Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


 TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASI FANINING FAN



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/78
tarix20.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#102847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani

 


 1. TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASI FANINING FAN 
SIFATIDA SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI. 
MA’RUZANING O’QITISH TEXNOLOGIYASI 
Talabalar soni: 59 ta 
O’quv vaqti: 2 soat 
Mashg’ulot shakli: 
Kirish
 
ma’ruza
Mashg’ulot rejasi:
1. Tabiat haqida tushuncha 
2. Sharq mutafakkirlarining tabiatshunoslik fani haqidagi ta'Iimotlari 
3. Tabiat bilan tanishtirishning pedagog asoschilari 
4. Maktabgacha ta'lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish dasturi 
Mashg’ulotning maqsadi: 
Talabalarga tabiat haqidagi fan uning metodikasi tushunchalar, darsni tashkil etish tabiat 
haqidagi bilimlarni bolalarga etkazib berishda pedagogik texnologiyalar yondashish yo’llari. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat burchaklarini tashkil etish va undagi ishlar haqida 
tushunchalar berish. 
Ma’ruza mazmuni:
1. Tabiat haqida tushuncha 
O'simliklar dunyosi, hayvonot olami yosh qalbning to'g'ri o'sib shakllanishida, tabiatda 
bo'ladigan voqeahodisalarning sirasrorini o'rganib voyaga yetishida katta manba bo'lib xizmat 
qiladi. 
Tabiatdagi narsalar ikki qismdan: jonsiz va jonli tabiatdan iboratdir. Jonsiz tabiatga yer, 
quyosh, yulduzlar, suv, havo, toshlar, tuproq, jonli tabiatga esa o'simliklar, hayvonlar, 
mikroorganizmlar, odamlar kiradi. Jonsiz tabiat dcyilishiga sabab ular oziqlanmaydi, o'smaydi, 
ko'paymaydi, rivojlanmaydi. Masalan, toshni olsak, unga suv ham, havo ham kerak emas. 
Jonli tabiatga kiruvchilar esa oziqlanadilar, nafas oladilar, o'sadilar va ko'payadilar. Jonli 
tabiat vakillari o'simlik, havo, suv, yorug'lik, issiqlik va ozuqa bo'lmasa yashay olmaydi. 
Jonli tabiatdagi barcha mavjudotlardan eng qudratlisi insondir. Inson fikrlaydi, mehnat 
qiladi, turli kashfiyotlar ixtiro qiladi. Tabiat insonni ma'naviy boyitishning bitmastuganmas 
manbaidir. 
Tabiat bilan inson o'rtasidagi uyg'unlikni ta'minlashda ekologik ta'limtarbiyaning roli 
nihoyatda katta. Ta'lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan uzluksiz ekologik 
ta'lim va tarbiya insonning tabiatiga, qolaversa, o'ziga nisbatan yangi munosabatlarning 
shakllanishini taqozo etadi. Bu o'z navbatida barkamol insonning shakllanishida poydevor bo'lib 
xizmat qilishi mumkin. Tabiatga nisbatan muhabbat uyg'otish ona Vatanga, uning tabiat 
yodgorliklari, tarixiy obidalari, xalqimizning an'analariga hurmat ruhida tarbiyalashga, yuksak 
ma'naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə