Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/78
tarix20.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#102847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani

 
2.3.Abu Ali ibn Sino 
(9801037) yirik qomusiy olim sifatida tanilgan. Uning 450 ta asari 
mavjud bo'lib, bizgacha 240 tasi yetib kelgan. Ibn Sino asarlari orasida «Tib qonunlari» shox 
asari tibbiyot ilmining qomusi bo'lib, o'rta asr tibbiyot ilmi tarqalishining oliy cho'qqisi bo'lib 
hisoblanadi. 
Ibn Sinoning falsafiy va tibbiy ilmiy qarashlari uning jahonga mashhur «Kitobashshifo», 
ya'ni «Davolash kitobi» asarida bayon etilgan. Bu asarda materiya, fazo, vaqt, shakl, harakat, 
borliq kabi falsafiy tushunchalar, shuningdek, matematika, kimyo, botanika, ekologiya, geologiya
astronomiya, psixologiya kabi fanlar haqida fikrlar bayon etilgan. 
Ibn Sinoning tog'larning vujudga kelishi, yer yuzining davrlar o'tishi bilan o'zgarib borishi, 
zilzilaning bo'lishi kabi turli tabiiy jarayonlar haqidagi fikrlari geologiya ilmining rivojlanishiga 
katta hissa qo'shdi. 
 
2.4. Zahiriddin Muhammad Bobur 
(14831530). Bobur nafaqat shoir balki podsho, ovchi, 
tarixchi, bog'bon va tabiatshunos bo'lgan. «Boburnoma» asarida Bobur o'zi ko'rgankechirganlari, 
yurgan joylari tabiati, boyligi, urfodati, hayvonoti, o'simliklarini tasvirlagan. Asarda yer, suv, 
havoga tegishli xalq so'zlari ko'plab uchraydi. 


Bobur o'z asarida joyning geografik o'rni, qaysi iqlimga mansubligi, o'simliklari, 
hayvonlari haqida bayon etgan va O'rta Osiyoda qadim vaqtlardan buyon qovun, bug'doy, o'rik, 
nok va mevalarning bir necha navlari borligi haqida ta'kidlagan. 
Asarda Bobur borgan joylarining tabiati va o'ziga xos xususiyatlarini Andijon bilan 
taqqoslagan, hamda O'rta Osiyo, Afg'oniston, Xuroson va Hindistondagi hayvonot dunyosi 
haqida batafsil bayon etib bergan. 
3. Tabiat bilan tanishtirishning pedagog asoschilari (2 shakl) 
4. Maktabgacha ta'lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish dasturi

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə