4. Нуpимбетoв P. И. Стpaтегическoе упpaвление и pесуpснoе oбеспечение



Yüklə 184,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix21.10.2023
ölçüsü184,81 Kb.
#130145
  1   2
417-Article Text-594-1-10-20230607



425 
4.Нуpимбетoв P.И. Стpaтегическoе упpaвление и pесуpснoе oбеспечение 
пpедпpиятий пpoмышленнoсти стpoительных мaтеpиaлoв в Низoвьях Aмудapьи // 
Успехи сoвpеменнoй нaуки. 2016. Т. 4. №10. С. 74
-78. 
5.Куpбaниязoв Ш.К. Пpoизвoдствo стpoительных мaтеpиaлoв нa сoвpеменнoм 
этaпе экoнoмическoгo paзвития Узбекистaнa. //Biznes
-
экспеpт, 2017 йил, №11(119). 
(08.00.00; № 3)
 
7. 
Тулaгaнoв A.A., Aкpaмoв Э.М., Мухитдинoв A.A., Хaсaнoвa М.К., Кaмилoв Х.Х. 
Пеpспективы paзвития нaуки o стpoительных мaтеpиaлaх в Pеспублике Узбекистaн. / 
Apхитектуpa и стpoительствo Узбекистaнa. 
-
№ 01.

2010. С. 32
-33 
8. 
Кoлoсoвa Т.В. Oбеспечение paзвития пpедпpиятия нa oснoве пoвышения егo
 
иннoвaциoннoгo пoтенциaлa: aвтopеф. дис. … д
-
pa экoн. нaук: 08.00.05. –
 
Нижний 
Нoвгopoд, 2011. –
 
44с.
 
9. 
Суюнoв A. Мoдеpнизaция экoнoмики кaпитaльнoгo стpoительствa нa oснoве 
сoвеpшенствoвaния инвестициoнных пpoцессoв.
 -
Т.: «Fan va texnologiya», 2010.
-164 
с.
 
MINTAQAVIY TURIZM REKREATSION FAOLIYATI XAFSIZLIGINI 
TAMINLASH 
 
Maxmudov Sirojiddin Abdullayvich - 
Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali
 
“Biznesni boshqarish”
 
kafedrasi o‘qituvchisi



Tanib
erdiyev Hislatjon Qobiljon o ‘g‘li
 - 
Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rgo‘n filiali 
 
“Bank ishi va auditi” yo‘nalishi 1
-kurs talabasi 
 
Xizmat ko’rsatish va servis sohasi keng ko’lamga ega bo’lib, insonlar hayotini 
yaxshilashda muhim o’rin tut
adi. Ush
bu soha mamlakat iqtisodiyotida salmoqli o’rinni egallab 
bormoqda. Shu tufayli, so’ngi yillarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishga 
katta ahamiyat berilmoqda. Bu esa xizmatlar bozorida yangi istiqbolli xizmat turlarining, 
xususan, turizm 
xizmatlarining shakllanishiga ham sabab bo’lmoqda. 
O’zbekistonda bozor munosabatlarini shakllantirishda xizmat ko’rsatish sohasidagi 
iqtisodiy munosabatlarning ham o’ziga xos roli bor. Chunki ushbu soha bozor sub’ekti sifatida 
tez rivojlanish bosqichida. 
Uning tarkibiy qismi bo’lgan turizm sohasi ham o’z o’rniga ega 
bo’lib bormoqda. Turizm mamlakatimiz iqtisodiyotida nisbatan yangi soha bo’lishiga 
qaramasdan o’z mavqeini mustahkamlab bormoqda. Bu kelajakda ham istiqboli porloq 
sohalardan biri bo’li
b qoladi. 
Turizmda turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash eng muhim, davlat ahamiyatiga 
molik masala hisoblanadi. Hozirgacha turizmning rivojlanishiga quyidagi omillar asosiy 
ta’sirlarni hosil qiladi. Mazkur asosiy omillarni 2 guruhga bo’lishimiz mu
mkin. 


guruh 

«Statistik omillar» 

bu omillar vaqt o’tishi bilan o’z ahamiyatini yo’qotmaydi, 
saqlab turadi. Bu guruhga tabiiy iqlim omillari, geografik omillar, madaniy 

tarixiy omillar 
kiradi. 
II 

guruh 

«Dinamik omillar» 
- Bu guruhga quyidagi omillar kiritilgan. 
Siyosiy omillar 
Ijtimoiy 

demografik omillar 
Iqtisodiy 

moliyaviy omillar 
Moddiy texnik omillar 
Savol kelib chiqadi: Turizm rivojlanishidagi qayd qilingan II

guruh omillarning 
mavzuga nima aloqadorligi bor?[1]. 


426 
Turistlarning hayoti xavfsizligi
ni ta’minlash O’zbekistonda turizmni tashkil qilish va 
rivojlantirish sohasidagi dastlabki qonunlarda alohida modda bilan belgilangan. Ana shunday 
dastlabki qonun 

O’zbekiston Respublikasining «Turizm to’g’risida»gi qonuni hisoblanadi. Bu 
qonun 20-avgust 
1999 yilda qabul qilingan bo’lib qonundagi 18.19.20 moddalar turistlarning 
hayoti xavfsizligini ta’minlashdagi chora –
tadbirlar tizimini yaratishga asos bo’ladi.
Marshrutdagi transport xizmatlarida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash. Tu
rizm 
mar
shrutdagi eng ma’suliyatli xizmatlar bu –
transport vositalarining xizmatlari hisoblanadi. 
Turistlik marshrutga transport xillari marshrut yo’llarini, ekskursiyalarni, yo’lning holati 
(avtomagistral, tosh yo’l, shosse, mahalliy yo’l va hakozo) bo’
yicha tanlanadi.[2]. 
Shaharlararo o’tkaziladigan turistlik marshrutlarda transport xillarini tanlash muammo 
emas. Bunday marshrutda transport turlari turistlarning soniga qarab (engil avtomobil, 
mikroavtobus, avtobus va boshqalar) tanlanadi. Turmarshrutga olingan avtotransport turi 
albatta DAN tashkilotidan texnik ko’rikdan o’tgan bo’lishi, tozaligi, sozligi, shuningdek, 
haydovchi haqida tavsifnoma, uning hujjatlari, ish tajribasi bilan tanishiladi va yo’ldagi tezlik 
va to’xtash joylari, harakatlanish faqa
t turistlik marshrut rahbari ruxsati bilan amalga 
oshirilishi haqida kelishilib olinadi. 
Turistlik marshrut davomida turistlarning transportni o’zboshimchalik bilan 
to’xtatishlariga ruxsat berilmaydi. Qayd qilganimizdek, transportni yo’lda to’xtatish 
turmarshrut rahbari ruxsati bilan amalga oshiriladi. Marshrut davomida turistlarning 
transport ichida, salonida ozodalikni, tartib 

intizomni saqlash, transport derazalaridan har 
xil narsalarni tashlamaslik, qo’lni, boshni, gavdani derazalardan chiqarmaslik va
hakozolar 
bo’yicha marshrut rahbari o’ta xushmuomilalik bilan turistlarga murojaat qilishi ham zaruriy 
axborotlardan hisoblanadi. 
Shuningdek, marshrut davomida transport salonida gaz va boshqa yoqimsiz hidlarning 
kelib chiqishiga yo’l qo’ymaslikda ham hay
dovchi marshrut boshlanishidan oldin 
ogohlantiriladi. Turistlik marshrutga transportni ajratgan tashkilotning adresi, telefonlari, 
rahbarlari haqidagi ma’lumotlar marshrut rahbarida bo’lishi shart.
Turistlik marshrutda yoz oylari dalada tunashni hohlovchi turistlarga havoda-. 
Marshrutdagi ovqatlantirish xizmatlarida turist hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar, 
holatlar aksariyat hollarda ekologik marshrutlarda yoki shaharlar tashqarisidagi 
marshrutlarda yuz berishi mumkin. Lekin e’tibor berilsa, turistlarni ov
qatlantirishda turist 
ovqatlanadigan barcha mavsumlarda va barcha harakatlanishning geografik makonlarida 
hayotga xavf soluvchi vaziyatlar yuz berishi mumkin.[3] 
Birinchidan, mavsumlarda turistlarni ovqatlantirishda jiddiy ehtiyot choralarini ko’rish 
talab qilinadi. Mavsumlarda turistlarni ovqatlantirishda dastlab may-iyun oylarida pishib 
etiladigan mevalar (qulupnay, gilos, olma, anjir, tut) ni turist dasturxoniga tortishda 
me’yordan oshirmaslik zarur (hatto turist talab qilganda ham). 
Kuzatuvlardan ma’lu
mki, tropik mintaqalardan, Evropa davlatlaridan keladigan turistlar 
bizning vatanimizda pishib etiladigan mevalarning vitaminligining yuqoriligi (kaloriyaligidan) 
sababli ko’proq xush ko’rib iste’mol qilishadi. Bunday holatlarda qayd qilingan 
mamlakatlardan kelgan 
turistlarda qon bosimi birdaniga ko’tarilib ketishi ko’plab kuzatilgan.
Ikkinchidan, yoz mavsumining baland haroratliligidan turistlarni suv bilan ta’minlashda 
ham ko’ngilsiz hodisalar yuz berishi hollari ham kuzatilgan (suv kranlaridan olib beris
h, 
muzlatgichlardan olib berish va hakozo). 
Uchinchidan, turistlarni milliy taomlarimiz bilan ovqatlantirishda ham ehtiyotlik 
choralarini ko’rish lozim bo’ladi (2
-
3 xil ovqat berish, yog’li ovqatlar berish va hako..).[3]
To’rtinchidan, turistlar marshrut d
avomida 
mahalliy aholi hayotini o’rganishda, 
qiziqishlarida xalqimizning o’ta mehmondo’stligi tufayli turistlarni uylariga, bir piyola choyga 
taklif qilishadi. Ana shunday uchrashuvlar ayniqsa, ekologik turizm marshrutlarini 
o’tkazishda ko’p uchraydi. Bund
ay uchra
shuvlarda ba’zida spirtli ichimliklar, sifatsiz suvlar 


427 
(buloqlardan, daryolardan, ariqlardan olingan) ham turistlarda oshqozon ichak 
faoliyatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin. 
Ekskursiya xizmatlarida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’min
lash. Turizm 
marshrutlaridagi ekskursiyalarda turistlarning hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar transport 
xizmatlarida, dam olish xizmatlarida, sayrlarda va ovqatlanish xizmatlarida ham yuz berishi 
mumkin. Chunki, marshrutlardagi ekskursiyalarda ham turistlik marshrutlardagi barcha 
xizmatlar ko’rsatiladi. Ayniqsa ekoturizm marshrutlaridagi (tog’larda, suv havzalarida, 
daralardagi so’qmoqlarda va hakozo…) ekskursiyalarda harakatlanishdagi xavfsizlik oldindan 
ta’minlanishi zarur. 
Turistlarni tog’ so’qmoqlarida
tabiat bilan tanishtirish ekskursiyalarida ehtiyotlik 
choralariga, tartib-intizomga rioya qilish kerak. Chunki, bunday sharoitda turistlar surinib
pastliklarga tushib ketishi yoki oldinda ketayotgan turistlarning noto’g’ri harakatlaridan 
pastda kelayotganlar ustiga toshlar yumalab ketishi hollari yuz berishi mumkin. 
Ekskursiyalar o’tkazish davrida (ekoturizm ekskursiyalarida) tabiatning so’lim joylarida 
dam olish istagi paydo bo’lgan hollarda, turistlarni qisqa muddatli ovqatlantirishda tushonka, 
kolbasa, brinza yoki oldindan pishirilgan ovqatlarning toza saqlanganligi, sifati 
tekshirilgandan keyin foydalanishi lozim. Ichimliklar albatda termosda choy, gazlangan suv 
o’z idishlarida saqlanishi kerak. 
Turistlik marshrutlarda turistlarning hayoti xavfsizligi
ni ta’mi
nlashdagi birinchi chora-
tadbirlar bu- marshrut boshlanishida turistlarga marshrutda tartib-intizomning saqlanishi, 
xavfli vaziyatlar yuzaga kelishidan ehtiyot bo’lish haqida qisqacha tushuntirish ishlari 
o’tkazilishi va bu haqda marshrut axborotno
masida a
lohida qaydlar bo’lishini amalga 
oshirishdir. 
Turistlarning hayotiga xavf soluvchi omillar, vaziyatlar, ob’ektlar, holatlar haqida so’z 
yuritganda e’tibor berish lozimki, turist mehmonxonaga kelib joylashgandan keyin o’ziga xos 
xususiyatlarga ega 
bo’lgan marshrutda bo’ladi. U yoki ular (turistlar) hohishi bo’yicha 
mehmonxona yaqinida joylashgan ob’ektlarga (parklarga, ko’chalarga, binolarga, markazlarga 
va hako…) qisqa muddatli sayrlarga chiqishi ham marshrut sxemasida bo’ladi va bu yurishlar, 
tanishishlarda ham turistlarni albatda marshrut rahbari (turoperator boshlab yuradi). 
Shuning uchun ham turistlarning hayotiga xavf soluvchi holatlar, omillarni marshrut rahbari 
(turfirma xodimlari) juda yaxshi bilib olishlari zarur bo’ladi.[5]
Turistlarning hayotiga 
xavf soluvchi omillar quyidagicha ta’riflanadi:
1. Zararli omillar. 
jarohat olish xavfi; 
yong’inda qolib ketish xavfi;
biologik ta’sir qilish xavfi (atrof 
- muhit); 
ruhiy-jismoniy yuklama olish; 
nurlanish xavfi; 
kimyoviy zararlanish xavfi; 
tutundan va gazdan zaharlanish xavfi; 
turistning tavakkalchasiga harakatlanishidan kelib chiqadigan xavflar. 
2. Biologik omillar. 
mikroorganizmlar (mikroblar)dan zararlanish xavfi (oshqozon-ichak faoliyatining 
buzilishi); 
zaharli o’simliklardan zaharlanish xavfi;
zaharli sudralib yuruvchilar (ilonlar, hashorotlar), hashorotlar (chayon, qoraqurt, ari) 
dan zaharlanish xavfi; 
yuqumli kasalliklar tashuvchi yovvoyi va xonaki hayvonlar, parrandalardan har xil 
kasalliklarni yuqtirish xavfli; 
allergiya va boshqa kasalliklarni chaq
iruvchi o’simlikzor, o’tloqzor va o’rmonzorlarda 
ushbu kasalliklarni yuqtirish xavfi; 


428 
mevalar, sabzavotlardan zaharlanish xavfi. 
3. Kutilmagan omillar. 
turistlar joylashtirilgan joylarda tabiatning favquloddagi hodisalari (suv toshqini, qor 
ko’chis
hi, ob-h
avoning keskin o’zgarishi va hokazolar)dan kelib chiqadigan xavflar;
turistlar joylashgan joylardagi aholi, jamoatchilikdagi tartib-
intizomning bo’shligidan 
kelib chiqadigan xavflar; 
turistlar foydalanayotgan mehmonxona, lager binolarining texnik holati, kanatli sim 
yo’llar, chang’i yo’llari, avtomagistrallar, so’qmoqlar va boshqa moddiy ob’ektlarning texnik 
holatidan kelib chiqadigan xavflar.[4] 

Yüklə 184,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə