Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV



Yüklə 458,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix28.11.2023
ölçüsü458,46 Kb.
#133991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV 
Toshkent sh., 
2018-yil 21-noyabr, 
PQ-4024-son 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi PQ-4024-son 
qaroriga 
 
1-ILOVA 
O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat 
bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi 
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Ushbu Nizom O„zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar 
sohasida nazorat bo„yicha davlat inspeksiyasining (keyingi o„rinlarda — Davlat inspeksiyasi) 
maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi va faoliyatining tashkiliy asoslarini
shuningdek, uning rahbarlari funksional majburiyatlarini belgilaydi.
2. Davlat inspeksiyasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, 
davriy bosma nashrlarni tarqatish va mualliflik huquqlari sohasida fonogrammalar, audiovizual 
asarlar, elektron hisoblash mashinalari (keyingi o„rinlarda — EHM) uchun dasturlar tarqatilishida 
qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiruvchi maxsus maqomga ega 
vakolatli davlat organi hisoblanadi. 
3. Davlat inspeksiyasi o„z faoliyatida O„zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi 
va 
qonunlariga, O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O„zbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O„zbekiston Respublikasi 


Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlar va ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Davlat inspeksiyasining o„z vakolati doirasida qabul qiladigan qarorlari aloqa, 
axborotlashtirish 
va 
telekommunikatsiya 
texnologiyalari, 
davriy 
bosma 
nashrlarni 
tarqatish, 
audiovizual asarlar, fonogrammalar, EHM uchun dasturlarni (sotish, ijaraga berish va barchaning 
e‟tiboriga yetkazish) tarqatish sohasida faoliyat yurituvchi barcha davlat va xo„jalik boshqaruvi 
organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va idoralar, xo„jalik yurituvchi 
subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
5. Davlat inspeksiyasi davlat va xo„jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat 
hokimiyati organlarida, boshqa tashkilotlar va idoralarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, 
axborot va kiberxavfsizlikni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda joriy etish va rivojlantirish 
holati ustidan nazorat, monitoring olib borish, uni o„rganish va tekshirish vakolatiga ega. 
6. Davlat inspeksiyasi yuridik shaxs hisoblanadi, o„zining mustaqil balansiga, O„zbekiston 
Respublikasining bank muassasalarida hisob raqamiga, shuningdek, O„zbekiston Respublikasi 
Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o„z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega.
Qoraqalpog„iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy inspeksiyalari 
yuridik shaxs hisoblanmaydi hamda o„z faoliyatini ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
7. Davlat inspeksiyasining rasmiy nomi: 
a) davlat tilida: 
to„liq nomi — O„zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar 
sohasida nazorat bo„yicha davlat inspeksiyasi, qisqartirilgan nomi — O„zaloqanazorat;
b) rus tilida:
to„liq nomi — Gosudarstvennaya inspeksiya po kontrolyu v sfere informatizatsii i 
telekommunikatsiy Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Gosinspeksiyasvyazi;
v) ingliz tilida:
to„liq nomi — The State Inspection for control in the field of informatization and 
telecommunication of the Republic of Uzbekistan.
8. Davlat inspeksiyasi tuzilmasiga: 
Davlat inspeksiyasining markaziy apparati; 
Qoraqalpog„iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy inspeksiyalari; 
“Texnik ko„maklashish markazi” davlat unitar korxonasi kiradi. 
Davlat inspeksiyasi boshlig„iga, zarurat bo„lganda, belgilangan shtatlar soni doirasida 
tuzilmaga va shtatlar jadvaliga o„zgartirishlar kiritish huquqi beriladi. 

Yüklə 458,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə