Gumanitar fanlar fakulteti 60111400 “O’zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi” 4- kurs 19-6- guruh talabasi Qoʻshboyeva Sevara Abdumannob qizi


Maktab hayotiga doir boshqa tafsilotlar



Yüklə 328,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/14
tarix19.12.2023
ölçüsü328,4 Kb.
#151610
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Maktab hayotiga doir boshqa tafsilotlar 
Maktablar hududi o‘ralmagan, kiraverishda qo‘riqchilar yo‘q. Aksariyat 
maktablarning kirish darvozasi avtomatik tizimga ega, binoga darslar jadvali asosida 
kirish mumkin. 
Darsda bolalar parta va stolda o‘tirishi shart emas, polda (gilamda) o‘tirish ham 
mumkin. Ba'zi maktablarda sinflar divan va kreslolar bilan jihozlangan. Kichik 
maktab inshooti gilamchalar bilan ta'minlangan. 
Forma yo‘q, kiyimga nisbatan qandaydir talablar ham yo‘q, istagan kiyimda 
kelish mumkin. Almashtirish uchun qo‘shimcha poyabzal talab qilinadi, lekin kichik 
va o‘rta zvenodagi bolalar paypoqda yurishni ma'qul ko‘rishadi. 
Iliq havoda darslar ko‘pincha ochiq havoda maktab oldida, maysalar ustida 
yoki maxsus jihozlangan qatorlarda o‘tkaziladi. Tanaffus vaqtida kichik maktab 
o‘quvchilari albatta ko‘chaga olib chiqiladi. 
Uy vazifalari kamdan-kam beriladi. Bolalar dam olishlari kerak. Ota-onalar 
bolalar bilan dars qilishga majbur emas, buning o‘rniga pedagoglar muzey, o‘rmon 
yoki suzish havzasiga oilaviy borishni tavsiya qilishadi. 
"Doska oldida" o‘qitish usuli qo‘llanmaydi, bolalar materialni so‘zlab berish 
uchun doska oldiga chaqirilmaydi. O‘qituvchi darsga umumiy tus beradi, so‘ngra 
o‘quvchilar orasida yurib, ularga vazifalarni bajarishga yordam beradi va jarayonni 
nazorat qiladi. O‘qituvchining yordamchisi (fin maktablarida o‘qituvchi 
yordamchilari ham bo‘ladi) ham xuddi shu ish bilan band bo‘ladi. 
Daftarga qalam bilan yozish va qancha xohlasa, shuncha o‘chirish mumkin. 
O‘qituvchi ham vazifani qalamda tekshirishi mumkin. 


41 
7–9 sinflar: 
Fin tili va adabiyoti (o‘qish, o‘lka madaniyati), shved, ingliz tili, matematika, 
biologiya, geografiya, fizika, kimyo, salomatlik asoslari, din (yoki hayotiy 
tushunchala musiqa, tasviriy san'at, jismoniy tarbiya, tanlov asosidagi fanlar va 
mehnat (o‘g‘il va qiz bolalar ajratilmaydi). Barcha birdek sho‘rva tayyorlashni va 
arralashni o‘rganadi. 9-sinfda ikki hafta davomida "mehnat hayoti" bilan tanishiladi. 
Bolalar o‘zlari uchun istagan "ishchi o‘rni"ni topib, katta ishtiyoq bilan "ishga" 
borishadi. 
Baho kimga kerak? 
Mamlakatda 10 ballik tizim qabul qilingan, ammo 7-sinfgacha faqat so‘zda 
baho qo‘yiladi: o‘rtadan pastroq, qoniqarli, yaxshi, a'lo. 1-3 sinflarda umuman hech 
qanday ko‘rinishdagi baholar yo‘q. 
Finlyandiyada barcha maktablar «Wilma» davlat elektron tizimiga ulangan, bu 
elektron maktab kundaligidek gap, har bir ota-ona unga kirish uchun shaxsiy kodga 
ega. Pedagoglar baho qo‘yib, davomatni belgilab, bolaning maktabdagi hayoti haqida 
xabar berib borishadi; shuningdek psixolog, ijtimoiy xizmatchi, "kelajak 
o‘qituvchisi", feldsher ham u yerda kerakli ma'lumotni qoldiradi. 
Fin maktablarida baholar xavotir uyg‘otmaydi, ular faqat o‘quvchining o‘zi 
uchun kerak, qo‘yilgan maqsadga erishishda bolaga motivatsiya berish va o‘zini 
tekshirish uchun qo‘llaniladi. Baholar o‘qituvchi, maktab nufuziga ta'sir 
ko‘rsatmaydi va hech qanday ko‘rsatkichlarini buzmaydi. 

Yüklə 328,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə