Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/78
tarix20.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#102847
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani

Ilk yosh davri 
Ilk yoshli bolalar ta’lim- tarbiyasining o’ziga xos xususiyatlari 
Insonning rivojlanish davri ona qornidan boshlanadi. Bola ona qornida to’kqiz oy 
mobaynida juda tez rivojlanish jarayonini va murakkab taraqqiyot davrini o’taydi. Bu davrda 
ham bola ma’lum darajada tashqi muhit ta’sirida bo’ladi. Shuninguchun ham bu ta’sirning ijobiy 
bo’lishini ta’minlash lozim. 
Go’dakning vazni tug’ilgan paytda 3,5 kp, bo’yi 50 sm bo’lgan bo’lsa. uch oylik davrida 
uning vazni taxminan 5 kg, bo’yi 60 sm, 6 oylik bo’lganda esa taxminan 7 kg, bo’yi 64 sm 
bo’ladi. 
Farzand ila olam munavvar. Zero, u naslimiz davomchisidir. Ko’zimizning oqu qarosi 
bo’lgan dilbandlarimiz har doim ardog’imizda ekan, biz olamga ular nigoxi bilan qarashga 
intilamiz. Har bir harakati va imo-ishoralari orqali ularni anglashga urinamiz. Bolalar bilan 
muloqot paytidagina bu olam mo’jizalaridan bahramand bo’lish mumkin. 
Bunda ota-onalar, oiladagi kattalar bolalarning sensor harakatlarini taraqqiy ettirish, 
ko’rish. eshitish va sezish organlarining faoliyatini rivojlantirish, chaqaloq bilan muloqot 
qilayotgan kishilar chehrasiga diqqat bilan qarashga, harakatlanayotgan buyumlarni ko’z bilan 
kuzatishga odatlantirish, kulog’iga chalingan tovushlarga, atrofdagi kishilar nutqi. qo’shig’i, 
shaqildoqlarning ovoziga qulok solishga o’rgatish, chaqaloqning bonshni ko’tara olish va 
ma’lum muddat shu holda tutib turish ko’nikmasini shakllantirish, uning qorni bilan yotib 
talpinish faoliyatini shakllantirishga yordam berish, barmog’ini so’rishga yo’l qo’ymaslik, bolani 
parvarishlashni to’g’ri tashkil etish, bolaning uxlash muddatini aniq belgilab ko’yish kabi 
talablarga rioya etishlari lozim. 
Bir yoshgacha bo’lgan davrda bolaning rivojlanishi asosan oila muhiti ta’sirida bo’lib, u 
ona suti bilan oziqlanishi lozim. Bola bu davrda nutqqa ega bo’lmasa ham nutqni tushunish, 
anglash, harakatlarni idrok etish, oila a’zolarini tanish qobiliyatiga ega bo’ladi. Shuning uchun 
ham go’daklik davridan boshlab uch yoshgacha bo’lgan davrda bolaning nutqi va tafakkuri jadal 
rivojlanadi. Bola bir yoshgacha bo’lgan davrda dastlabki so’zlarni ayta boshlaydi. Bu davrda 
kattalar, asosan, oila a’zolari go’dakni to’g’ri parvarish qilishni yo’lga qo’yishlari lozim. "Bola 
tushunmas ekan" deb, unga befarq bo’lmasliklari, atrof-muhitdagi buyumlarning nomini to’g’ri 
talaffuz qilib, ularning nutqini to’g’ri rivojlantirish uchun keng yo’l ochishlari kerak. 
Oilada bolani tarbiyalashda ota-ona bilan bola o’rtasida qalban yaqinlikka erishish lozim. 
Ota-onalar hyech qachon tarbiyani o’z holigatashlab qo’ymasligi, ya’ni bolaning ilk yoshligidan 
bu jarayonga kirishish talab etiladi. Chunki, bola oilada birinchi hayotiy tajribani o’rganadi, 
kuzatadi va o’zini turli xil vaziyatlarda qanday tutish kerakligini o’rganadi. Biz bolani 
nimagao’rgatsak uni aniq, hayotiy misollar bilan mustahkamlashimiz zarur, ya’ni bola kattalar 
aytgan gaplariga amal qilishlari, shaxsan tarbiyaning samaradorligini ta’minlaydi. 
Tug’ilganidan 6 oylikkacha bo’lgan bolalarning rivojlanishi 
Bolaning yirik motorikasi rivojlangan bo’lishi, bola o’z tanasini boshkara olishi, tepasiga 
osilgan o’yinchoqlarni tomosha qilishi, unga qo’li bilan galpinishi, o’z kaftlarini ocha olishi, 
qo’lida o’yinchoqlarni ushlay bilishi, o’yinchoqni kattalarning qo’lidan olishi, o’yinchoq bilan 
faol o’yiashi (siltaydi, shiqillatadi, ogziga olib boradi, o’yinchoqni tashlaydi, o’z qo’llarini 
ushlab ko’radi.) kerak. 
Bola kattalarga nisbatan tashabbus ko’rsatishi va ularni his etishi, kattalar bilan 
muloqotga kulgu bilan javob berishi. yakinlari bilan aloqada bo’lganida jonlanishi lozim. Bola 


eshitgan va ko’rganlariga munosabat bildira olishi, turli xil imo-ishoralarga hissiy javob 
qaytarishi (kulishi, gugulashi), tovushga, ashulaga, atrofdagi tovushlarga quloq solishi, tanish 
bo’lgan kattalarning nutkiga xissiy javob berishi, raqs ohangi taralganidaxursand bo’lib 
jonlanishi, onasini ko’rganda, uning tovushini eshitganida suyunib ketishi, alohida tovushlarni 
galaffuz qila olishi ( ba, pa, ma, ga) lozim. 
Bola onasining muloyim munosabatiga quloq solishi, ilk tovushlarni chiqara olishi, 
tovush chiqayotgan tomonga qarashi, unga egilib gapirayotgan kattalarga nigohini qaratishi
ovoz orqali munosabat bildirishi, (gugullashi), musiqa tovushlariga qiziqishi lozim. 
Bola harakatdagi predmetlarni quzatishi va nigohlarini harakatlanayotgan predmetlarga 
qaratishi. o’zini o’rab turgan atrofidagi predmetlarni tomosha kila olishi kerak 
6 — 12 oygacha bo’lgan bolalarning rivojlanishi 
Bu yoshdagi bolalarda asosiy xarakatlar shakllangan bo’ladi. Bola tizza va kaftlarini 
yerga tirab tura olishi, yotgan holatdan tura olishi, o’tirgan joyida yota olishi, ko’maksiz o’tira 
olishi, tayangan holda predmetlardan xatlab o’tishi, mustaqil birinchi qadamini bosishi lozim. 
Bola ikki ko’li bilan predmetlarni harakatlantira oladi, kutichani ochib predmetni oladi. 
shiqildoqni shaqillatadi. koptokni yumalatad.i. bitta predmet bilan turlicha harakat qiladi: bosadi, 
irg’itadi, dumalatadi, bir-birining ichiga soladi, o’yinchoqni tomosha qiladi, u qo’lidan bu 
qo’liga o’tkazadi, tovush chiqaradigan rezina o’yinchoqlarni ezgilaydi. 
Bolalar kattalar bilan muloqotga kirishadi, o’ziga yaqin kishilar bilan muloqotga 
kirishishda tashabbus ko’rsatadi (kattalarping ko’ziga karaydi, yepishadi, qo’llariga olishlarini 
hohlaydi, qiyqiradi, qo’lidan tortadi, erkalanadi), tengdoshlari bilan muloqot qilishga intiladi. 
Ko’zgudagi o’z aksini kurib, tabassum qiladi va o’z aksi bo’yicha barmoklarini yurgizadi
Kattalarga tana a’zolarini (boshi, qo’li. oyog’i, burni) ko’rsatadi. Predmetlar qayerda 
joylashganini ayta oladi. 
Turli ohangdagi musiqani (sho’x, tez, sskin) his qiladi. Bola kuladi, chapak chaladi, 
raqsga tushadi, kaggalarning imo-ishorasiga taqlid qiladi, o’zi hohlagan "redmetni olganda 
lazzatlanadi, yoqtirgan predmetini tortib olinganida norozilik bildiradi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə