Turkiston hududida turli millat vakillarining tarkib topishidagi muhim jihatlar



Yüklə 18,18 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü18,18 Kb.
#156601
Документ Microsoft Word (2)


TURKISTON HUDUDIDA TURLI MILLAT VAKILLARINING TARKIB TOPISHIDAGI MUHIM JIHATLAR


Narzullayev Farruxbek
BuxDU Tarix va yuridik fakulteti arxeologiya ta’lim yo‘nalishi talabasi
Melsova Mohinabonu
BuxDU Tarix va yuridik fakulteti arxeologiya ta’lim yo‘nalishi talabasi


Annotatsiya: Ushbu maqolada Turkiston hududida turli millat vakillarining ko’chib kelib, ushbu hududda tarkib topishi va uning o’ziga xos muhim jihatlari ilmiy tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: Turkiston, millat, hudud, milliy hududiy chegaralanish, millat vakillari, elat, migratsiya, o’zbek xalqi.
Bizning shonli tariximizning qarib yuz yilidan ortig‘i Rossiya mustamlakachiligida o‘tdi. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng barcha sohalar qatori fan, ta’lim, madaniyat, sohalarida o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.Xalqimizning boy ma’naviy merosi, qadriyati va buyuk tarixi asl o‘rnini topdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, hamma o‘z tarixini ulug‘laydi. Lekin, bizning mamlakatimizdek boy tarix va ulkan ilmiy yutuqlar hech qayerda yo‘q deya g‘urur bilan ayta olaman.
Chunonchi, o‘zbek xalqining shakllanishi ham uzoq o‘tmishga borib taqaladi. O‘zbek xalqining kelib chiqishi to‘g‘risida turli xil nazariyalar bo‘lib, olimlar tomonidan ilgari surilgan.
O‘zbek xalqining kelib chiqishi haqida 3 xil yondashuv mavjud va ular quyidagilar:

  1. O‘zbek etnosi qadimdan shu yerda yashab kelgan qabila va elatlardan tashkil topgan. Bu yerda yashab kelgan so‘g‘d va baqtriya, xorazm, sak-massagetlar turkiy tilda so‘zlashgan;

  2. O‘zbek xalqi bu davrda o‘rta asrlar oxiri yani XVI asrda Shayboniy o‘zbeklardan tarkib topgan;

  3. XIX-XX asrning 40-yillarida professor Yakubovskiyning ishlab chiqqan “Avtoxtonizm konsepsiyasi” nazariyasi asosida.1

Birinchi qarash tarafdorlari ko‘proq so‘nggi o‘rta asrlar davrida yozilgan tarixiy dalillar va diniy-mifologik qarashlar qorishmasida yozilgan asarlardan foydalanadi. Sobiq sho‘ro hokimiyatining dastlabki yillarida ikkinchi qarash asosida yozilgan asarlar paydo bo‘ldi. Bu qarashga asosan, o‘zbeklar turkiy tilda emas, eroniy tilda so‘zlashgan. O‘zbeklar XVI asrda Shayboniyxon bilan kirib kelgan xalq hisoblanadi. Baqtriya, So‘g‘d, Shosh, Marg‘iyona tub joy aholisi tojiklarning avlodlari bo‘lgan degan g‘oya ilgari surildi.
Yakubovskiyning fikricha, Turk xoqonligi davrida kirib kelgan turkiy komponentlar va mahalliy aholi o‘rtasidagi etnik madaniy munosabatlarning rivoji hududdagi etnik jarayonlar taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatdi. Umuman olganda, XX asrdan boshlab Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam va o‘z navbatida, so‘g‘diylar va boshqa mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni jadallashgan. XIX-XX asrlarda yurtimiz hududida ko‘chib kelgan xalqlar tarixi bevosita Rossiya bosqini bilan bog‘liq. Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyodagi uchta xonlikni egallagandan so‘ng 1867-yili Turkiston general gubernatorligi tashkil etilgandan keyin rus aholisining bir qismi mustamlaka hududlariga ko‘chib kelishi kuchaygan. Dastlab ko‘chib kelganlar rus qal’alari va istehkomlari tevaragiga joylashtirilgan va juda katta imtiyozlar ajratilgan. Ular asosan Voronej, Samara, Xarkov va Orenburg guberniyalaridan ko‘chib kelgan rus, ukrain va qisman nemislar edi. Rossiya O‘rta Osiyodagi harbiy yurishlarni davom ettirib, bu yerda rus qo‘shinlariga va mustamlakachi ma’muriyatga tayanch bo‘ladigan hamda o‘lkaning boyliklarini metropoliyaga olib ketish bilan band, zarur bo‘lsa mahalliy xalqlarning isyonlarini bostirishga qo‘shimcha kuch sifatida xizmat qiladigan rus va umuman sharqiy slavyan nasroniy aholisini ko‘proq joylashtirish tarafdori edi.2 Buni juda chuqur tushungan, kazaklarni asosan chegaralarga yaqin yerlarda yashashlari harbiy jihatdangina foydali, deb hisoblagan general-gubernator Kaufman va Yettisuv viloyatining harbiy gubernatori general Kolpakovskiy 1868-yil Irtish daryosining yuqori qismidan Issiqko‘l havzasigacha chegara chizig‘i bo‘ylab kazaklarning stansiyalarini barpo etish masalasiga o‘zlarining salbiy munosabatlarini bildirishgan. 1881-yilning o‘rtalariga qadar Kaufmanning taklifiga binoan Rossiyadan ko‘chib keluvchilar Astraxan va Saratov guberniyalarining dehqonlari afzalroq deb topilgan hamda Talas, Chu vodiylaridagi qirg‘iz yerlarini, Yettisuv va Dasht o‘lkasining boshqa tumanlarini o‘z ichiga olgan. Ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha joylashtirmay, ayni vaqtda bir yo‘nalish bo‘yicha yer, suv munosabatlari murakkab bo‘lgan Toshkent vohasiga joylashtirgan. 1881-yilning iyulidan 1886-yilning iyunigacha bo‘lgan davrni Turkistonga ko‘chib kelishning yangi bosqichi desa bo‘ladi. Ko‘chib kelganlarning aksariyati shaharlarga o‘rnashadi. Chunonchi, 1907-yilda Farg‘ona vodiysiga sharqiy slavyan millatlariga mansub 24346 kishi bo‘lsa, shundan 2/3 qismi shaharda yashar edi. Shaharda qurilish ishlarida ishtirok etish uchun 1892-yilda 27 ta millat vakillari ishga olingan. Bu davrda Yangi Buxoro shahrida 345 ta rus, 50 ta polyak, 30 ta nemis, 10 ta grek, 40 ta gruzin va osetin, 115 ta arman, 115 ta tatar, 345 ta yahudiy, 845 ta mahalliy o‘zbek vakillari isteqomat qilishgan. Arxiv hujjatlaridagi ma’lumotlarga qaraganda 1918-yilda Turkiston ASSRning Sirdaryo viloyatida 1.773.000, Amudaryo viloyati 252.000, Farg‘onada 245.000, Turkmanistonda 404.000, Yettisuv 1.281.000, Samarqand viloyatida 1.200.000 aholi isteqomat qilgan.


1 Asqarov A. O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi.T.:”O‘zbekiston” nashriyoti,2015.B-700 b-48-50

2 Jo‘rayeva Nargiza. Rossiya imperiyasining Turkistonga aholini ko‘chirish siyosati va uning mustamlakachilik mohiyati. JURNAL OF NEW CENTURY INNAVATIONS.2022 may

Yüklə 18,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə