1-laboratoriya ishi shesternali nasosining konstruksiyasini o‘rganish Tajriba ishidan maqsad



Yüklə 20,61 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.03.2024
ölçüsü20,61 Kb.
#182588
1-laboratoriya ishi



1-LABORATORIYA ISHI 
Shesternali nasosining konstruksiyasini o‘rganish
Tajriba ishidan maqsad:
Shesternali suyuqlik nasosining turlari, 
konstruksiyalari va ishlash tamoillarini o‘rganish. 
Nazariy ma’lumotlar: Shesternali nasosning tuzilishi. 
Shesternali nasos gidravlik tizimda suyuqlik bosimini hosil qilish uchun xizmat 
qiladi. NSh turidagi nasos 
1
korpus (9- rasm), qopqoq 
5
, shesternalar 
14
va 
15
, ikki 
juft tayanch vtulkalari 
10
va 
11
, zichlagichlar va mahkamlash detallaridan iborat. 
Vtulkalar korpus ichida aylanib ketishidan ularning o‘zaro tutashuv tekisliklari 
saqlab turadi.
Val bilan bir butun qilib tayyorlangan yetakchi shesterna 
14
va yetaklanuvchi 
shesterna 
15
tayanch vtulkalarga o‘rnatilgan. Yurituvchi valning tashqi uchida 
shlitsalar qilingan va u nasos yuritmasining ishga tushurish muftasiga o‘tqazilgan. 
Valning chiqish uchi o‘zini-o‘zi siquvchi salnik bilan zichlangan. Ishchi 
suyuqlikning salnikka bosimini kamaytirish uchun vtulka chekkasi va salnik 
orasidagi bo‘shliq qopqoqdagi teshik orqali nasosning so‘rish bo‘shligi bilan 
ulangan.
Nasos korpusi 
1
va qopqoq 
5
oraligiga bir butun rezina plastina (manjet) 
3
joylashgan. Vtulkalarni zichlash uchun manjetning silindrsimon teshiklariga rezina 
halqalar qo‘yilgan. Manjet ustidan ikkita po‘lat halqa 
4
bosib turadi. Korpusning so 
‘ruvchi tomonidagi o‘yiqqa alyuminiy vkladish 
13
va rezina zichlagich 
12
o‘rnatilgan.
Korpusning yonbosh tekisliklariga so‘ruvchi va boyituvchi qisqa quvurlar 
ulangan, hamda ularning ulanish joylariga zichlagichlar qo‘yilgan. 
Nasosning ishlash tamoili quyidagicha. Shesternalar aylanganda so‘rilish hosil 
bo‘ladi va uning ta’sirida ishchi suyuqlik bakdan nasosning so‘rish kamerasiga 
keladi, shesternalar tishlari orasidagi bo‘shliq uni olib katta bosim ostida boyitish 
kamerasiga uzatadi, u yerdan esa bosim ostidagi suyuqlik taqsimlagichga yuboriladi.
Bu turdagi nasoslarning xususiyati shundan iborat-ki, vtulkalar va shesternalar 
orasidagi yonbosh tirqish avtomatik tarzda rostlanadi, bu esa ishchi suyuqlikni 
boyitish bo‘shligidan so‘rish bo‘shligiga qaytib oqib o‘tishini kamaytiradi. 
Avtomatik rostlashning mohiyati bunday. Moy boyitish kamerasidan oldingi 
vtulkalar ustidagi 
2
bo‘shliqqa kiradi va ularni shesternalar yonboshiga siqishga 
harakat qiladi, natijada ular orasidagi tirqish kamayadi. Bir vaqtning o‘zida 
yoysimon o‘yiqchaga kirayotgan ishchi suyuqlikning tishlar tomonidan vtulkaga 
yo‘naltirilgan bir oz kamroq kuchi ta’sir etadi. Natijada bu bosimlar orasidagi farq 
kerakli yonbosh tirqishni ta’minlaydi. Buning oqibatida vtulkalar va 
shesternalarning yeyilishi ancha kamayadi. 


9- rasm. NSh-U turidagi nasosning tuzilishi 
1
- nasos korpusi; 
2
- moy uchun bo‘shliq; 
3
- nasos qopqogi va vtulkalarni zichlash 
manjeti; 
4
- halqa;
 5
- qopqoq; 
6
- ortiqcha moyni qaytarish teshigi;
7
- valni zichlash manjeti (salnik); 
8
- to‘xtatuvchi halqa; 
9
- manjetaning tayanch 
halqasi; 
10
- yetakchi shesterna sapfasi; 11-yetaklanuvchi shesterna vtulkasi;
12
-rezina zichlagich; 
13
-tayanch metal vkladish
14
-yetakchi shesterna;
15
-yetaklanuvchi shesterna; 
16
-moy kanallari; 
17
-bo‘shatuvchi kanal.
Shesterna va vtulkalarining yonbosh yuzalarini yeyilishi plastinaning zichlash 
xususiyatiga katta ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki u korpus va qopqoq orasida siqilgan, 
vtulka va shesternalarning o‘q bo‘ylab surilishida zichlagich plastinaning tarangligi 
o‘zgarmaydi. 
Ba’zan tishlar orasidagi bo‘shliqda qolgan suyuqlik bosimi oshib ketishi 
mumkin, shuning uchun vtulkalarda o‘yiqcha 
17 
qilingan bo‘lib, ular orqali ishchi 
suyuqlik «berk» hajmdan nasosning so‘rish bo‘shligiga o‘tadi, bu bilan kuchli 
yeyilish va nasosni sinishini oldi olinadi.
Kerakli asbob va uskunalar:
shesternali suyuqlik nasoslari, chilangarlik 
kalitlari, plakat va bannerlar.
Ishni bajarish tartibi: 
1. Nasosning tuzilishi va ishlash tamoilini plakat va bannerlardan o‘rganib 
olinadi. 


2. Nasos bo‘laklarga ajratilib, shesternali val va vtulkalarning eskiz chizmalari 
chiziladi.
3. NSh-10, NSh-32, NSh-46, NSh-50 nasos va gidromotorlarning asosiy ish 
ko‘rsatkichlarini ifodalovchi tavsiflari jadval tarzida yoziladi. 
4. Laboratoriya ishi bo‘yicha hisobot va xulosa shakllantiriladi. 
Hisobot shakli:
1- laboratoriya ishi 
Guruh: 
Shesternali suyuqlik nasosining 
konstruksiyasini o‘rganish
Talaba: 
1. Nasos konstruksiyasining sxemasi chiziladi. 
2. Asosiy detallarning eskiz chizmalari chiziladi. 
3. Nasoslarning tavsiflari jadval ko‘rinishida yigiladi. 
4. Xulosa yoziladi.

Yüklə 20,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə