Tezlik va vaqt bo‘yicha masofani aniqlash



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix25.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#161317
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
\'Untitled.FR11.pdf ìàñ (1)



121
TEZLIK VA VAQT BO‘YICHA 
MASOFANI ANIQLASH
Masala. «Tiko» avtomobili 1 soatda 70 km yo‘l yurdi. U shunday 
tezlik bilan 2 soatda necha kilometr yo‘l yuradi? 3 soatda-chi?
Yechish. 2 soatda o‘tilgan yo‘l 1 soatda o‘tilgan yo‘ldan 2 marta uzun 
bolgani uchun avtomobil 2 soatda 70 • 2 = 140 (km) yo‘l bosadi. 3 soatda 
bosgan yo‘li: 70-3=210 (km) bo‘ladi. «Avtomobil 1 soatda 70 km yo‘l yurdi» 
deyish o‘rniga «Avtomobilning tezligi soatiga 70 km» yoki avtomobil 
70 km/soat tezlik bilan harakatlanyapti deyish ham mumkin.
Uzunlikning o‘lchov birliklari m m , sm, dm , m, k m ; vaqtning 
o‘lchov birliklari sek u n d , m in u t, s o a t bolgani kabi tezlikning ham 
o‘lchov birliklari bor. Ular m/min, m/s, km/s, km/min, km/soat bolishi 
mum kin. Tezlikning o‘lchov birliklarini yozganda avval uzunlik 
birligi yozilib, so‘ng qiya chiziq «/» (yoki «—») qo‘yiladi va qiya chiziq 
tagiga vaqt yoziladi. Masala yechimini shunday yozish mumkin: 
Yechish. 
1
) 7 0 k m /soa t • 2 soat=140km Javob: 140km.
2) 70 k m /soa t • 3 soat=210km. Javob: 210km .
Berilgan tezlik va berilgan vaqtga ko‘ra bosib o‘tilgan yo‘lni topish 
uchun tezlik va vaqtni o'zaro ko'paytirish kerak. TJmuman, soatiga 
v km yo‘l bosayotgan jismning t soatda o‘tgan yo'lini S harfi bilan 
belgilasak, buyo‘1 S = v • t formulaga (qoidagd) ko‘ra hisoblanadi.
1. 
Gulchehra 1 soatda 4 km yo‘l o‘tadi. Shunday tezlik bilan 2 
soatda necha kilom etr y o‘l bosadi? 3 soatda-chi? 4 soatda- 
chi? 30 minutda-chi?
2. 
Poyezd 56 km/soat tezlik bilan ketyapti. U a) 2 soatda; b) 5 soatda 
necha kilometr yo‘l o‘tadi?
3. 
«Neksiya» avtomobili 90 km/soat tezlik bilan yuryapti. Uning 1 
m in u td a , 10 m in u td a, 15 m in u td a, y a rim soa td a o ‘tgan 
yo‘lini toping.
128


4. Mashina 1 soatda 72 km yo‘l yurdi. U 1 minutda qancha 
masofani o‘tadi?
Yechish. 
1
) 1 km = 1000 m; 
2) 72 km = 72 000 m
3) 1 soat = 60 minut; 
4) 72 000 m : 60 = 1 200 m = 1 km 200 m 
Javob: Mashina 1 minutda 1200 m yo‘l yuradi.
5. 
Mohira 100 qadam tashlaganda 50 metr, uning otasi 150 qadam 
tashlaganda 90 metr yo‘l bosadi. 180 metr masofani bosish uchun 
Mohira necha qadam tashlashi kerak? Otasi-chi?
6

Poyezd 20 km masofani 20 minutda, Qorabayir ot esa 30 minutda 
o‘tadi. Ularning har biri 1 soatda necha kilometr yo‘l yuradi?
7. 
100 m etrga yugurishda Dilnoza 
m a r ra g a
2 0
s e k u n d d a k e ld i.
X adich a 160 m etr m asofaga 40 
sekundda yugurib bora oladi. 
2 0 0
metrlik masofaga shunday tezlik 
bilan yugurishsa, m arraga kim
birinchi bo‘lib keladi? \
8

Ikki qishloq orasidagi m asofa 34 km. Bu qishloqlardan bir 
vaqtda bir-biriga qarab piyoda va velosipedchi yo‘lga chiqdi. 
V e losip ed ch in in g tezlig i 12 k m /soat va p iyod a n in g tezligi 
5 km/soat bo‘lsa, ular necha soatdan keyin uchrashadi?
9. 
Ikki qishloq orasidagi m asofa 34 km. Bu qishloqlardan bir- 
biriga qarab bir vaqtda piyoda va velosipedchi yo‘lga chiqdi. 
Velosipedchining tezligi 12 km/soat. Agar ular 2 soatdan so‘ng 
uchrashishgan bo‘lsa, piyodaning tezligini toping.
10. Ikki qishloqdan bir-biriga qarab bir vaqtda velosipedchi va 
piyoda y o lg a chiqishdi. V elosipedchining tezligi 12 km/soat. 
Piyoda 1 soatda 5 km yo‘l bosadi. Agar ular 2 soatdan so‘ng 
uchrashishgan bo‘lsa, qishloqlar orasidagi masofani toping.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə