Yilgi bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumi



Yüklə 25,13 Kb.
səhifə1/2
tarix09.06.2023
ölçüsü25,13 Kb.
#116432
  1   2

1. Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasining “2023-yil yoz mavsumi davomida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda mavsumni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida” 2023-yil 31-martdagi 2-son yig‘ilish bayoni rahbarlik, maʼlumot, ijro va xizmat doirasida foydalanish uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashi raisi, Muvofiqlashtiruvchi guruh raisining o‘rinbosari A.Axmedov hamda Muvofiqlashtiruvchi guruh tarkibidagi Ishchi guruhlar, tuman (shahar) Muvofiqlashtiruvchi guruhlar rahbarlarining 2023-yilgi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirayotgan ishlari to‘g‘risidagi axborotlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. 2023-yilgi bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumi joriy yilning 10-iyunidan boshlanishi belgilansin.
4. Quyidagilar:
Viloyatda 2023-yilda boshqarma, birlashma hamda jamoat tashkilotlarining bolalar va o‘smirlarni dam oldirish va sog‘lomlashtirishning oromgohlar turlari bo‘yicha reja taqsimoti 1-ilovaga;
2023-yilgi mavsumda bolalarni oromgohlarda dam oldirish va sog‘lomlashtirish rejasi 2-ilovaga;
2023-yilning yoz mavsumida faoliyat yuritadigan oromgohlar va ularga navbatlar kesimida bolalarni qabul qilish bo‘yicha reja-taqsimot 3-ilovaga;
2023-yil yoz mavsumida shahar tashqarisidagi oromgohlarda hokimliklar, mahalla, homiy korxona va tashkilotlar hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p bolali oilalarning farzandlarini dam oldirish taqsimoti 4-ilovaga;
Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni taʼminlash bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi guruh aʼzolarini viloyatdagi shahar tashqarisidagi bolalar oromgohlariga biriktirish ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Termiz shahar hokimligi (O‘.To‘rayev), Uzun tumani hokimligi (X.Bozorov), Sariosiyo tumani hokimligi (A.Donayev), Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi (A.Normamatov), Denov tumani hokimligi (I.Abrorov), Oltinsoy tumani hokimligi (B.Maxmatrayemov), Sherobod tumani hokimligi (Z.Xalilov):
hududlaridagi oromgohlarni mavsumga tayyorlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, texnologik asbob-uskunalar, qattiq va yumshoq jihozlar, madaniy-sport jihozlari, oziq-ovqat, ho‘l meva va sabzavot mahsulotlari bilan to‘liq taʼminlasin;
joriy yilning 25-mayiga qadar o‘z hududlaridagi oromgohlarni mavsumga tayyor holga keltirib, mavsum davomida 4-5 smenalarda to‘liq ishlashini taʼminlasin.
6. Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi (X.Mamadiyev), O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi (J.Choriyev) birgalikda:
2023-yil 25-mayga qadar 2023-yilgi mavsumda oromgohlarda faoliyat olib boradigan pedagog xodimlar, tarbiyachi, yetakchi va to‘garak rahbarlarini “Barkamol avlod” bolalar markazlari bazasida o‘qitish ishlarini yakunlasin;
oromgoh rahbarlari va pedagog xodimlar uchun ishlab chiqilgan zarur uslubiy materiallarni har bir oromgohga yetkazib bersin;
tegishli boshqarmalar va tashkilotlar bilan birgalikda barcha oromgohlar kutubxonalarini zamonaviy badiiy adabiyotlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, gazeta va jurnallar bilan taʼminlasin;
oromgohlarda tashkil etiladigan to‘garaklarning faoliyat yuritishini alohida nazoratga olsin;
Termiz davlat universiteti (A.Marahimov) bilan birgalikda chet tili to‘garaklari mashg‘ulotlarining malakali o‘qituvchi-mutaxassislar va oliy taʼlim muassasalari talabalari tomonidan olib borilishini taʼminlasin;
oromgohlarda to‘garaklar faoliyatini tashkil etish uchun “Barkamol avlod” bolalar markazlari xodimlarini ish haqi saqlangan holda jalb etsin;
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat bo‘limi (N.Rahmatullayeva) bilan birgalikda yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish oromgohlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish, “Maʼnaviyat va maʼrifat xona” larini zarur jihozlar bilan taʼminlash, milliy istiqlol ruhini aks ettiruvchi turli mavzulardagi plakatlar, mustaqilligimizning 32 yilligiga bag‘ishlangan bannerlar, taʼlim-tarbiyaviy yo‘nalishdagi shiorlar, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini aks ettiruvchi stendlar, ko‘rgazma vositalar bilan bezatish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik tavsiyalarni har bir oromgohga yetkazsin;
mutasaddi boshqarmalar va tashkilotlar bilan birgalikda oromgohlarga jalb etilmagan bolalar uchun barcha umumtaʼlim, maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida madaniy-maʼrifiy tadbirlarni, sport musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va bu boradagi ishlarning

Yüklə 25,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə