Gumanitar fanlar fakulteti 60111400 “O’zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi” 4- kurs 19-6- guruh talabasi Qoʻshboyeva Sevara Abdumannob qizi


O‘zbеk tilining tovush tuzilishi va grafikasi



Yüklə 328,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix19.12.2023
ölçüsü328,4 Kb.
#151610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
O‘zbеk tilining tovush tuzilishi va grafikasi. 
O‘zbek tili yozuvi fonematik yozuv hisoblanadi. 1993-yil 2-sentabrdagi 
„Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida"gi 
qonunga muvofiq o‘zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olindi. Nutqning 
har bir tovushi uchun unga mos grafik shakl qabul qilindi. 
O‘qituvchi savod o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarni tovush va harflar bilan 
tanishtirishda, ularni sintezlab o‘qishga o‘rgatishda o‘zbek tilining fonetik 
xususiyatlarini hisobga olishi zarur. 
Savod o‘rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. So‘z 
bo‘g‘inga bo‘linadi, bo‘g‘indan kerakli — o‘rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, 
tahlil qilinadi, o‘rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butim o‘qish 
jarayoni o‘zlashtiriladi. Bunda o‘zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash 
xususiyatlari hisobga olinadi. Savod o‘rgatishda o‘zbek tili grafik tizimining 
quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega: 
1. 
Savod o‘rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi. 
Hozirgi o‘zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o‘. 
E harfi so‘z va bo‘g‘in boshida qo‘llanadi (ekin, echki, aeroplan), undoshdan 


18 
keyin o‘rta keng lablanmagan unli tarzida o‘qiladi (kel, tez)- Savod o‘rgatishda oldin 
so‘z bosliida keladigan e, so‘ngra undoshdan keyin keladigan e tovush-harfi bilan 
tanishtiriladi. 
O harfi o‘zbekcha, umumturkiy so‘zlarda quyi keng, lablangan о tovushini 
ifodalaydi, mscha-baynalmilal so‘zlarda urg‘usiz bo‘g‘inda a tarzida (botanika), o‘ 
tovushi kabi (tonna), qisqa i tarzida (traktor) talaffuz qilinadi. Shuning uchun bu unli 
qatnashgan ruscha-baynalmilal so‘zlar savod o‘rgatish davridan so‘ng o‘quv 
jarayoniga kiritiladi. 
A tovushi bahor, savol kabi so‘zlarda о kabi, muomala, munosabat kabi 
so‘zlarda i tovushiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi. 
U tovushi qovun, sovun kabi so‘zlarda i tovushiga yaqin talaffuz etilsa ham u 
yoziladi. 
I tovushi bilan, sira kabi so‘zlarda talaffuz etilmasa ham yozuvda doimo 
saqlanadi. 
2. 
0‘zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Yozuvda ular 23 ta harf bilan 
ifodalanadi: shulardan 3 tasi harf birikmasi, 21 tasi yakka harf bilan belgilanadi. Ular 
quyidagilar: b, d, f, g, h, j (jurnal), j (jo‘ja), k, 
1, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g, sh, ch, ng. Undoshlarni o‘rgatishda ham 
muayyan tartibga, talabga asoslaniladi. 
Alifbo davrida undosh tovushlar bilan tanishtirishni sonor, ya’ni ovozdor 
tovushlar bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. Chunki sonor tovushlarni bo‘g‘in va 
so‘z taikibidan ajratib olish oson. Lekin ng sonor undoshi n va g undosh tovushlari 
va harflari bilan tanishtirilgach, o‘rgatiladi. Harf birikmalarini o‘rgatishdagi 
qiyinchilik hisobga olingan holda, ularning alifbe davrining oxirgi bosqichida 
o‘rganilishi maqsadga muvofiqdir. 
J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar 
ajratiladi. Birinchi darsda portlovchi j tovushini o‘rgatish, talaffuzini tushuntirish


19 
analitik-sintetik mashqlar yordamida ko‘nikmalar hosil qiliinadi, keyingi darsda esa 
sirg‘aluvchi j tovushi va lining talaffuzi o‘rgatiladi. So‘ng bu ikki tovushning 
talaffuzidagi farq taqqoslash usuli orqali tushuntiriladi. Berilgan bilim analitik- 
sintetik mashqlar yordamida mustahkamlanadi. 
Sh tovushini ifodalovchi sh harf birikmasi ham s va h harfi bilan, ch tovushini 
ifodalovchi ch harf birikmasi h harfi bilan tanishtirilgach, o‘rgatiladi. O‘quvchilar bu 
harf birikmalarini bir yaxlit tovush sifatida o‘qish va yozishga ko‘nikishlari lozim. 
Bu davrda s’h (is’hoq) tarzida o‘qiladigan holatga to‘xtalmaydi. 
Jarangsiz jufti borjarangli undoshlar lalaffuzi (b—p, d—t, v-f g—k, Z-s kabi) 
haqida dastlabki amaliy tushunchalar hosil qilinadi, ularning talaffuzi va yozilishiga 
e’tibor qaratiladi. 
X va h tovushlarining talaffuzi va imlosi haqida ham dastlabki tushunchalar 
beriladi, ularni farqlash bo‘yicha maxsus mashqlar ham uyushtiriladi. 
Tutuq belgisi (’) unli tovushdan so‘ng kelsa, uni cho‘zib talaffuz qilishga, 
undosh tovushdan so‘ng kelsa. imdoshni unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat 
qilishi haqida ham tushunchalar berilib, asta-sekin uni qo‘llashga doir ko‘nikmalar 
shakllantiriladi. 
Savod o‘rgatish jarayonida harflarning 4 xil (bosma, yozma, bosh va kichik) 
shakli va ularning ishlatilish o‘rni o‘rgatiladi. 
O‘quvchilarni o‘qishga o‘rgatish bo‘g‘in asosida olib boriladi. Bo‘g‘inlab 
o‘qishga o‘rgatish uchun so‘zni bo‘g‘inga bo‘lish, bo‘g‘in chegarasini aniqlashni 
o‘rgatish muhim sanaladi. Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar so‘zlarni bo‘g‘inlarga 
to‘g‘ri ajrata olsalar, o‘qish ko‘nikmasini ham yaxshi egallaydilar. 
O‘qishning dastlabki bosqichida orfografik o‘qishdan foydalaniladi, asta- 
sekin orfoepik o‘qish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Talaffuzi yozilishiga mos 
kelmaydigan tovushlar ishtirok etgan so‘zlar oldin orfografik, so‘ngra orfoepik o‘qib 
beriladi va ularning o‘qilishi bilan yozilishi taqqoslanadi. O‘quvchilar muayyan 


20 
darajada tushunchaga ega bo‘lgan!aridan so‘ng orfoepik o‘qish mashq qilinadi. 
Savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodi 
Analitik-sintetik (tovush-tarkib) tovush metodiga K.D.Ushinskiy asos solgan. 
Bu metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. Shu bois analitik-sintetik tovush 
metodining an’anaviy hamda shakllanish, tashkil topish jarayonidagi tamoyillari 
quyidagilardan iborat: 
1. 
Savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsni shakl- 
lantirish maqsadiga ko‘ra ta’limiy va o‘stiruvchi xarakterda bo‘ladi, nutqiy mashqlar 
orqali aqliy o‘sishini ta'minlaydi, o‘qishning ongli bo‘lishini talab etadi. 
2. 
Analitik-sintetik tovush metodi tashkiliy tomondan quyidagi ikki davrga 
bo‘linadi: 
a) 
alifbegacha tayyorlov davri; 
b) 
alifbo davri. 
Bunda yozuvga o‘rgatish o‘qishga o‘rgatish bilan parallel holda olib boriladi. 
3. 
Analitik-sintetik tovush metodida psixolingvistik nuqtai nazardan 
quyidagilarga e’tibor qaratiladi: 
a) 
savod o‘rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq 
malakasiga asoslanadi; 
b) 
savod o‘rgatishga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajra- tishga, 
analiz va sintez qilishga, tovushlar artikulatsiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni 
rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi; 
d) o‘qish birligi sifalida bo‘g‘in olinadi, bo‘g‘in ustida ishlashga katta 
ahamiyat beriladi. 
Metodning shakllanish va tashkil topish jarayonidagi tamoyillari 
quyidagilardir: 
1. 
Ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan: savod o‘rgatish 
jarayonida o‘quvchilarga differensial va individual yondashish (bu bolaning umumiy 


21 
rivojlanishi hamda o‘qish va yozishga tayyorligiga bog‘liq). 
2. 
O‘qitishning istiqboli nuqtayi nazaridan: grammatika, so‘z yasalishi, 
imlo, leksikologiyaga oid bilimlarni nazariyasiz amaliy asosda muntazam berib 
borish. 
3. 
Psixolingvistik nuqtai nazaridan: tovush va harfni o‘qitishning qulay 
usulini izlash, tovush va harflarning mosligini, osonligini, ta’limning tarbiyaviy va 
o‘stiruvchi xarakterini hisobga olish. 
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarga tarbiya ham berib boriladi. Tarbiyalash 
didaktikaning muhim tamoyillaridandir. Maktabda axloqiy tarbiya beriladi, ilmiy 
dunyoqarash elementlari shakllantiriladi. Bolalar darsda ommaviy siyosiy 
tushunchalarni egallaydilar. 
,,Alifbe“ sahifalarida do‘stlik, baynalmilal munosabat, bolalar mehnati, tabiat, 
kattalar mehnat i. bolalar o‘yinlari, oila, maktab hayotiga oid rasmlar berilgan, turli 
mavzularda matnlar keltirilgan. Bular bolalarda o‘zaro do‘stlik, mehnatsevarlik, 
mehnatni qadrlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, tabiatni sevish va asrash
hay- vonot dunyosiga qiziqish, ularni muhofaza qilish, maktab va o‘qishni sevish, 
umuman, estetik tarbiyani shakllantiradi. Demak, bolalarga axloqiy, 
g‘oyaviy- siyosiy, mehnat va estetik tarbiya berish ham savod o‘rgatish vazifasiga 
kiradi. 

Yüklə 328,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə