Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to



Yüklə 458,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix28.11.2023
ölçüsü458,46 Kb.
#133991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Oldingi
 tahrirga qarang. 
v) “Xavfsiz shahar” markazining asosiy vazifalari etib belgilansin: 
O„zbekiston Respublikasida “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalangan tizimini yaratish 
va undan foydalanishni nazorat qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; 
jamoat xavfsizligini ta‟minlash va ichki tartibni saqlash sohasiga raqamli texnologiyalarni 
joriy etish va ularning “Elektron hukumat” tizimi bilan integratsiyasini amalga oshirish; 
jamoat xavfsizligini ta‟minlash va ichki tartibni saqlash sohasida joriy etilayotgan raqamli 
texnologiyalar bo„yicha yagona texnologik yondashuvni amalga oshirishda yagona talablar, 
me‟yorlar va mezonlarni belgilash; 
davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, xo„jalik yurituvchi subyektlarga jamoat 
xavfsizligini ta‟minlash va ichki tartibni saqlash sohasida raqamli texnologiyalar joriy etishda 
ko„maklashish; 
jamoat xavfsizligi va huquq tartibotni ta‟minlash sohasida davlat organlari va boshqa 
tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarni kelishish va xulosalar berish. 
(5-band O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli 
Farmoniga
 
asosan “v” kichik band bilan to„ldirilgan — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 
06/22/194/0766-son) 
6. Quyidagilar: 
O„zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat 
bo„yicha davlat inspeksiyasi to„g„risidagi nizom 
1-ilovaga 
muvofiq; 
O„zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat 
bo„yicha davlat inspeksiyasi tuzilmasi
2-ilovaga 
muvofiq; 
O„zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat 
bo„yicha davlat inspeksiyasi hududiy bo„linmalarining namunaviy tuzilmasi 
3-ilovaga 
muvofiq 
tasdiqlansin. 
Belgilansinki, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son 
“Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada 


takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to„g„risida”gi Farmoni 
5
 
va 
6-bandlari 
talablari 
Davlat 
inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlarga tatbiq etilmaydi.
7. Quyidagi tartib o„rnatilsinki, unga ko„ra: 
a) Joriy ta‟minot (ish haqiga davlat qo„shimcha to„lovlari va ustama pullar saqlangan 
holda), 
Davlat 
inspeksiyasi 
va 
Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ular 
xodimlarining mehnatini qo„shimcha moddiy rag„batlantirish bo„yicha xarajatlarni moliyalashtirish 
Axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini rivojlantirish jamg„armasining mablag„lari hisobidan 
amalga oshiriladi
b) Markaz xodimlariga axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi alohida mehnat sharoitlari 
uchun xodim lavozim maoshining kamida 100 foizi miqdorida oylik ustama belgilanadi; 
v) 2019-yil 1-yanvardan: 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari, 
apparat 
vositalari 
va 
dasturiy 
mahsulotlar, 
himoya vositalari va boshqa texnik vositalarga texnik topshiriqlar bo„yicha xulosalar Markaz bilan 
majburiy tartibda kelishiladi; 
davlat organlari va tashkilotlarining axborotlashtirish obyektlarida (davlat sirlari bundan 
mustasno) joriy etiladigan va foydalaniladigan apparat vositalari va dasturiy mahsulotlar majburiy 
ravishda Markazda attestatsiya va ekspertizadan o„tkazilishi zarur; 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari, 
apparat vositalari va dasturiy mahsulotlar, himoya 
vositalari hamda boshqa texnik vositalarga texnik topshiriqlar bo„yicha xulosalarni Markaz bilan 
majburiy kelishilgandan so„ng berilishini ta‟minlasin. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
g) jamoat xavfsizligini ta‟minlash va ichki tartibni saqlash sohasida: 
raqamli texnologiyalarni joriy etish, ta‟lim muassasalariga kirish test sinovlari jarayonini 
oshkora va shaffof o„tkazish, shuningdek, “112” Yagona dispetcherlik xizmatini tashkil etish 
Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 
tomonidan mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiriladi; 
davlat ahamiyatiga ega tadbirlarda va obyektlarda, shuningdek, davlat organlari va 
tashkilotlarida 
raqamli 
texnologiyalarni 
joriy 
etish 
Ichki 
ishlar 
vazirligi 
tomonidan 
muvofiqlashtiriladi; 
raqamli texnologiyalarni joriy etish bo„yicha yagona texnologik yondashuvni amalga 
oshirishda yagona talablar, me‟yorlar va mezonlarni belgilash va ularni “Elektron hukumat” tizimi 
bilan integratsiyalashga ko„maklashish Yagona integrator tomonidan amalga oshiriladi. 
(7-band O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli 
Farmoniga
 
asosan “g” kichik band bilan to„ldirilgan — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 
06/22/194/0766-son) 
11. 
O„zbekiston 
Respublikasi 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligi va O„zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko„maklashish 
va raqobatni rivojlantirish davlat qo„mitasi: 
O„zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligi 
huzuridagi 
Aloqa, 
axborotlashtirish 
va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida 
nazorat bo„yicha inspeksiyaga biriktirilgan transport vositalari va boshqa mol-mulkni Davlat 
inspeksiyasiga;
O„zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta‟minlashga ko„maklashish markaziga 
biriktirilgan texnik va transport vositalari, shuningdek, boshqa mol-mulkni Markaz balansiga 
beg„araz o„tkazsin, Xavfsiz shahar loyihasini amalga oshirish uchun mo„ljallangan mol-mulk 
bundan mustasno. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
12. Fanlar akademiyasi Davlat inspeksiyasi va Markazni joylashtirish uchun Toshkent 
shahri, Do„rmon yo„li ko„chasi, 29 va 31-uylari manzili bo„yicha joylashgan ma‟muriy bino va 


inshootlarini tutash hududlari bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida Davlat 
inspeksiyasiga o„tkazsin.
(12-band O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-noyabrdagi PQ-4034-sonli qarori 
tahririda) 
13. Quyidagilar: 
“O„zbektelekom” AKga Markazni zarur aloqa vositalari va yuqori tezlikdagi Internet 
tarmog„i bilan ta‟minlash; 
“O„zbekenergo” AJga Markazga ajratilgan binoni majburiy tartibda zaxira qilingan 
uzluksiz energiya ta‟minoti bilan ta‟minlash tavsiya etilsin. 
14. Markaz axborot sohasida davlat xavfsizligini ta‟minlash uchun olib kiriladigan 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, 
apparat-dasturiy komplekslar, o„quv va laboratoriya jihozlari, ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar va 
radiodetallarga bojxona to„lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig„imlardan tashqari) 
to„lashdan ozod etilsin.
15. 
O„zbekiston 
Respublikasi 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligi O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va manfaatdor vazirlik va idoralar 
bilan birgalikda bir oy muddatda:
O„zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko„maklashish markazi faoliyatini tashkil etish 
to„g„risidagi O„zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin; 
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o„zgartish va qo„shimchalar to„g„risida 
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
o„zlari qabul qilgan idoraviy hujjatlarni O„zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu 
qaroriga muvofiqlashtirsin. 
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O„zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik 
xizmati Raisi I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin. 

Yüklə 458,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə