Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to


-bob. Davlat inspeksiyasining, markaziy apparat va hududiy inspeksiyalarning vazifalari



Yüklə 458,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/17
tarix28.11.2023
ölçüsü458,46 Kb.
#133991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2-bob. Davlat inspeksiyasining, markaziy apparat va hududiy inspeksiyalarning vazifalari 
hamda funksiyalari
§ 1. Davlat inspeksiyasining vazifalari va funksiyalari 
9. Quyidagilar yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish Davlat inspeksiyasining asosiy 
vazifalari hisoblanadi:
1) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni 
tarqatish sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilish
2) o„z vakolati doirasida pochta aloqasi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari 
xizmatlarining sifatli taqdim etilishi, davriy bosma nashrlar, fonogrammalar, audiovizual asarlar va 
EHM uchun dasturlar tarqatilishida iste‟molchilar huquqlarini himoya qilish choralarini ta‟minlash;
3) fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlar tarqatish (sotish, ijaraga 
berish va barchaning e‟tiboriga yetkazish)da mualliflik huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga va 
normativ hujjatlarga rioya qilish; 
4) normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarida, 
shuningdek, boshqa tashkilot va idoralarda “Elektron hukumat” tizimida infratuzilmani 
rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish;
5) ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integratsiyalashgan axborot tizimlarini
ma‟lumotlar uzatish va almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, 


davlat axborot resurslari integratsiyasi, shu jumladan elektron davlat xizmatlari ko„rsatish 
samaradorligi; 
6) “oxirgi milya” tamoyili bo„yicha Internet tarmog„idan keng polosali foydalanishni, 
multiservis 
aloqa 
tarmoqlari 
texnologiyalarini, 
mobil 
aloqa 
bozorini, 
boshqa 
zamonaviy 
telekommunikatsiya xizmatlarini, shuningdek, pochta aloqasi xizmatlarini va davriy bosma nashrlar 
tarqatishni kengaytirish yo„li bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish. 
10. Davlat inspeksiyasi o„ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni 
bajaradi: 
1) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni 
tarqatish sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya 
qilinishi yuzasidan nazorat sohasida:
xo„jalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziyalash haqidagi qonun hujjatlari, 
litsenziya 
bitimlari 
bajarilishi, 
radiochastota 
spektridan 
foydalanish, 
pochta 
aloqasi 
va 
telekommunikatsiyalar tarmoqlaridagi, ma‟lumotlar uzatishdagi xavfsizlik, axborot xavfsizligi va 
kiberxavfsizlik, teleradioeshittirish va axborot tizimlarida xavfsizlik bo„yicha texnik va texnologik 
talablar bajarilishini nazorat qiladi, o„rganadi va tekshiradi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida litsenziya talablari 
va shartlarini buzgan holda, shuningdek, tegishli litsenziyani rasmiylashtirmasdan faoliyatni amalga 
oshirayotgan xo„jalik yurituvchi subyektlarni aniqlaydi, o„rganadi va tekshiradi; 
telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, davriy bosma nashrlarni tarqatish xizmatlarini 
ko„rsatishda, shuningdek, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini, shu jumladan mobil aloqa, 
radioelektron vositalar, yuqori chastotali qurilmalar va telekommunikatsiya tizimlari tarmoqlarini 
loyihalash, qurish, qayta qurish, kengaytirish va foydalanishda qonun hujjatlari, normativ hujjatlar 
va davlat standartlari, amaldagi normalar va qoidalarning bajarilishini nazorat qiladi va tekshiradi;
elektr 
aloqa 
tarmoqlarining 
umumiy 
foydalanishdagi 
aloqa 
tarmoqlariga 
ulanishi 
qoidalarining, jumladan ulanish shartlarining bajarilishini nazorat qiladi, o„rganadi va tekshiradi; 
radioelektron vositalarni, yuqori chastotali qurilmalarni va telekommunikatsiya tizimlarini 
O„zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish) hamda chet eldan olib kelish tartibini, 
pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlari va inshootlarida sertifikatlashtirilgan asbob-uskunalar 
qo„llanishini nazorat qiladi, o„rganadi va tekshiradi;
radioelektron 
vositalar 
va 
yuqori 
chastotali 
qurilmalarning 
elektromagnit 
moslashuvchanligini ta‟minlash bo„yicha tashkiliy-texnik tadbirlar bajarilishi ustidan nazorat, 
tekshiruv va monitoring olib boradi; 
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlari parametrlari, 
radiochastota spektridan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat, tekshiruv va 
monitoring 
olib 
boradi, 
aloqa, 
axborotlashtirish 
va 
telekommunikatsiya 
texnologiyalari, 
radiochastota spektridan foydalanish va elektron raqamli imzo sohasida monitoringni olib borish, 
huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qo„yish masalalarida huquqni muhofaza qilish 
organlari va boshqa organlar bilan o„zaro hamkorlik qiladi;

Yüklə 458,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə