“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92

 
122
«Shirkati-vudjux» - qarz berish yoki ishonchga asoslangan sherik. Shartnomaga asosan shirkat a’zolarining har 
biri o‘zining shaxsiy mablag‘i hisobiga tovar olib uni birgalikda sotishadi. Ushbu shartnoma bo‘yicha shirkat a’zolari 
bir-biriga nisbatan ham ishonchli shaxs, ham kafil hisob-lanadi. Shartnoma taraflaridan har birining daromadi yoki 
ko‘rgan ziyoni uning shirkat faoliyatida ishtirok etgan hissasiga muvofiq tenglashtiriladi. 
«Shirkati-sanaiya» - hunarmandchilik shirkatidan iborat bo‘lib, ma’-lum bir ishni bajarish yoki kasb bilan 
shug‘ullanish maqsadida shartnoma tuziladi.  
Shartnomaga asoslanmagan, ya’ni shaxsga, uning hayotiga, sog‘li-g‘iga hamda uning mol-mulkiga zarar 
yetkazishdan kelib chiqadigan maj-buriyatlarni tartibga solish qoidalari ham mavjud.  
Shariat normalarida «diyata» degan qoida ishlatilgan. Ushbu qoidaga binoan qozi shaxsning salomatligiga 
yetkazilgan zararni undirish haqida qaror chiqaradi.  
 
4. Musulmon huquqida nikoh-oila va meros  
masalalarining tartibga solinishi 
 
Shariat bo‘yicha nikoh va oila masalalari batafsil tartibga solinadi. Islomda nikoh - halollik, nikohsiz qo‘shilish 
esa haromlik belgisi hisobla-nadi. Shariatga binoan nikoh musulmonlarning diniy majburiyati, nikoh-sizlik esa ularning 
xush ko‘rilmaydigan holati sanaladi. 
Shariat bo‘yicha nikohdan o‘tish uchun tomonlardan quyidagi shart-larga rioya etish talab qilingan: 1) 
nikohdan o‘tuvchilar o‘zaro roziligi; 2) nikoh yoshiga to‘lgan bo‘lish; 3) nikohni guvohlar ishtirokida tuzish; 4) kelin 
uchun qalin va mahr to‘lash; 5) diniy e’tiqod birligi; 6) nikohdan o‘tayotganlarning yaqin qon-qarindosh bo‘lmasligi; 7) 
tabaqa bo‘yicha tenglik; 8) nikohdan o‘tuvchilarning ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi. Nikoh tuzish uchun rasman 
tomonlarning roziligi talab qilinadi. Bunda kelinning ham roziligi olinadi (faqat shofi'iylar bunday rozilikni shart emas 
deb hisoblaganlar). Burhoniddin Marg‘inoniyning mashhur «Hidoya» asa-rida ko‘rsatilganidek, «valiyning
109
 
balog‘atga yetgan qizni nikohga maj-burlashi joiz emas… Agar balog‘atga yetgan qizdan valiyi turmushga chi-qishga 
izn so‘rasa, shunda qiz jim tursa yoki kulib yuborsa, bu ishi rozilik alomati bo‘ladi… Agar juvondan izn so‘ralsa, 
roziligini so‘z bilan aytishi lozim… Bokira qizning roziligi sukut saqlashi bilan botil bo‘ladi. O‘g‘il bolaning ixtiyori 
esa, toki «roziman» demaguncha yoki undan roziligini ifoda etadigan biror ish sodir bo‘lmaguncha botil bo‘lmaydi». 
Lekin ni-kohga kiruvchilar uchun ularning ota-onalari ham rozilik berishlari mum-kin edi. «Yosh bola va yosh qizni 
otasi yoki bobosi uylantirsa yoki tur-mushga bersa balog‘at yoshiga yetganlaridan keyin, ularda ixtiyor huquqi 
qolmaydi. Chunki ota va bobo to‘la ongli va farzandlariga nisbatan mehr-shafqatli kishilardir, shunday ekan, ularning 
bevosita ishtiroki bilan nikoh bog‘lanaveradi… Shuningdek, balog‘atga yetganlaridan keyin ham ular-ning roziligi bilan 
nikohga ishtirok etishsa, nikoh bog‘lanaveradi». Shu-ning uchun nikoh shartnomasi ba'zida ota-onalari tomonidan 
qizlarini so-tishning niqoblangan shakli bo‘lib qolgan. Bunda ko‘pincha ayol kishi shartnomaning teng huquqli 
sub’yekti bo‘lmasdan, shartnoma predmeti hisoblangan. 
Unga ko‘ra nikoh yoshi o‘g‘il bolalar uchun 12 yosh, qizlar uchun 9 yosh belgilangan. Bunda o‘g‘il bolalar 
jinsiy jihatdan voyaga yetgan bo‘lishlari lozim edi. Nikohga kiruvchilar uchun belgilangan bu yosh voyaga yetgan-likni 
belgilashda so‘nggi pog‘ona hisoblangan. Amalda esa o‘g‘il bolalar -14, qizlar -12 yoshga to‘lganda nikoh tuzilgan. 
Shariat nikoh yoshining yuqori chegarasini belgilamagan. Nikoh yoshining quyi chegarasini belgi-lashda asosan 
fiziologik asoslarga tayanilgan. Oilada yigirma yoshdan oshgan «bo‘ydoq» bo‘lishi isnod hisoblangan. 
Guvohlar erkaklar bo‘lsa 15 (16) yoshga, ayollar bo‘lsa 9 yoshga to‘lgan bo‘lishlari lozim edi. Chunki bu 
yoshda ular muomalaga layoqatli deb hisoblangan. 
Quyidagi holatlardagina xotini nikohni bekor qilishni so‘rashi mumkin edi: 
1. Agar eri olti oy muddat davomida xotinini moddiy ta’minlamasa. 
2. Agar eri nikohda yashashga qodir bo‘lmasa (erlik iqtidori bo‘l-masa). 
3. Agar nikoh yoshlik vaqtida tuzilgan bo‘lib, jinsiy balog‘atga yetgandan so‘ng yoki ma’lum yoshga 
to‘lgandan so‘ng qiz nikohda yashashga rozi emasligini izhor etsa. 
4. Agar eri islom dinidan boshqa dinga o‘tsa. 
Shariat bo‘yicha meros huquqi juda murakkab va chalkash bo‘lgan. Meros huquqi borasida musulmon 
huquqining turli huquqiy mazhablari o‘rtasida katta farqlar mavjud. Umuman meros vasiyat bo‘yicha va qonun 
bo‘yicha qoldirilgan. «Vasiyat» so‘zining lug‘atda bayon qilingan ma’nosi - «topshirmoqdir». Shariat bo‘yicha esa, 
mol-mulkni o‘lgandan so‘ng kimga berilishini aytish. Vasiyat qonuniy merosxo‘rlar foydasiga tuzilishi mumkin emas 
edi. Shuningdek, mol-mulkning uchdan bir qismidan ortig‘i-ni vasiyat qilishga ham ruxsat etilmagan. Vasiyatni 
tuzishda ikkita guvoh ishtirok etishi lozim bo‘lgan. Shariatda ayniqsa qonun bo‘yicha meros tar-tibi bir muncha puxta 
ishlab chiqilgan edi. O‘lgan kishining mol-mulkidan avvalo uni dafn etish marosimlariga ketadigan xarajatlar 
qoplangan, so‘ng-ra uning barcha qarzlari to‘langan. Qolgan mol-mulklar qonuniy meros-xo‘rlar o‘rtasida 
taqsimlangan. Merosdan birinchi navbatda o‘lgan kishi-ning bolalari o‘z hissalarini olishgan, ular bo‘lmasa uning aka-
ukalari, amaki-tog‘alari va boshqalar merosga chaqirilgan. Ayollar merosdan erkaklarga nisbatan ikki hissa kam ulush 
olganlar. Dindan qaytganlar, aj-ralgan er-xotinlar, meros qoldiruvchining o‘limiga sabab bo‘lganlar meros olish 
huquqidan mahrum edilar. 
 
5. Shariat bo‘yicha jinoyat huquqi va sud ishlarini yuritish tartibi 
                                                      
109
 Qarang: Otaxo`jayev FO`sha asar, 36-bet. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə