki keyingi sinfga o‘tmaydi. 
Finlyandiyada bir sinfda ikkinchi yilga qolish uyat hisoblanmaydi, ayniqsa 9-
sinfdan keyin. Katta hayotga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish lozim, shuning uchun fin 
maktablarida qo‘shimcha (majburiy emas) 10-sinf bor. 
7. Mustaqillik 
Finlyandiyada maktab bolani eng asosiysi - mustaqil muvaffaqiyatli hayotga 
o‘rgatishi kerak deya hisoblanadi. Shu bois u yerda fikr yuritish va o‘z xohishiga 
ko‘ra bilim olishga o‘rgatiladi. O‘qituvchi yangi mavzularni so‘zlab o‘tirmaydi - 
barchasi kitobda bor. Yod olingan formulalar emas, ma'lumotnomadan, matndan, 
internetdan, kalkulyatordan foydalanish - joriy muammolar yechimini topish uchun 
kerakli resurslarni jalb qilishni bilish muhim. 
Shuningdek, maktabdagi pedagoglar o‘quvchilar o‘rtasidagi mojarolarga ham 
aralashishmaydi, ularga hayotiy vaziyatlarga mustaqil tayyorlanish va o‘zlari uchun 
javob berish mas'uliyatini rivojlantirish imkoni beriladi. 


39 
Finlyandiya maktablari bir xil bo‘lsa-da, ulardagi o‘quv jarayonlari turlicha tashkil 
qilingan. 
Qachon va qancha vaqt o‘qiladi? 
Finlyandiyada o‘quv yili avgustda boshlanadi, ya'ni 8 avgustdan 16 
avgustgacha, yagona kun yo‘q. O‘quv yili may oyi oxirida yakunlanadi. Kuzgi yarim 
yillikda 3-4 kunlik ta'til bor, shuningdek Rojdestvo munosabati bilan 2 haftalik ta'til 
beriladi. Bahorgi yarim yillik fevral oyidagi "chang‘i" ta'tilini ham o‘z ichiga oladi, 
bunda fin oilalari, qoidaga ko‘ra, oilaviy chang‘i uchishga borishadi. Bundan 
tashqari, bahorgi yarim yillikda Pasxa ta'tili ham bor. 
Ta'lim - besh kunlik, faqat kunduzgi smenada. Juma - qisqartirilgan kun. 
Nima o‘rganiladi? 
1–2 sinf: 
Ona (fin) tili va o‘qish, matematika, tabiat, din (e'tiqodiga qarab) yoki hayotiy 
tushunchalar (dinga qiziqmaydiganlar uchun), musiqa, tasviriy san'at, mehnat va 
jismoniy tarbiya. Bir darsda biryo‘la bir necha fan o‘tilishi mumkin. 
3–6 sinflar: 
Ingliz tili o‘rgatila boshlanadi. 4-sinfda - tanlov asosida yana bir chet tili: fransuz, 
shved, nemis yoki rus tillari. Qo‘shimcha fanlar kiritiladi (tanlov asosida, har bir 
maktabda har xil): klaviaturada ishlash tezligi, kompyuter bilimlari, daraxt bilan 
ishlash, xor ijrosi. Deyarli barcha maktablarda musiqiy asboblarda o‘ynashni 
o‘rgatishadi, bolalar 9 yillik ta'lim davomida barcha musiqiy asboblarida o‘ynashni 
mashq qilib ko‘rishadi. 
5-sinfda biologiya, geografiya, fizika, kimyo va tarix qo‘shiladi. 1-sinfdan 6-
sinfgacha deyarli barcha fanlardan bir o‘qituvchi kiradi. Jismoniy tarbiya darsi 
haftada 1-3 marta istalgan sport o‘yini shaklida o‘tadi (maktabning tanlovi asosida). 
Darsdan keyin dush qabul qilish majburiy. Adabiyot bizning tushunchamizdagidek 
o‘qitilmaydi, bu ko‘proq shunchaki o‘qishni eslatadi. 


40 
Fan o‘qituvchilari faqat 7-sinfdan kira boshlaydi. 

Yüklə 328,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə