Reja: Geografik sharoiti va tarixiy rivolanishining muhim jihatlari



Yüklə 43,1 Kb.
tarix23.04.2018
ölçüsü43,1 Kb.
#39871

Arab mamlakatlarining umumiy ta’rifi
Reja:
Geografik sharoiti va tarixiy rivolanishining muhim jihatlari.

Neftdan keyingi rivojlanish siyosati.

Tabiiy sharoiti va resurslarining xo‘jalik nuqtai nazaridan bahosi.

Xo‘jaligiga umumiy ta’rif.

Qishloq xo‘jaligi.

Sanoati.

Transporti.

Tashqi iqtisodiy aloqalari.
Tayanch so‘z va iboralar: voha; daryo vodiysi; allyuviy; neft; iqlim mintaqasi; O‘rta dengiz iqlimi; mehnat resurslari; immigrant; aholi; tabiiy o‘sish; yengil sanoat; tog‘-kon sanoati; ekstensiv xo‘jalik; eksport; import.

Zamonaviy Mashriq o‘z ichiga 13ta arab davlatlarini va Isroil davlatini hamda mintaqa aholisining ¼ qismdan kamrog‘ini oladi. Shu bilan birga mintaqa dunyoning madaniy, siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim o‘rinni egallaydi. Bu bilan Mashriq ikkita omilga tayanadi: qulay geografik o‘rin va neftga juda boy.



Geografik sharoiti va tarixiy rivolanishining muhim jihatlari. Arab Sharqi dunyoning uch qismi tutashgan yerda, Ko‘hna Dunyo hududining “o‘g‘irlik markazi” yaqininda joylashgan. Mintaqa Atlantika va Hind okeanlari tutashgan yerda joylashgan. Uning hududi bo‘yicha O‘rta dengizdan Qizil dengiz va Fors ko‘rfaziga havzalararo yuk tashilgan va yuk tashilmoqda.

Tabiiy geografik jihatdan mintaqa turli qismlarga bo‘linadi. Rayon hosil qiluvchi arellar – ikkita allyuvial tekisliklar: Nil vodiysi (Misr) va Tigr hamda Yefrot daryo oralig‘i. Bu ikki qadimgi sug‘orma dehqonchilik yerlari dunyo ahamiyatiga molik ikki madaniyat o‘choqlaridir. Tashqi tomondan bu yerlar o‘tish qiyin bo‘lgan to‘siqlar bilan chegaralangan: shimoldan va sharqdan bu daryo oralig‘i Anatoliya va Eron tog‘liklari bilan; Nil vodiysi Mag‘ribdan keng, deyarli inson yashamaydigan Liviya cho‘li bilan ajralgan. Faqat shimolda ikkita taqasimon bog‘lanadigan qadimdan ishlov beriladigan yerlar joylashgan. Bu yer “Barokatli Yarimoy ” deb ataladi.

“Barokatli Yarimoy” qulay geografik o‘rinda ikki daryo oralig‘i va Misr o‘rtasida quruqlikda transit o‘tish yo‘lida joylashgan. Bu yer Yevropa, Osiyo va Afrika o‘rtasida vositachilik rolini o‘ynaydi.

Mintaqaning janubiy qismi – Arabiston yarimoroli Mashriqning katta qismini egallab, asosiy qismi cho‘ldan iborat. Shahar hayoti qadimdan bu yerda sohilbo‘ylarida, asosan g‘arbda to‘plangan. Faqat Yamanda namlik yetarli bo‘lib, qadimdan aholi zich yashaydi.

Zamonaviy iqtisodning energiya xom ashyosi neft zahirasi bo‘yicha mintaqa dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. Mashriqning 4ta mamlakati (Saudiya Arabistoni, Iroq, Quvayt, BAA) so‘nggi o‘n yilliklar mobaynida dunyo neft qazib chiqaruvchi yetakchilari o‘ntaligiga doimo kirib kelmoqda.

Asosiy neft konlari Mashriqning sharqiy qismida – Fors ko‘rfazi bo‘yida, oz qismi Zagrosning tog‘ oldi bukilmasida to‘plangan. Aksincha g‘arbiy qismi konlardan mahrum. Neft qazib chiqaruvchi yirik davlatlarda (masalan, Eron va Iroqda) neft eksportidan tushadigan daromadlarni milliy iqtisodiyot uchun o‘zlashtirish va ko‘p sonli aholi o‘rtasida taqsimlash cheklangan. Aholisi kam sonli mamlakatlarda bunday emas. Neft daromadlarini milliy jihatdan o‘zlashtirish iste’mol mahsulotlarini yoppasiga import qilish yo‘lidan bordi. Keyingi qadamlar qurilishni avj oldirish sari qo‘yildi: qudratli uy-joy, ma’muriy va infratuzilma qurilishlari. Cho‘llarda ulkan xalqaro aeroportlar, avtomagistrallar, energiya ta’minoti tizimi (uglevodorod yoqilg‘isida ishlovchi IES), suv ta’minoti (dengiz suvini chuchuklashtiruvchi o‘nlab qurilmalari va chuqur gidrogeologik burg‘ulash qurilmalari o‘rnatildi), hukumat va qirollik rezedensiyalari, diplomatik kvartallar paydo bo‘ldi.

Qurilish ishlarini mintaqa mamlakatlari o‘z kuchlari bilan amalga oshira olmas edi. Aholi kam; umuman aholi o‘rtasida mehnat resurslarini hissasi katta emas, islom an’analariga binoan ayollar jamoat ihlariga jalb etilmaydi; mavjud mehnat resurslari past malakali, zamonaviy muhandis-texnik ishlarda tajribaga ega emas, katta qismi savodsiz. Mehnatga layoqatli aholining nisbatan kichik qismi ishlab chiqarishda ishtirok etishga xohishi yo‘q; davlat tomonidan tub joy ahilisi o‘rtasida katta milliy daromadlarni taqsimlanishi shu daromadlar foydasi hisobiga hayot kechirish imkonini beradi. Birmuncha “iqtisodiy foydali” yoshlarning katta qismi G‘arbda oily ma’lumot olish uchun mamlakatni tark etishadi. Umuman bu mamlakatlar aholisi o‘rtasida bandlik hissasi 20% dan oshmaydi.

Barcha qurilish va muhandislik ishlarining ulkan hajmi xirij ishchilari tomonidan bajarilgan. Bu mamlakatlarda ishlayotganlarning ko‘pchiligini xirijliklar tashkil etadi. Bu mamlakatlar ishchi – imigrantlarni nisbatan yuqori ish haqqi bilan o‘zlariga jalb etishadi (emigratsiya mamlakatlariga nisbatan 10-15 marta yuqori).



Neftdan keyingi rivojlanish siyosati. Geologiya qidiruv ishlari shuni ko‘rsatadiki, mintaqadagi neft zahiralari hali juda katta, lekin ular cheklanmagan miqdorda emas. Bu neft boyligining doimiy emsligiga birinchi bo‘lib neft zahirasi kam bo‘lgan Baxrayn duch keldi. Baxrayn ortidan boshqa neft eksport qiluvchi monarxiyalar neft tugagunga qadar mavjud daromadlardan qanday foydalanish kerakligi haqida neftdan keyingi rivojlanish davriga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘ylab qolishdi.

Kelajakda iqtisodiyotni asosi uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha ketadi:



  1. xo‘jalik diversifikatsiyasi (neftga ixtisoslashgan “monokultura”dan voz kechishga harakat.);

  2. moliya-investitsiya faoliyatining ko‘lami xorijda uzoq muddatli va ishonchli mablag‘larni joylashtirish;

  3. kadrlarni milliylashtirish.

Mahaliy iqtisodni diversifikatsiyasi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida olib borilmoqda. Mamlakatlar xom neft va gaz eksportidan neft mahsulotlari va neft hamda gaz kimyosi mahsulotlari eksportiga o‘tish uchun harakat qilmoqdalar. Quvayt NQIZning quvvati 90%ni tashkil etadi, neft mahsulotlaari eksportidan kelayotgan daromadlar esa xom neft eksporti daromadlaridan ortiq bo‘lmoqda. Shuningdek yoqolg‘i eksporti o‘rnini energiya talab mahsulotlar egallamoqda (import ruda asosida alyuminiy va po‘lat quyish). Yirik neftni qayta ishlovchi va neftkimyo mahsulotlari Saudiya Arabistonida – Al-Jubayl (Fors ko‘rfazi sohilbo‘yida) va Yanbu (Qizil dengiz sohilbo‘yida), Quvaytda – Ash-Shuayba va Qatarda – Umm-Said, BAAda – Ruvays (Abu-Dabi amirligida) rivojlanmoqda. Import ruda asosida ishlivchi energiya talab metallurgiya korxonalari barpo qilingan: Baxrayn va BAAdagi alyuminiy zavodi; Qatarda to‘liq quvvatli metallurgiya kombinati; Ummonda mis quyuvchi zavod.

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun ko‘plab loihalar ishlab chiqildi. Bu sohada importga qaramlikni kamaytirish maqsadida mahalliy dehqonchilikni tashkil qilish uchun katta kompaniyalar jalb etilgan. U butunlay sun’iy sug‘orishga tayanadi va o‘z navbatida suvni chuchuklashtiruvchi qurilmalar va nasos stansiyalar ishiga asoslanadi. Saudiya Arabistonida bug‘doy (o‘zini butunlay ta’minlab hatto eksport qiladi), Quvaytda sabzavot , meva va gullar (amirlik Mashriq davlatlariga pomidor va qulupnay, G‘arbiy Yevropaga esa orxideya eksport qiladi) yetishtirish yer va xususiy agrar tajriba hisobiga emas neft hisobiga oshdi.

Ishlab chiqarish kuchlarini diversifikatsiyasining yo‘nalishi oxir-oqibat neftga tayanmoqda. Neftdan keyingi iqtisodiyot neftga asir bo‘lib qolmoqda. Sayyohlikda va asosan moliya sohasidagi jadal rivojlanish neftdan birmuncha holi xisoblanadi.

Saudiya Arabistonining xorijdagi sarmoyalari xajmi yuzlab milliard dollarni tashkil etadi, uning katta qismi AQSHga yo‘naltirilgan. Quvayt “British petroleum”, “Djeneral motors”, “IBM”, “Djeneral elektrik”, “Kodak”, “Lurji”, “Xexst”, “Total”, “Xitachi”, “Mitsubisi”, “Soni” kabi Britaniya, Kanada, Amerika, G‘arbiy Yevropa, Yaponiyaning o‘nlab kompaniyalarini egasi hisoblanadi. Quvayt Daniya, Niderlandiya, Italiyadagi NQIZlarning egasi hamdir. Daniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Norvegiyadagi minglab yoqilg‘i quyish stansiyalari; yirik G‘arbiy Yevropa aeroportlaridagi o‘nta avia quyish stansiyasi Quvayt mulki hisoblanadi. Quvaytning rivojlanga kapitalistik mamlakatlardagi cheklangan sarmoyalari 100 mld.dollardan kam emas. Xorijiy sarmoya qo‘yilmalaridan keladigan foyda asosiy valyuta daromad manbai bo‘lib qolmoqda.

Shimoliy Afrikada joylashgan arab mamlakatlari Atlantika okeani, O‘rta dengiz va Qizil dengizga tutash, Yevropadan Osiyo va Avstraliyaga boradigan muhim dengiz yo‘li yaqinida joylashgan. Bu mamlakatlar qadimdan O‘rta dengiz orqali Yevropa bilan va Janubi-G‘arbiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aloqalari qilib kelgan, bu esa shaharlar dengiz sohilida paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib kelgan. Shimoliy Afrikadagi arab mamlakatlari Janubi-G‘arbiy Osiyodagi arab mamlakatlariga bevosita yaqin turadi.

Tabiiy sharoiti va resurslarining xo‘jalik nuqtai nazaridan bahosi. Hududidan xo‘jalikda foydalanish xarakteri ko‘p jihatdan tabiiy-geografik sharoitlar kompleksiga va jumladan relyefga bog‘liq. Shimoliy Afrika mamlakatlarida dehqonchilik uchun eng qulay, yaxshi o‘zlashtirilgan hududlar dengiz sohilidagi pasttekisliklar, past tog‘lardir.

Shimoliy Afrika mamlakatlarining shimoliy qismi O‘rta dengiz tipidagi iqlim, janubda esa tropik iqlim mintaqasida, Sudan va Somalining janubi esa subekvatorial iqlim mintaqasida joylashgan, bu esa dehqonchilik ihtisosiga ta’sir etgan. Shimoliy Afrika mamlakatlarida Janubiy Yevropada ekiladigan ekinlardan ko‘plari yetishtiriladi. O‘rta dengiz iqlimi sitrus mevalar, zaytun daraxtlari, tok, shuningdek, mo‘tadil mintaqaning g‘alla ekinlari uchun qulaydir. Biroq yozgi haroratlar yig‘indisi Janubiy Yevropadagiga nisbatan ko‘proq, shuning uchun ham mevalar ertaroq pishadi va shirin bo‘ladi. Iqlim quruq bo‘lganidan kanallar qazish katta ahamiyatga ega. Cho‘l tropik iqlim mintaqasida Sahroi Kabirda vohalardagi sug‘oriladigan yerlardagina dehqonchilik qilish mumkin. Subekvatorial iqlim mintaqasida joylashgan mamlakatlarda moyli o‘simliklar, banan, mango, shakarqamish, kunjut yetishtirish juda qulay.

O‘simlik resurslari katta boylikdir. Shimoliy Afrikadagi tipik O‘rta dengizbo‘yi florasi orasida po‘kak emani eksportrda muhim ahamiyatga ega. Alfa o‘ti ham eksport qilinadi, bu o‘tdan eng yaxshi qog‘oz ishlanadi. Savanna o‘tlari chorva mollari uchun yaxshi yem-xashak bazasi xisoblanadi.

Nil daryosi energiyaning potensial manbasi sifatida alohida rol o‘ynaydi. Bundan tashqari Nil suvining yarmisi sug‘orish uchun ketadi. Vohalarda suv artizan quduqlardan olinadi.

Shimoliy Afrikadsagi Liviya, Jazoirda dunyodagi eng katta neft gaz konlari topilgan. Marokashdan Misrgacha boradigan Shimoliy Afrika fosforit zaxirasi umumiy geologik zaxirasiga ko‘ra horij mamlakatlarda birinchi o‘rinda turadi. Rudalardan mis, temir, xrom, surma, marganes konlari bor.

Aholisi. Shimoliy Afrikada joylashgan mamlakatlar aholisi tabiiy o‘sish hisobiga tez ko‘payib bormoqda. Bunga tibbiy xizmatning yaxshilanishi, tug‘ilish katta bo‘lgani bilan bir qatorda o‘limning kamaygani sabab bo‘ldi. Bu esa aholining yosh tarkibiga ham ta’sir ko‘rsatadi, keksalar esa juda kam.

Shimoliy Afrika aholisi, aksari, arab tilida gaplashadi, arab tili somiy-xomiy tillar oilasiga kiradi va bu mamlakatlarda davlat tili hisoblanadi. Marokash, Tunis, Liviya, Misr, Mavritaniya, Sudan, Jazoir, Jibuti, Somali arab mamlakatlaridir. Dini islom.

Millioner shaharlar Qohira, Aleksandriya, Tunis, Al-Jazoir, Kasablanka.

Ko‘pincha dengiz sohillarida aholi zich yashaydi. Bu yerlarda yirik shaharlar, sanoat va hunarmandchilik korxonolari joylashgan. Daryo vodiylarida ham aholi zich yashaydi, chunki daryo vodiylarida qishloq xo‘jaligi va transport uchun sharoit qulay. Nil vodiysida aholi eng zich yashaydi.



Xo‘jaligiga umumiy ta’rif. Mustaqillik yillarida iqtisodni qayta qurish natijasida Shimoiy Afrikaning rivojlanayotgan mamlakatlarini xo‘jalik tizimida jiddiy o‘zgarishlarga erishildi. Sanoatning hissasi o‘sdi, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining hissasi kamaydi. Sanoat hissasi asosan neftgaz, yengil, oziq-ovqat, mettalurgiya tarmoqlari hisobiga oshdi.

Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish yetakchi o‘rinni egallaydi. Misr dunyoda ingichka tolali paxta bo‘yicha birinchi, Jazoir uzum yetishtirish va vino ishlab chiqarishda Afrikada birinchi, po‘kak daraxti yetishtirishda yetakchi o‘rinni egallaydi. Bir qator mamlakatlarda YaIMni shakllanishida qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi sanoat, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu mamlakatlarga Jazoir, Liviya, Mavritaniya, Marokash, Tunis, Misr misol bo‘ladi.



Qishloq xo‘jaligi. Shimoliy Afrikadagi rivojlanayotgan mamlakatlarda dehqonchilik asosiy rol o‘ynaydi. Dehqonchilik tabiiy ofatlardan, qurg‘oqchilik, toshqinlar, chigirtkadan katta zarar ko‘radi. Mehnat umumdorligi past, shuning uchun ko‘pchilik mamlakatlar chetdan oziq-ovqat keltirishga majburlar.

Eksport ekinlari daromad olishning va chet el valyutasi kiritishning asosiy manbaidir. Mahsuloti eksport qilinadigan va iste’mol qilinadigan ekinlar yetishtirish geografisi tabiiy sharoit bilan juda bog‘liq. Shimoliy Afrikada sitruslar va zaytun mevalari, sabzavot, mevalar, alfa o‘ti eksport qilinadi. Misr bilan Sudan chetga paxta chiqaradi. Cho‘ldagi vohalarda xurmo yetishtiriladi.

Donli ekinlardan bug‘doy Afrikani shimolida (Jazoir, Tunis, Marokash,Misr), makkajo‘xori (Misr, Marokash), Nil vodiysida (Misr) esa sholi yetishtiriladi.

Shimoliy Afrika mamlakatlarida chorvachilik ekstensiv xo‘jalikdir; haydab boqiladigan yaylov chorvachiligi, yarim ko‘chmanchi va ko‘chmanchi chorvachilik asosiy o‘rin egallaydi. Marokash va Sudanda qo‘ychilik birinchi o‘rinda turadi. Bir qancha mamlakatlarda tuya va echki boqiladi. Mavritaniyada esa baliqchilik asosiy daromad manbai hisoblanadi.



Sanoati. Shimoliy Afrika mamlakatlarida kon sanoati iqtisodiyotning mihim tarmoqlaridan biridir. Bu mamlakatlar kon sanoatining an`anaviy tarmog‘i fostforitlar qazib chiqarishdir; bu mamlakatlar kopitalistik dunyoda qazib chiqariladigan barcha fosforitning ¼ qismini beradi. Jazoirda neftgaz va kon sanoatining boshqa tarmoqlari ustidan hukumat nazorat o‘rnatgan. Liviyada neft sanoati ustidan davlat nazorati o‘rnatilgan. Mavritaniyada temir ruda qazib chiqarish milliylashtirilgan. Marokashda fosforit konlari davlat kompaniyalari qo‘lida.

Afrikadagi arab mamlakatlarining ishlov beruvchi sanoati tizimida yengil va oziq-ovqat sanoati yatakchi rol o‘ynaydi. To‘qimachilik sanoati Misr, Tunis, Marokashda eng ko‘p taraqqiy etgan; bu mamlakatlar ip-gazlamaga bo‘lgan o‘z ehtiyojlarini to‘la qondiradi; Misr chetga ko‘p miqdorda kalava ip chiqaradigan mamlakatdir. Bu mamlakatlarga og‘ir sanoat korxonalarini qurishda ko‘pchilik mamlakatlar, jumladan Sobiq Sovet Ittifoqi texnik jihatdan yordam ko‘rsatgan. Masalan, Jazoirda-metallurgiya va alyuminiy zavodlari; Misrda- metallurgiya, alyuminiy, mashinasozlik zavodlari, Asvonda eng katta GES qurishda, Liviyada- atom tadqiqotlar markazi, Marokashda, Tunisda- qo‘rg‘oshin quyuvchi zavod.

Kimyo sanoati asosan qazib chiqariladigan fosfarit, neftgaz, rangli metall chiqindilari va boshqa turdagi kimyoviy xom ashyolarga tayanadi.

Marokashda fosforit asosida Safida yirik kimyo kombinati qurilgan. Jazoirning Al-Jazoir, Oran, Annaba shahrlarida superfosfat zavodi, Misrda superfosfat va azot o‘g‘itlari zavodi bor.

Neft qazib chiqaruvchi mamlakatlarda neftni qayta ishlash rivojlanib bormoqda. O‘z nefti asosida bu tarmoq Jazoir, Liviya, Misrda rivojlandi.

Avtomobil sanoati asosan avtoyig‘uv korxonalari bilan cheklangan (Jaoir, Misr, Marokash, Tunis). Ba’zi mamlakatlarda vagansozlik va kemasozlik korxonalari (Misr, Marokash), elektr jihozlari ishlab chiqarivchi korxonalar ( Jazoir, Misr) bor.

Yengil sanoat tarmoqlari ichida to‘qimachilik sanoati rivojlangan. Bu tarmoq rivojlangan mamlakatlar - Jazoir, Misr, Marokash.

Bu barcha mamlakatlarda u yoki bu darajada oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Un sanoati Shimoliy Afrika mamlakatlarida rivojlangan, vino ishlab chiqarish O‘rta dengizbo‘yi mamlakatlarida rivojlangan (Jazoir, Tunis, Marokash).



Transporti. Ichki yuklarning asosiy qismi odatda temir yo‘llarda tashiladi. Temir yo‘llarni ko‘pchiligi foydali qazilmalar konlari va eksport ekinlari yetishtiriladigan rayonlardan dengiz portlariga boradi. Shimoliy Afrika mamlakatlarida temir yo‘l shahobchalari zichroq; Marokash, Jazoir, Tunis, Misrda temir yo‘llarning bir qismi elektrlashtirilgan.

Avtomobil yo‘llari faqat sohil bo‘yida va daryo bo‘ylarida yaxshi rivojlangan. Cho‘llarda tuyalardan keng foydaniladi.



Dengiz transporti asosan tashqi savdoga xizmat qiladi. Shimoliy Afrikadagi yuk aylanmasi eng katta bo‘lgan portlar - Iskandariya, Jazoir, Tunis, Kasablanka, Tripoli. Yo‘lovchi tashishda havo transporti katta rol o‘ynaydi. Quvur transporti neftga boy mamlakatlarda yaxshi taraqqiy etgan.

Tashqi iqtisodiy aloqalari. Tashqi savdo bu mamlakatlarni dunyo bozori bilan chambarchas bog‘laydi. Tashqi bozorga mamlakatlar mineral va qishloq xo‘jalik xom ashyosi chiqaradi. Importda esa asosan oziq-ovqat, keng iste’mol mollari, sanoat jihozlari, mashina va asbob uskunalar tashkil etadi. Bu esa ko‘pchilik mamlakatlar xo‘jaligini importga qaram ekanligidan dalolatdir.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI.

  1. Алиев М. Г., Ишанходжаева Д. А., Хачиев Г. А. Экономика и финансы регионов мира в цифрах сравнения. Т., 2003.

  2. Вавилова Е. В. Экономическая и социальная география мира. Учебное пособие. М., 2006.

  3. Soliyev A., Muhammadaliev R.. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya asoslari. –T., 2005.

  4. Soliyev A., Ahmedov E., Muhammadaliyev R. va b. Mintaqaviy iqtisodiyot. O‘quv qo‘llanma. T.: Universitet, 2003.

  5. Социально – экономическая география зарубежного мира. Под ред В. В. Вольского –М.: Крон-пресс, 2003.

  6. Социально – экономическая география зарубежного мира. Дрофа, 2001.

  7. Энциклопедический справочник Страны мыра. Смоленск: Русич, 2002.

  8. Страны и народи. Восточная и централная Азия. –М.: Мысль 1982.

  9. Страны и народи Юго-Восточная Азия. –М.: Мысль, 1982.

Yüklə 43,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə