Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/78
tarix20.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#102847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani

Biosfera 
yerda hayot paydo bo'lgandan boshlab, uzoq tarixiy davrlar davomida rivojlanib 
kelmoqda. Yerning tirik organizmlar va biogen cho'kindi tog' jinslari tarqalgan qismini rus olimi 
akademik V.l.Vernadskiy 
biosfera 
(yunoncha — «bios» — hayot, «sfera» — shar) deb nomlagan. 
Biosfera sayyoramizning «hayot qobig'i» hisoblanib, tirik organizmlarning o'zaro chambarchas 
aloqa, munosabatlaridan iborat murakkab ekosistemalar majmuini tashkil etadi. 
V.l.Vernadskiy tushunchasiga ko'ra hozirgi vaqtda biosferaning tarkibiga faqatgina 
yerning qobig'ida tarqalgan tirik organizmlar kirib qolmay, balki qadimgi davrlarda organizmlar 
ishtirokida hosil bo'lgan litosfera qismi ham kiradi. Shuning uchun ham biosfera 
neobiosfera 
va 
polebiosfera 
kabi tarkibiy qismlarga ajratiladi. 
Biosfera murakkab harakatdagi tizim ekan, unda moddalar almashinuvi natijasida 
energiyaning qabul qilinishi, to'planishi va o'tkazilishi kabi jarayonlar boradi. Biosfera funksional 
nuqtai nazardan bir necha qatlamlardan tashkil topgan. 
Biosfera yer sharidagi eng yirik ekotizim bo'lib, u quyi darajalardagi kichik tizimlarga 
bo'linib ketadi. Bular quruqlik va suv havzalari, okeanlar, metosferaning yuqori qatlami


atmosferaning quyi qatlamlari, bundan tashqari quruqlikda evolyutsiontarixiy tizimlar sifatida 
biogeografik tabiiy mintaqalar, biomlar, landshaft zonalar, ayrim landshaftlar va hokazolarga 
ajraladi. 
Biosferaga katta doiradagi biotik moddalarning aylanishi xarakterlidir. Biosferaning 
umumiy vazni 3 10
24
bo'lganda, tirik modda 1,8—2,5 10
l8
g (quruq vazni)ga teng bo'ladi. 
Biosfera tushunchasi fanga 1875yilda avstraliyalik zoolog E.Zyuss tomonidan kiritilgan. 
Biosfera haqidagi ta'limot esa akademik V.l.Vernadskiy tomonidan yaratilgan. Sayyoramizdagi 
barcha tirik organizmlar yig'indisini V.l.Vernadskiy «tirik modda» deb atadi. «Tirik modda»ning 
eng muhim xususiyatlari uning umumiy vazni, kimyoviy tarkibi va energiyasi hisoblanadi. 
Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi «o'lik modda» bo'lib, V.I.Vernadskiyning aytishi bo'yicha tirik 
organizmlar qatnashadigan biosferadagi moddalar yig'indisidan hosil bo'ladi. Biosferada «oraliq 
moddalar» ham mavjud bo'lib, ular o'lik va t i r i k moddalarning birgalikdagi faoliyatidan hosil 
bo'ladi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə