Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/78
tarix20.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#102847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani

Ekologiya. 
Bugungi kunda ekologiya fani tushunchasi har bir kishining ongiga singib 
bormoqda. Deyarli har kuni gazeta sahifalarida, radio va oynaijahon ko
k
rsatuvlarida hozirgi 
sharoitdagi ekologik muammolar hamda ularni hal etish borasida olib borilayotgan sa'yharakatlar 
haqida ma'lumotlar beriladi. 
Ekologiya tushunchasi yunoncha so'z bo'Iib, «eko» — uy, makon va «logos» — fan degan 
ma'noni bildiradi. Tabiiy uyimizni o'rganish deganda, albatta, undagi barcha tirik organizmlar va 
jarayonlarni o'rganish, ya'ni ushbu uyni yoki maskanni hayot uchun yaroqli holda saqJash kabi 
masalaiar tushunilishi kerak. Ekologiya fani ham biologiya, gcografiya fanlari singari mustaqil fan 
hisoblanadi. (J tirik organizmlaming yashash sharoiti va ularni o'zi yashab turgan muhit bilan 
o'zaro murakkab munosabatlari hamda shu asosda vujudga keladigan qonuniyatlarni o'rganadi. 
Ekologiya tushunchasi fanga birinchi bo'Iib 1866yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan 
kiritilgan. 
Populyatsiyalar, turlar, biotsenozlar, biogeotsenozlar va biosfcra kabi tushunchalarekologiya 
fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun umumiy ekologiya to'rt bo'limga bo'Iib o'rganiladi: 
autekologiya, populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya 
va 
biosfcra.
1.
Autekologiya 
(«autos» — yunoncha so'z bo'Iib, «o'zi» degan ma'noni bildiradi) 
ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o'zaro munosabatini, ularning 
qanday muhitga ko'proq va uzviy moslashganligini o'rganadi. 
2.
Populyatsiyalar 
ekologiyasi («papulyason» — fransuzcha so'z bo'Iib, «aholi» degan 
ma'noni bildiradi) populyatsiyalar tuzilmasi va dinamikasini, ma'lum sharoitda turii 
organizmlar sonining o'zgarish (biomassa dinamikasi) sabablarini tekshiradi. 
3.
Sinekologiya 
(«sin» — yunoncha so'z bo'Iib, uning ma'nosi «birlikda» demakdir) 
biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o'simlik va hayvon turlarini o'zaro 
aloqasini hamda ularni tashqi muhit bilan munosabatini o'rganadi. 
4. 
Ekotizimlarning tadqiq qilishning rivojlanishi 
biosfera 
haqidagi ta'limotni 
vujudga keltiradi. 
Bugungi kunga kelib ekologiya fani aniq biologik fanlar tizimidan chiqib, atrofmuhitga 
zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta'siri natijasida o'ta kengayib ketdi. Fanga «inson 
ekologiyasi» degan atama ham kirib keldi. 
Insonning tashqi muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi. 1921 
yilda amerikalik olimlar Bortes va Park tomonidan «Inson ekologiyasi» degan yangi fan kiritildi. 
Dastlab, inson ekologiyasiga tabiiy soha bo'limi sifatida qaralib, keyinchalik lining 
ijtimoiy, texnik, me'moriyiqtisodiy va huquqiy tomonlari ham o'rganildi. Inson ekologiyasi 
insonning atrofmuhitga va aksincha, atrofmuhitning insonga ta'sirini o'rganadi. Inson 
ekologiyasini o'rganish natijasida ijtimoiy ekologiya vujudga kcladi. Unga birinchi bo'Iib Raderik 
Mak Kenzil ta'rif bergan. 
Ijtimoiy ekologiya ijtimoiy fanlardan bin hisoblanib, uning maqsadi inson bilan atrofmuhit 
o'rtasidagi xususiy bog'lanishlarni o'rganishdan iborat. Shunday qilib, ekologiya bugungi kunda 
tabiiy va ijtimoiy fanlar jumlasiga kirib, o'rganilayotgan obyekt yoki tizimning atrofmuhit bilan 


munosabatini keng miqyosda tadqiq etadi. Biosfera va inson ekologiyasi fanining obyekti bo'Iib 
birhujayrali sodda tuzilishdagi bakteriyalar, zamburug'lar, o'simlik va hayvonlar hamda ularning 
jamoalari xizmat qiladi. Ekologiya fani tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy bog'lanishini 
ifoda etarekan, u shubhasiz tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini tashkil etadi.(1 shakl) 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə