Gumanitar fanlar fakulteti 60111400 “O’zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi” 4- kurs 19-6- guruh talabasi Qoʻshboyeva Sevara Abdumannob qizi


II BOB. ONA TILI TA’LIMINI O’QISHTISH JARAYONIDA XORIJ



Yüklə 328,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix19.12.2023
ölçüsü328,4 Kb.
#151610
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
II BOB. ONA TILI TA’LIMINI O’QISHTISH JARAYONIDA XORIJ 
TAJRIBASI 
2.1. Davlat tilini o'qitishda Finlyandiya tajribasi 
Keyingi yillarda ona tilimizni asrab avaylash, davlat tili sifatidagi aqomini 
ko'tarish, jahon miqyosida o'rganilishini rag'batlantirish va targ'ibotini kuchaytirishga 
alohida e'tibor qaratilmoqda. 
Prezidentimizning 2020 yili 6-noyabrdagi taʼlim tizimini isloh qilishga doir 
farmon va qarorlarida Finlyandiya tajribasini oʻrganish masalasi tegishli idoralar, 
jumladan, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oldiga vazifa sifatida 
qoʻyilgan edi. Shunga koʻra mazkur davlat tajribasi oʻrganilmoqda. 
Bu saʼy-harakatlar zimmamimizga mamlakatimizdagi taʼlim muassasalarida 
oʻzbek tilini oʻqitish samaradorligini oshirish masʼuliyatini yuklamoqda. Bu borada 
ham ilgʻor xorijiy davlatlar, xususan, Finlyandiya tajribasi oʻrganilyapti. 
Ayni paytda mazkur mamlakatdagi 2341 ta maktabda 560 ming nafar oʻquvchi 
tahsil olyapti. Finlyandiya maktablari oʻquv rejasiga koʻra, toʻqqiz yillik haftalik 
umumiy yuklama 233 soat. Bu koʻrsatkich Oʻzbekistonda 246 soatni tashkil etadi. 
Finlar shundan 42 soatini ona tili va adabiyot faniga ajratadi. Mamlakatimizda ona tili 
va adabiyot fanining ulushi 2018-yilda 61 soatni tashkil etgan, 2021-yilda esa 51 
soatga tushgan. 
Ammo oʻzbek tili (davlat tili)ning ulushi 2018-yildagi 16 soatdan bu yil 21 
soatga koʻtarilgan. Bu mamlakatimizda taʼlim oʻzbek tilidan boshqa tilda olib 
borilayotgan maktablarda davlat tilini oʻqitishga eʼtibor kuchaytirilganidan dalolat 
beradi. 
Xuddi shunday koʻrsatkichlar, yaʼni ona tili va adabiyoti fanining boshqa barcha 
fanlarga nisbatan ulushi Germaniyada 13,4 foiz, Janubiy Koreyada 17,8 foiz, 


30 
Yaponiyada 19,1 foiz, Rossiyada 17,5 foiz, Belarusda 13,4 foizni tashkil etishi 
kuzatildi. 
Finlyandiya maktablarida ona tili sifatida fin, shved, sami, sigan tili oʻqitiladi. 
Mamlakatda ikkita davlat tili mavjud. Ona tili fin tili boʻlganlar shved tilini, ona tili 
shved tili boʻlganlar fin tilini davlat tili sifatida oʻrganadi. Ona tili sami yoki sigan, rus 
tili boʻlganlar ham fin yoki shved tilini oʻrganishadi. 
Mamlakatimizda umumiy oʻrta taʼlimning yangidan ishlab chiqilayotgan Milliy 
oʻquv dasturida “Til va adabiyot fanlari ona tili, adabiyot, oʻzbek tili (taʼlim boshqa 
tillarda olib boriladigan maktablar uchun), qardosh tillar (qozoq, qirgʻiz, tojik, 
turkman), rus tili (taʼlim rus va oʻzbek tilida olib boriladigan maktablar uchun) oʻquv 
predmetlarini qamrab oladi hamda ularning oʻzaro aloqadorligini taʼminlaydi”, deb 
qayd etilgan. 
Bugungi kunda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taʼlim yetti tilda olib boriladi. 
Jumladan, 2 ming 69 ta maktabda taʼlim rus, qoraqalpoq, qozoq, tojik, turkman, qirgʻiz 
tillarida olib boriladi va har bir millat vakillari uchun millatlararo bagʻrikenglik 
tamoyili asosida zarur sharoitlar yaratilgan. Oʻquv jarayoni oʻquvchilarning oʻz ona 
tilida tashkil etilgan va ushbu maktablarning har birida barcha fanlardan darslik va 
oʻquv metodik adabiyotlar mavjud. 
Fin taʼlim tizimida oʻquvchilarning til oʻrganish qobiliyatini rivojlantirish 
bolalikdan boshlanadi va hayot mobaynida davom etadi. Bu jarayon uyda, maktabda 
va maktabdan tashqari vaqtlarda rivojlantiriladi. Maktabda til oʻqitishning asosiy 
prinsipi turli vaziyatlarda tildan foydalanishga oʻrgatish hisoblanadi. 
Birinchi-ikkinchi sinflarda ona tili va adabiyotni oʻqitishda oʻquvchilarning 
individual qobiliyatini hisobga olgan holda ongli yondashish, oʻzini namoyon qilish 
va muloqot layoqatini, shuningdek, tinglash, gapirish, oʻqish va yozish qobiliyatini 
rivojlantirish alohida vazifa hisoblanadi. 


31 
Uchinchi–oltinchi sinflarda fanning oʻziga xos maqsadi oʻquvchilarni oʻzini 
namoyon qilish, oʻzaro taʼsir oʻtkazish, oʻqish va yozish qobiliyatini oshirishga 
qaratiladi. Bundan tashqari, ushbu bosqichda matn janrlari doirasi kengayadi. 
Oʻquvchilarga koʻproq turli matnlarni talqin va tahlil qilish, tuzish va baholash 
koʻnikmalari oʻrgatiladi. Bolalar tanlagan qiziqarli kitoblar va boshqa multimediali 
matnlar oʻquv jarayonida qoʻllanadi. Oʻquvchilar oʻqish orqali dunyoqarashini 
kengaytiradi. Maktabdan tashqari madaniy va multimedia xilma-xilligi orqali ona tili 
va adabiyotini oʻrganish imkoniyatidan keng foydalaniladi. 
Oʻzbekistonda esa oʻquvchiga tilni oʻqitish orqali u boʻyicha egallanadigan 
nutqiy faoliyat turlari: tinglab tushunish, gapirish, oʻqish va yozish amallarini har bir 
sinfda oʻrgatish, mustaqil fikr almasha olish, eshitilgan matnni idrok etish, yozma 
manbalarni oʻqish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga oʻz munosabatini bildirish 
malakasini egallash dinamikasi nazarda tutiladi. 
Adabiyot — soʻz sanʼati. Shu sababli ona tilini puxta oʻzlashtirmasdan turib, 
adabiyotning goʻzalligi va qudratini anglab boʻlmaydi. Ona tili va adabiyot fani 
darslari mazmuni oʻquvchida soʻzga qiziqish va eʼtibor hissini muntazam oʻstirib 
borishdan, ularga soʻzning ahamiyati, turli matnlarda tutgan oʻrnini tushuntirishdan 
iborat. 
Oʻzbekiston Milliy oʻquv dasturida maktab bitiruvchilarida til va adabiyot 
fanlari boʻyicha rivojlantiriladigan umumiy kompetensiyalar belgilanmoqda. Ularni 
nutqiy (ogʻzaki va yozma nutq malakasi, oʻqish va tushunish, tinglab tushunish) 
hamda lingvistik kompetensiyalar (lingvistik malaka: fonetika, imlo, leksikologiya, 
morfologiya, sintaksis) orqali shakllantirish koʻzda tutilgan. 
Finlyandiya maktablarida oʻquvchilarning til koʻnikmalari va milliy madaniyati 
hisobga olinadi. Maktab boshqa ona tilida soʻzlashadigan va boshqa madaniyatga 
mansub boʻlgan oʻquvchilar uchun oʻrganish hamda muloqot qilish imkoniyatini 


32 
yaratishi kerak. Oʻqituvchilar oʻz fani boʻyicha fin va shved tilida dars bera olishi 
lozim. Barcha koʻrsatmalar umumiy oʻrta taʼlim uchun oʻquv dasturida belgilangan 
muddao va tamoyillarga muvofiq boʻlishi koʻzda tutiladi. Maqsad oʻquvchilarni turli 
til va madaniyatlarni qadrlashga oʻrgatish, ikki va koʻp tillilikni targʻib qilish va shu 
orqali oʻquvchilarning lingvistik bilimlari va metalingvistik koʻnikmalarini 
mustahkamlashdan iborat. 
Yana bir holat borki, muayyan sinf yoki maktabda taʼlim qaysi tilda olib 
borilishi taʼlim toʻgʻrisidagi qonun doirasida, taʼlim oluvchilar va ularning ota-onalari 
qarorlari asosida belgilanadi Biroq zarurat boʻlsa, ona tili va adabiyot boʻyicha darslar 
hukumat qaroriga muvofiq birlashtirilishi mumkin. Bunday holda oʻqituvchilar 
umumiy oʻqitiladigan barcha fanlarning kamida yarmini ona tili sifatida belgilangan 
tilda oʻtishi kerak. Bu jarayonda oila va maktab oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga amal 
qilinadi. 
Ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillarni chet tili sifatida oʻrganish oʻquvchilarda 
koʻp tillilik, savodxonlik kompetensiyalarini shakllantiradi. Mutaxassislarning 
fikricha, fin tilini juda kam davlatlarda tushunishadi. Shuning uchun finlar dunyo 
aholisi muloqot qiladigan asosiy chet tillarni yuqori darajada oʻrganishni maqsad 
qilgan. Qolaversa, turli tillarda soʻzlashish qobiliyati fanlararo integratsiyani 
mustahkamlashga yordam beradi. 

Yüklə 328,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə