Gumanitar fanlar fakulteti 60111400 “O’zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi” 4- kurs 19-6- guruh talabasi Qoʻshboyeva Sevara Abdumannob qizi


parta ustiga 25 gradus qiyalikda qo‘yilishini ta'kidlab turadi



Yüklə 328,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix19.12.2023
ölçüsü328,4 Kb.
#151610
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

parta ustiga 25 gradus qiyalikda qo‘yilishini ta'kidlab turadi. 
Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar: a) talaffuzi va yozilishida fark 
qilmaydigan so‘zlarda tovush bilan xarfning mosligini; b) so‘zlarni alohida yozishni, 
yani yozuv vositasida suzni ma'no birligi sifatida ajratishni; v) suzning satrga sig‘may 
qolgan qismini kеyingi qatorga bo‘g‘inlab ko‘chirib yozishki, bunda bugan hosil 
qilgan bir unli harfni qatorga ko‘chirib yozib bo’lmasligini; g) gap boshida


27 
shuningdеk, kishilar ismida, xayvonlarga qo‘yilgan nomlarda bosh xarfning 
ishlatilishini amaliy tarzda o‘rganadilar. 
Savod o‘rgatish davridayok kuchirib yozish, diktant va ijodiy yozuvlardan 
foydalaniladi. O‘z-o‘zini tеkshirishga o‘rganadilar. 
Yozuv darslarida xam o‘quvchilar nutqini o‘stirtish, fikrlashga o‘rgatish asosiy 
vazifalardan hisoblanadi. 
Ma'lumki, savod o‘rgatish, o‘qish darslarining asosiy vazifasi o‘quvchilarga 
tovush va harfni tanishtirish, ularning to’g’ri talaffuzga o‘rgatish orqali bolalarda 
to’g’ri, ongli, ifodali o’qish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdеk, 
o’quvchilar lug’atini boyitish, bog’lanishli nutqini o’stirish, bilimini boyitish
mavhum tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sеzgisini o’stirishda ham bu 
davr mas'uliyatliligi bilan alohida o‘rin tutadi. 
Tayyorgarlik davri o‘qishda o‘rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda 
bolalarda o‘zgalar nutqini eshitish, diqqatni to‘plash, til birikmalarini (tovush, 
bo‘g‘in, so‘z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi xususiyatlar 
shakllanadi. Bular o‘quvchilarniig o‘qishni muvaffaqiyatli egallashlariga yordam 
bеradi. 
O‘qishga o‘rgatish uchun avvalo o‘quvchi tovush va harf bilan yaxshi 
tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bo’g’indan tovushni ajratish 
tamoyiliga rioya qilinadi. Harf bilan tanishtirish bir nеcha xil yo’nalishda amalga 
oshirilishi mumkin: 
1. 
Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog’lanishli hikoya 
tuzdiriladi. Undan kеrakli gap, so’ng kеrakli so’z ajratib olinadi, so’ngra so’z ustida 
yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiriladi. 
2. 
So’z asos qilib olinadi. Analitik matnlar yordamida o’rganiladigan 
tovush ajratib olinadi: ot. O’qituvchi ot rasmini ko’rsatadi, o’quvchilar uning nomini 
– so’zni aytadi. O‘qituvchi o tovushini cho’zib (o-o-o-o t) aytadi va q aysi tovushni 


28 
cho’zib aytayotganini o‘quvchilardan so’raydi. O‘quvchilar o tovushini aytgach
uning xususiyatlari haqida savol-javob o’tkaziladi. O tovushli so‘zlar o‘ylab 
toptiriladi. Shundan so’ng o harfi kеsma harfdan yoki rasmli alifbodan ko‘rsatiladi. 
Bunda o harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e'tibor bеriladi. 
3. 
O’rganilgan harflar ichiga bugun o’rganiladigai harf aralashtirib 
quyiladi bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so’ng o’qituvchi bu harf 
ifodalaydigan tovushni aytadilar. O‘quvchilar tovushning xususiyatlarini aytadilar. 
Shu harfni kеsma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alifbodan 
ko‘rsatadilar. 
Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o‘qishga o‘rgatish ustida 
ishlanadi. 
O‘qishga o‘rgatishda bo’g’in asos qilib olinadi. Buning uchun o‘qituvchida 
bo’g’in jadvali bo’lishi lozim. Bo’g’in jadvali asosida o‘qish namunasi ko‘rsatiladi, 
ya'ni harflab emas, ichida, birinchi harfni ko’z bilan ko‘rib, uning nomini dilda 
saqlab, ikkinchi harfni ko‘rish va ikkalasini bog‘lab, unlini mo‘ljallab ulab aytish 
tushuntiriladi. Bunday o‘qish o‘qituvchining namunasi asosida doimiy ravishda har 
bir darsda izchil olib boriladi. Bunda quyidagi kabi jadvaldan foydalanish mumkin. 
Bunda «Alifbе» sahifalaridagi 
so‘zlarni 
oldin
bo‘g‘inga bo‘lish, 
so’ng o‘qishni mashq qilish yaxshi samara bеradi. O‘qituvchining namunali 
o‘qishidan so’ng xor bilan
o‘qish, 
yakka— 
yakka o‘qishdan, 
shivirlab o‘qishdan foydalaniladi.


29 

Yüklə 328,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə