Pedagogika fanining predmeti, tadqiqot metodlari. Reja: Pedagogika ijtimoiy fan sifatida



Yüklə 82 Kb.
səhifə1/8
tarix11.12.2023
ölçüsü82 Kb.
#143759
  1   2   3   4   5   6   7   8
1- Mavzu


1-MAVZU. PEDAGOGIKA FANINING PREDMETI, TADQIQOT METODLARI.
REJA:


1.Pedagogika - ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika fanining jamiyat taraqqiyotida tutgan o`rni. Pedagogikaning rivojlanish bosqichlari. Pedagogikaning ob`ekti, predmeti, maqsad va vazifalari. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari.
2.Pedagogik jarayon. Pedagogik fanlar tizimi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
3.Pedagogikaning metodologik asoslari. Pedagogik tadqiqot metodlarining o`ziga xosligi. Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari va ularning tavsifi.
4.Pedagogik tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish. Pedagogik tajribalarni o`rganish, umumlashtirish va targ`ib qilish.
5.O`zbekistonda pedagogika fanining rivojlanishi. Pedagogikaning taraqqiyot tendensiyalari.
Mustaqil ta’lim: Ta’limni tashkil etishning noan’anaviy shakllari.


Tayanch so’zlar: pedagogika, maqsad, vazifa, ob’yekt, predmet, kategoriya, pedagogikaning sohalari, pegagika fani metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari.

1.1.Pedagogika - ijtimoiy fan sifatida.


Pedagogika fanining jamiyat taraqqiyotida tutgan o`rni.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ilmiy bilish nazariyasida «fan» tushunchasiga turlicha ta’riflar berilgan. P.V. Kopninning ta’kidlashicha, Fan - bu dunyo- ning ilmiy ko‘rinishida yotuvchi, tekshirilgan va asoslangan bilimlar tizimi, alohida ilmiy bilimlar sohasi hisoblanadi. V.P. Koxanovskiy fan deganda biz - bilimlar ishlab chiqaruvchi faoliyat (olimlar bilimi, tajribasi, qobiliyati, ilmiy darajasi; ilmiy muassasalar, ularni vositalari) ni ilmiy tadqiqot ishlari metodlarini; ilmiy axborotlar tizimini, shu bilan birga bilimlarni tushunamiz - deb ta’kidlaydi. Yuqoridagi fikrlarga tayanib fanni ko‘rinishlarini quyidagicha ifodalashimiz mumkin: fan - bu bilimlarni o‘zlashtirish manbai; fan - bu ijtimoiy institut; fan - bu o‘quv predmeti yig‘indisi; fan - inson faoliyati.
Fanning xususiyatlari:

  • ijtimoiyligi, jamiyat talab va ehtiyojlari fanni rivojlanishini ta’minlaydi;

  • tizimlilik, fan o‘zaro aloqador elementlar tizimini ifodalaydi: obyekti va predmeti, o‘ziga tegishli kategoriya va tushunchalarga egaligi va farazi, metodlari hamda faktlari mavjudligi;

  • rivojlanuvchanligi, o‘zgaruvchanligi, ya’ni dinamik harakteri, fan uzluksiz amaliy tekshirilgan va ilmiy asoslangan bilimlar bilan to‘ldiriladi. Har qanday fan - bu nafaqat bilimlar, biroq bilimlarni ishlab chiqaruvchi jarayon hisoblanadi; insonni amaliy faoliyatlaridan biri bo‘lib, predmeti ma’lum bilimlar sohasi hisoblanadi.

Pedagogika fan sifatida yuqoridagi ko‘rinishlarga va xususiyatlarga ega bo‘lganligi uchun, hech ikkilanmay mustaqil fanlar qatoriga qo‘shishimiz mumkin.

Yüklə 82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə